Эксклюзив /

United Review: Smolling xotiralari

Rasmiy o‘yinoldi United Review dasturida jarohatdan qutilib safga qaytgan «Yunayted» himoyachisi Kris Smolling futboldagi xotiralari bilan o‘rtoqlashdi.

Siz uchun barcha davrlarning eng yaxshi himoyachisi kim?

Menga doimo Paolo Maldining o‘yinlari yoqib kelgan, men uni bu nomga loyiq ko‘raman. Menga uning o‘yinlarini jonli ko‘rish imkoniyati bo‘lmagan, lekin uning ko‘plab uchrashuvlarini hamda u ishtirokidagi kesilgan vaziyatlarni ko‘rganman, va albatta bu ajoyib faoliyat bo‘lgan.

Agar senda faoliyatingdagi biror vaziyatni yana takrorlanishi imkoniyati tug‘ulsa, sen qasi birini tanlaysan?

Agar shunday imkoniyat tug‘ulsa 2011 yil mayda ro‘y bergan  birinchi bor chempionlik kubogini boshim uzra ko‘targan vaziyatni tanlardim. Bu kun mening xotiramda hamisha saqlanib qolgan, va men mamnuniyat bilan shunday vaziyat takrorlanishini istar edim.

Sen hayotining davomida ilk bor tashrif buyorgan uchrashuvining qaysi?

Bu uchrashuv «Djillingem» va «Bredford» o‘rtasida bo‘lib o‘tgan edi. U vaqtda «Djillingem» mening mahalliy jamoam edi, va onamning do‘sti menga hamda akamga bilet taqdim qilgan edi. O‘sh vaqtda nech yoshda bo‘lganimni eslay olmayman, lekin juda kichkina bola edim, va bu men uchun birinchi futbol o‘yini bo‘lgan. Biz akam bilan birinchi bor stadionga borgan vaqtimizni unitmaymiz, stadion to‘la muhlislar, va barchasi o‘ziga xos atmosfera.

O‘zing maydonga tushgan birinchi o‘yin yodingdami?

Mening birinchi jamoam «Uoldersleyd Boyz» bo‘lgan, jamoa uchun 8 yil to‘p surganman. Eslay olmayman qaysi jamoaga qarshi to‘p surganimni, faqat shuni eslaymanki, maydon biz istiqomat qilgan ko‘chadan bir necha metra uzoqda jyolashgan edi.

Sen nima afzal deb o‘ylaysan– uchrashuvdagi asosiy  vaziyatlarda ustun bo‘lishmi yoki g‘alaba to‘pini kiritishmi?

Men gol afzal deb o‘ylayman. Xuddi men himoyalanishni yaxshi ko‘raman, asosiy vaziyatlarda ustun kelish yaxshi albatta, maqsad o‘hshash, lekin u gol emas. Futbolda gol urish va undan keyin uni nishonlashdanda yaxshiroq xis yo‘q.

Eng buyuk ingliz futbolchisi kim?

Qiyin savol. Agar tanlash imkoniyati bo‘lsa Pol Skoulz degan bo‘lardim. Men uning o‘yinlarini ko‘rib katta bo‘lganman, keyinchalik esa birgalikda o‘ynash nasib qildi. Uning o‘yinini ko‘rganlar bilishi mumkin, u qanday ajoyib o‘yinchi bo‘lganligini! Shunday ekan – men Pol Skoulzni tanlayman.

 

Adam Marshall suhbatlashdi / ManUtd.com

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.