Mualliflik bloglari

APL: 12-TUR STATISTIKASI VA NATIJALARI

Blog Telegraf.uz

Angliya premer ligasining 12-tur uchrashuvlari ham bo‘lib o‘tdi. Unda bir qator markaziy o‘yinlarni kuzatdik. Masalan, «Manchester Yunayted» o‘z uyida ochko yo‘qotdi. «Manchester Siti» esa Turening dubli evaziga g‘alaba qozondi.

Shuningdek, Yurgen Klopp boshchiligidagi «Liverpul» bu safar darvozaga gol ham kirita olmadi. «Chelsi» esa kichik hisobda g‘alabaga erishib, peshqadamga aylandi.

«Manchester Yunayted» ochko yo‘qotdi

«Manchester Yunayted» jamoasi o‘z uyida «Arsenal» jamoasiga qarshi maydonga tushdi va o‘yinda jangovar durang qayd etildi. Shu kuni manchesterliklar yaxshi o‘yin ko‘rsatishdi, faqat zaxiradan maydonga tushgan Jiru so‘nggi daqiqalarda «Arsenal»ni mag‘lubiyatdan qutqarib qoldi.

19 noyabr. Manchester. «Old Trafford» stadioni. 75264 tomoshabin.

Bosh hakam: Andre Marriner (Birmingem).

«Manchester Yunayted» – «Arsenal» - 1:1

Gollar: Mata, 68 (1:0). Jiru, 89 (1:1).

Yahyo Turedan ajoyib kambek

«Manchester Siti» jamoasi safarda «Kristal Pelas»ga qarshi maydonga tushdi va irodali o‘yin namoyish qilib, ushbu mavsumda ilk marta asosiy tarkibda maydonga tushgan Yahyo Ture dubli evaziga g‘alaba qozondi.

19 noyabr. London. «Selxerst Park» stadioni. 25529 tomoshabin.

Bosh hakam: Robert Medli (Yorkshir).

«Kristal Pelas» – «Manchester Siti» - 1:2

Gollar: Ture, 39 (0:1). Uikxem, 66 (1:1). Ture, 83 (1:2).

«Liverpul» durang o‘ynadi

«Sautgempton» jamoasi o‘z uyida «Liverpul»ni qabul qildi va o‘yinda jangovar durang qayd etildi. Aytish kerakki, shu kuni mersisaydliklar raqib darvozasiga gol urishga rosa harakat qilishdi, ammo mezbonlar kuchli qarshilik ko‘rsatishdi.

19 noyabr. Sautgempton. «Sent-Meris» stadioni. 31848 tomoshabin.

Bosh hakam: Mark Klattenburg (Nyukasl-apon-Tayn).

«Sautgempton» – «Liverpul» - 0:0

«Tottenxem» g‘alabani tortib oldi

«Tottenxem» jamoasi o‘z uyida «Vest Xem» klubini qabul qildi va irodali o‘yin namoyish etib, g‘alaba qozondi. London derbisida mezbonlar qattiq qarshilikka uchrashdi. Lekin keyin o‘zlarini o‘nglab, so‘nggi daqiqalarda g‘alabani ilib ketishdi.

19 noyabr. London. «Uayt Xart Leyn» stadioni. 31212 tomoshabin.

Bosh hakam: Mayk Din (Xesvoll).

«Tottenxem» – «Vest Xem» - 3:2

Gollar: Antonio, 24 (0:1). Uinks, 51 (1:1). Lansini, 68 - penaltidan (1:2). Keyn, 89 (2:2). Keyn, 90+1 - penaltidan (3:2).

«Chelsi» — yangi peshqadam

«Chelsi» jamoasi safarda «Midlsbro» mehmoni bo‘ldi va ishonchli tarzda g‘alabaga erishdi. Konte shogirdlari uchun bu g‘alaba juda ham zarur edi, chunki jadvalda birinchi o‘ringa chiqib olish imkoniyati bor edi. Ular bu maqsadga yetishishdi.

20 noyabr. Midlsbro. «Riversayd» stadioni. 32704 tomoshabin.

Bosh hakam: Jonatan Moss (Yorkshir).

«Midlsbro» – «Chelsi» - 0:1

Gol: Diego Kosta, 41 (0:1).

«Lester» yana yutqazdi

«Uotford» o‘z uyida «Lester»ni qabul qildi va mag‘lubiyatga uchratdi. Aytish mumkinki, amaldagi chempionlar hozircha mavsumni yaxshi o‘tkaza olishmayapti. Bu ketishda yevrokuboklar uchun kurashdan ham quruq qolishlari mumkin.

19 noyabr. Uotford. «Vikarij Roud» stadioni. 20640 tomoshabin.

Bosh hakam: Nil Svarbrik (Lankashir).

«Uotford» – «Lester» - 2:1

Gollar: Kapu, 1 (1:0). Pereyra, 12 (2:0). Mahrez, 15 - penaltidan (2:1).

Qolgan-qutganlar

19 noyabr. Sanderlend. «Stadium of Layt» stadioni. 20640 tomoshabin.

Bosh hakam: Li Meyson (Bolton).

«Sanderlend» – «Xall Siti» - 3:0

Gollar: Defo, 34 (1:0). Anichebe, 62 (2:0). Anichebe, 84 (3:0).

19 noyabr. Stok-on-Trente. «Britannia» stadioni. 27815 tomoshabin.

Bosh hakam: Rojer Ist (Uiltshir).

«Stok Siti» – «Bornmut» - 0:1

Gol: Ake, 26 (0:1).

Urilmagan penalti: Krkich («Stok Siti»), 48 (noaniq).

19 noyabr. Liverpul. «Gudison Park» stadioni. 38773 tomoshabin.

Bosh hakam: Martin Atkinson (Lids).

«Everton» – «Suonsi» - 1:1

Gollar: Sigurdsson, 41 - penaltidan (0:1). Koulmen, 89 (1:1).

21 noyabr. Vest Bromvich. «Xautorns» stadioni. 23016 tomoshabin.

Bosh hakam: Maykl Jons (Chester).

«Vest Bromvich» – «Bernli» - 4:0 (3:0)

Gollar: Fillips, 4 (1:0). Morrison, 16 (2:0). Fletcher, 37 (3:0). Rondon, 64 (4:0).

Tur jazolari

12-turda hakamlar tomonidan futbolchilarga 40ta sariq va 2ta qizil kartochka ko‘rsatildi.

12-tur: «eng, eng, eng...»

Eng ko‘p gol urgan futbolchilar

Yahyo Ture – 2ta («Manchester Siti»)

Harri Keyn – 2ta («Tottenxem»)

Viktor Anichebe – 2ta («Sanderlend»)

Eng tezkor gol

Eten Kapu – 1-daqiqa («Uotford» – «Lester»)

Eng ko‘p sariq kartochka ko‘rsatgan hakam

Mayk Din – 6(1)ta («Tottenxem» – «Vest Xem»)

Eng kam sariq kartochka ko‘rsatgan hakam

«Maykl Jons – 0 («Vest Bromvich» – «Bernli»)

Eng ko‘p tomoshabin

«Old Trafford» stadioni — 75264 tomoshabin

Eng kam tomoshabin

«Vikarij Roud» stadioni — 20640 tomoshabin

«Stedium of Layt» stadioni — 20640 tomoshabin

12-tur ramziy terma jamoasi (Telegraf versiyasi)

Jordan Pikford («Sanderlend», 2) - Sheymus Koulmen («Everton», 2), Joze Fonte («Sautgempton»), Natan Ake («Bornmut»), Allan-Romeo Nom («Vest Bromvich») - Roberto Pereyra («Uotford»), Yahyo Ture («Manchester Siti»), Viktor Anichebe («Sanderlend») - Harri Keyn («Tottenxem»), Diego Kosta («Chelsi», 3), Salomon Rondon («Vest Bromvich», 2).

12-turning eng yaxshi futbolchisi (Telegraf versiyasi)

12-turning eng yaxshi futbolchisi «Manchester Siti» futbolchisi Yahyo Ture bo‘ldi. Juda muhim uchrashuvda ilk marta maydonga tushib, chiroyli va foydali o‘yin namoyish etdi. Uning dubli jamoaga muhim 3 ochkoni keltirdi.

0 0 0
1115
Бошқа блогпостлар
Mulohozalar
    Mulohoza qoldirish uchun ro‘yxatdan o‘ting