Эксклюзив /

2015/16 mavsum sarhisobi 1 qism

Jamoa 2015/16 mavsumni Gollandiyalik mutaxassis Lui van Gall qo‘l ostida o‘tkazdi. Jamoa ushbu mavsumda Angliya Premer ligasi, Angliya Liga Kubogi, Angliya Kubogi, Yevropa Chempionlar Ligasi va Yevropa Ligasi musobaqalarida uchrashuvlarda ishtirok etdi.

Angliya Premer Ligasi – 5 o‘rin.

Premer liganing dastlabki 15 turiga kelib ham kuchli 4 likda o‘rin olib turgan jamoa yakunda 5 o‘rin bilan kifoyalandi. Premer ligada 4 o‘rinni egllab turgan hamshaharlari bo‘lmish «Manchester Siti» jamoasi bilan bir hilda ochko jamg‘arganlariga qaramasdan, to‘plar nisbatidagi farq sababli 5 o‘rinni egallashdi.

Bir necha yillik tanaffusdan so‘ng yana bir bora «Adidas» bilan hamkorlik sharnomasini imzolagan jamoa kompaniya tomonidan tayyorlangan yangi liboslarda to‘p surdi.

«Yunayted» 2015/16 mavsumdagi Premer Ligadagi o‘z yurishini 2015 yil 8 avgust kuni o‘z maydonida «Tottenxem» (1:0) ga qarshi boshlagan bo‘lsa, so‘ngi turda 17 may kuni «Borunmut» (3:1) jamaosini qabul qildi. Aslida Premer liganing so‘ngi tur uchrashuvi 15 may kuniga belgilangan edi, o‘yinga bir necha soatlar qolganda «Old Trafford» stadionidan topilgan noma’lum buyum sababli uchrashuv 17 mayda bo‘lib o‘tdi.

Jamoa 38 uchrashuvning 19 tasida g‘alaba qozongan bo‘lsa, 10 uchrashuvda mag‘lubiyatga uchradi, 9 uchrashuvda esa durang natija qayd etildi. Ushbu uchrashuvlarda «qizil iblislar» raqib darvozasini 49 marotaba ishg‘ol qilishgan bo‘lsa, o‘z darvozalaridan 35 bora to‘p olib chiqishgan. Darvozadan eng kam to‘p o‘tkazib yuborish bo‘yicha «Tottenxem» jamoasi bilan bir hil ko‘rsatkich qayd etdi va bu Premer Ligada eng yaxshi ko‘rsatkich bo‘ldi.

Jamoaning raqib darvozasini ishg‘ol qilish borasidagi ko‘rsatkichi esa Premer Ligada o‘rin olgan kuchli sakkizlikdagi eng yomon ko‘rsatkich bo‘lib qayd etildi.

O‘yinG‘alabaDurangMag‘lubiyatTo‘plar nisbatiOchkoUMUMIY38199949-3566UYDA19125227-941MEHMONDA1974822-2625

Angliya Liga Kubogi 4-bosqich.

2015 yil 23 avgustda bo‘lib o‘tgan qur’a natijasiga ko‘ra 3-bosqichda jamoa Chempionshipada to‘p surayotgan «Ipsvich Taun» ni o‘z maydonida qabul qilishi belgilandi. 23 sentyabr «Old Trafford» da bo‘lib o‘tgan uchrashuvda «qizil iblislar» 3-0 hisobida «Ipsvich Taun» ustidan g‘alaba qozonib 4-bosqichga yo‘llanma oldi. Ushbu bosqichni ham «Yunayted» futbolchilari o‘z maydonida «Midlsbro» ga qarshi o‘tkazishdi. Uchrashuvning asosiy va qo‘shib berilgan vaqti 0-0 hisobida yakunlandi, uchrashuvdan so‘ng belgilangan penaltilar seriyasida esa 1-3 hisobida imkoniyatni boy berib Angliya Liga Kubogi bahslarini tark etishga majbur bo‘ldi.

3 bosqich23.09.2015Yunayted3:0Ipsvich Taun4 bosqich28.10.2015Yunayted0:0 (1:3 pen.)Midlsbro

Angliya Kubogi — Kubok sohibi.

Ushbu musobaqaga ham «Yunayted» jamoasi 3-bosqichda qo‘shildi. «Qizil iblislar» 2016 yil 9 yanvarda o‘z maydonida «Sheffild Yunayted» jamoasini kichik (1:0) hisobda mag‘lub etib, 4-bosqich yo‘llanmasini qo‘lga kiritishdi. Ushbu bosqichda ham jamoaga quyi liga vakili «Derbi Kaunti» to‘qnash keldi. Derbi shahrida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda (1-3) hisobida «Yunayted» futbolchilari g‘alaba qozonishdi. Jamoaning 5-bosqichdagi raqibi ham quyi liga vakili «Shrusberi Taun» bo‘ldi. Ushbu o‘yin ham mehmonda o‘tkazilishiga qaramay «qizil iblislar» g‘alaba (3-0) qozonib keyingi bosqichga yo‘l oldi.

Keyingi 6-bosqich esa «Yunayted» futbolchilari uchun biroz murakkab kechdi. Londoning «Vest Xem» jamoasiga qarshi «Old Trafford» da o‘tgan uchrashuvda durang (1-1) qayd etilgani bois, musobaqa reglamentiga muvofiq takroriy uchrashuv bo‘lib o‘tishi belgilandi. «Vest Xem» maydonida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda «qizil iblislar» 1-2 hisobida g‘alaba qozonib yarim finalga yo‘llanma oldi. Yarim final bosqichdagi uchrashuv esa Londondagi «Uembli» stadionida bo‘lib o‘tdi va unda «Everton» bilan bellashgan «qizil iblislar» 2-1 hisobida g‘alaba qozonib final yo‘llanmasini qo‘lga kiritishdi.

21 may kuniga belgilangan final bahsi ham «Uembli» stadionida bo‘lib o‘tdi. «Kristal Pelas» jamoasiga qarshi maydonga tushgan «Yunayted» futbolchilari qo‘shimcha bo‘limlarda 2-1 hisobida g‘alaba qozonib musobaqa g‘olibiga aylandi.

3 bosqich9 yanvar 2016 yilYunayted1:0Sheffild Yunayted4 bosqich29 yanvar 2016 yilDerbi Kaunti1:3

Yunayted

5 bosqich22 fevral 2016 yilShrusberi Taun0:3

Yunayted

6 bosqich13 mart 2016 yilYunayted1:1

Vest Xem Yunayted

13 aprel 2016 yilVest Xem Yunayted1:2

Yunayted

Yarim final23 aprel 2016 yilEverton1:2

Yunayted

Final21 may 2016 yilKristal Pelas1:2Yunayted

UEFA Chempionlar Ligasi – guruh bosqichi.

Ushbu musobaqaning guruh bosqichiga yo‘llanma beruvchi pley-off bosqichida «Manchester Yunayted» jamoasi 18 avgust kuni o‘z maydonida Belgiyaning «Bryugge» jamoasini qabul qilib 3-1 hisobida g‘alaba qozondi, 26 avgust kuni Belgiyada bo‘lib o‘tgan javob uchrashuvida esa «qizil iblislar» mezbonlar darvozasini 4 bor ishg‘ol qilishdi (0-4). Shu tariqa jamoa Chempionlar Ligasi guruh bosqichi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

27 avgustda bo‘lib o‘tgan qur’a natijasiga ko‘ra jamoa «V» guruhda PSV, sSKA va «Volfsburg» jamoalari bilan o‘rin oldi. Bo‘lib o‘tgan uchrashuvlar yakuniga ko‘ra esa «Yunayted» futbolchilari guruhda 3 o‘rin bilan cheklanib, Chempionlar Ligasining keyingi boschiga chiqa olmay, faqatgina Yevropa Ligasi musobaqasi yo‘l oldi.

Jamoalar

O‘yin

G‘alaba

Durang

Mag‘t

T-N

Ochko

1

Volfsburg

6

4

0

2

9-6

12

2

PSV

6

3

1

2

8-7

10

3

Yunayted

6

2

2

2

7-7

8

4

SSKA

6

1

1

4

5-9

4

Yevropa Ligasi – 1/8 bosqich

Yevropa Chempionlar Ligasi guruh bosqichida 3 o‘rinni olgan «Manchester Yunayted» ushbu musobaqani tark etib Yevropa Ligasi 1/16 bosqichiga yo‘l oldi.

Yevropa Ligasi 1/16 bosqichi qur’a natijasiga ko‘ra jamoa Daniyaning «Midtyullann» jamosi bilan to‘qnash keldi. Daniyada bo‘lib o‘tgan uchrashuvda 2-1 hisobida mag‘lub bo‘lgan «qizil iblislar» o‘z maydonlarida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda 5-1 hisobida g‘alaba qozonib musobaqaning 1/8 bosqichiga yo‘llanma olishdi.

Ushbu bosqichda esa jamoa Angliyaning yana bir jamoasi «Liverpul» bilan to‘qnash keldi. Dastlabki uchrashuvda mehmonda 2-0 hisobida mag‘lub bo‘lgan «Yunayted» javob uchrashuvida 1-1 hisobida durang natija qayd etib musobaqadan chiqib ketdi.

1/16 final Dastlabki bahs18 fevral 2016 yilMidtyullann2:1Yunayted1/16 final Javob uchrashuvi25 fevral 2016 yilYunayted5:1Midtyullann1/8 final Dastlabki bahs10 mart 2016 yilLiverpul2:0Yunayted1/8 final Javob uchrashuvi17 marta 2016 yilYunayted1:1Liverpul
Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.