Mualliflik bloglari

APL: 14-TUR STATISTIKASI VA NATIJALARI

Blog sports.uz

Angliya premer ligasining 14-tur uchrashuvlari ham bo‘lib o‘tdi. Unda bir qator markaziy o‘yinlarni kuzatdik. Masalan, «Chelsi» safarda «Manchester Siti» ustidan g‘alaba qozondi. «Manchester Yunayted» esa safardan 1 ochko bilan qaytdi.

Shuningdek, Yurgen Klopp boshchiligidagi «Liverpul» dramatik o‘yinda alamli tarzda mag‘lubiyatga uchradi. «Arsenal» va «Tottenxem» esa yirik hisobda g‘alaba qozonishdi.

«Chelsi» — yaqqol peshqadam

«Chelsi» jamoasi safarda «Manchester Siti» jamoasiga qarshi maydonga tushdi va ushbu dramatik o‘yinda g‘alaba qozondi. Shu kuni londonliklar yaxshi o‘yin namoyish etishdi va chiroyli g‘alabaga erishishdi. Uchrashuvning so‘nggi daqiqalarida manchesterliklar qo‘pollik qilishdi va jazosini ham olishdi.

3 dekabr. Manchester. «Ittixod» stadioni. 54457 tomoshabin.

Bosh hakam: Entoni Teylor (Manchester).

«Manchester Siti» – «Chelsi» - 1:3

Gollar: Kexill, 45 – o‘z darvozasiga (1:0). Diego Kosta, 60 (1:1). Villian, 70 (1:2). Azar, 90 (1:3).

«Tottenxem»dan yirik g‘alaba

«Tottenxem» jamoasi o‘z uyida «Suonsi»ga qarshi maydonga tushdi va yirik hisobdagi g‘alabani nishonladi. O‘yinda Keyn va Eriksen o‘z hisobiga dubl yozib qo‘ygan bo‘lsa, Son Xyon Min bitta gol urdi.

3 dekabr. London. «Uayt Xart Leyn» stadioni. 31663 tomoshabin.

Bosh hakam: Jonatan Moss (Yorkshir).

«Tottenxem» – «Suonsi» - 5:0

Gollar: Keyn, 39 - penaltidan (1:0). Son Xыn Min, 45+1 (2:0). Keyn, 49 (3:0). Eriksen, 70 (4:0). Eriksen, 90+2 (5:0).

Sanchesdan xet-trik

«Vest Xem» jamoasi o‘z uyida «Arsenal»ni qabul qildi va mag‘lubiyatga uchradi. Aytish kerakki, London derbisi kutilganidek qiziqarli kechdi. Aleksis Sanches 3ta gol urib, to‘purarlik bo‘yicha Diego Kostaga yetib oldi.

3 dekabr. London. «Boleyn Graund» stadioni. 56980 tomoshabin.

Bosh hakam: Kreyg Pouson (London).

«Vest Xem» – «Arsenal» - 1:5

Gollar: O‘zil, 24 (0:1). Sanches, 63 (0:2). Sanches, 80 (0:3). Kerroll, 83 (1:3). Chemberlen, 84 (1:4). Sanches, 86 (1:5).

«Liverpul»dan alamli mag‘lubiyat

«Bornmut» jamoasi o‘z uyida «Liverpul» klubini qabul qildi va g‘alaba qozondi. Avvaliga mersisaydliklar ishonchli o‘yin bilan g‘alaba qozonishayotgan edi. Ikkinchi bo‘limning ikkinchi qismida mezbonlar jonlanishdi va birin-ketin gollar urishdi. So‘nggi daqiqada kiritilgan gol «Liverpul»ni 3 ochkodan mahrum qildi.

4 dekabr. Bornmut. «Vitaliti Stedium» stadioni. 11183 tomoshabin.

Bosh hakam: Li Meyson (Bolton).

«Bornmut» – «Liverpul» - 4:3

Gollar: Mane, 20 (0:1). Origi, 22 (0:2). Uilson, 56 - penaltidan (1:2). Jan, 64 (1:3). Freyzer, 76 (2:3). Kuk, 79 (3:3). Ake, 90+3 (4:3).

«Yunayted»da yana durang

«Everton» jamoasi o‘z maydonida «Manchester Yunayted» klubini qabul qildi va ishonchli o‘yin namoyish etib, durangga erishdi. Zlatan Ibrohimovichning chiroyli goli g‘alaba qozonish uchun kamlik qildi.

4 dekabr. Liverpul. «Gudison Park»stadioni. 39550 tomoshabin.

Bosh hakam: Maykl Oliver (Nortumberlend).

«Everton» – «Manchester Yunayted» - 1:1

Gollar: Ibrohimovich, 42 (0:1). Beyns, 89 - penaltidan (1:1).

«Lester» o‘ziga kelolmayapti

Autsayder «Sanderlend» o‘z uyida amaldagi chempion «Lester»ni qabul qildi va dramatik tarzda kechgan bahsda g‘alaba qozondi. «Lester» jamoasi yana mag‘lubiyatga uchradi va jadvalda tobora pastga sho‘ng‘ishda davom etmoqda.

3 dekabr. Sanderlend. «Stadium of Layt» stadioni. 39725 tomoshabin.

Bosh hakam: Andre Marriner (Birmingem).

«Sanderlend» – «Lester» - 2:1

Gollar: Xut, 64 – o‘z darvozasiga (1:0). Defo, 77 (2:0). Okazaki, 80 (2:1).

Qolgan-qutganlar

3 dekabr. Vest Bromvich. «Xautorns» stadioni. 22244 tomoshabin.

Bosh hakam: Grem Skott (Oksfordshir).

«Vest Bromvich» – «Uotford» - 3:1

Gollar: Evans, 16 (1:0). Brant, 34 (2:0). Kabasele, 59 (2:1). Fillips, 90+1 (3:1).

3 dekabr. London. «Selxerst Park» stadioni. 25393 tomoshabin.

Bosh hakam: Nil Svarbrik (Lankashir).

«Kristal Pelas» – «Sautgempton» - 3:0

Gollar: Benteke, 33 (1:0). Tomkins, 36 (2:0). Benteke, 85 (3:0).

3 dekabr. Stok-on-Trente. «Britannia» stadioni. 27306 tomoshabin.

Bosh hakam: Mark Klattenburg (Nyukasl-apon-Tayn).

«Stok Siti» – «Bernli» - 2:0

Gollar: Uolters, 20 (1:0). Munisa, 35 (2:0).

5 dekabr. Midlsbro. «Riversayd» stadioni. 27395 tomoshabin.

Bosh hakam: Mayk Din (Xesvoll).

«Midlsbro» – «Xall Siti» - 1:0

Gol: Ramires, 60 (1:0).

Tur jazolari

14-turda hakamlar tomonidan futbolchilarga 41ta sariq va 3ta qizil kartochka ko‘rsatildi.

14-tur: «eng, eng, eng...»

Eng ko‘p gol urgan futbolchi

Aleksis Sanches – 3ta («Arsenal»)

Eng tezkor gol

Jonni Evans – 16-daqiqa («Vest Bromvich» – «Uotford»)

Eng ko‘p sariq kartochka ko‘rsatgan hakam

Entoni Teylor – 5(2)ta («Manchester Siti» – «Chelsi»)

Eng kam sariq kartochka ko‘rsatgan hakam

Mayk Din – 2ta («Midlsbro» – «Xall Siti»)

Eng ko‘p tomoshabin

«Boleyn Graund» stadioni — 56980 tomoshabin

Eng kam tomoshabin

«Viteliti Stedium» stadioni — 11183 tomoshabin

Tur o‘yini

Turning eng qiziqarli o‘yini, albatta, «Manchester Siti» va «Chelsi» o‘rtasidagi uchrashuv bo‘ldi. O‘yinda mehmonlar ishonchli tarzda g‘alabaga erishdi. So‘nggi daqiqalarda qo‘pollik ko‘rsatgan «shaharlik» futbolchilar bir nechta o‘yinga diskvalifikatsiya qilindi.

14-tur ramziy terma jamoasi (Telegraf versiyasi)

David De Xea («Manchester Yunayted», 1) - Jeyms Tomkins («Kristal Pelas», 1), Mark Munisa («Stok Siti», 1), Jonni Evans («Vest Bromvich», 1), Denni Rouz («Tottenxem», 2) - Rayan Freyzer («Bornmut», 1), Mesut O‘zil («Arsenal», 2), Kristian Eriksen («Tottenxem», 1) - Sadio Mane («Liverpul», 2), Diego Kosta («Chelsi», 4), Aleksis Sanches («Arsenal», 6).

14-turning eng yaxshi futbolchisi (Telegraf versiyasi)

 

14-turning eng yaxshi futbolchisi «Arsenal» futbolchisi Aleksis Sanches bo‘ldi. Juda muhim uchrashuvda u chiroyli va foydali o‘yin namoyish etish bilan birga o‘z hisobiga xet-trik yozdirib qo‘ydi.

0.00%
Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.