Эксклюзив /

Happy Birthday Special One!!!

Bugun jahon futbolida o‘ziga xos o‘ringa ega bo‘lgan «Manchester Yunayted» jamoasi bosh murabbiyi Joze Mourino 54 yoshga to‘ldi. Quyida uning hayoti va futbol sohasida erishgan yutuqlariga to‘xtalib o‘tmiz.

Joze Mourino (José Mário dos Santos Mourinho Félix) 1963 yil 26 yanvarda tug‘ilgan. Joze futbolchilik faoliyati uncha omadli tarzda o‘tmagan. Futbolchilik faoliyati davomida (1981-1987) katta yutuqlarga erishmagan. 1986 yildan esa murabbiylik faoliyatini boshlagan.1990 yilga qadar «Komersiu va Industriya» hamda Vitoriya (Setubal) jamoalarining turli yoshdagi jamoalarida ishlagan. 1990 yildan-2000 yilga qadar «Eshtrela (Amadora)», «Ovarense», «Sporting», «Portu» va «Barselona» jamoalarida murabbiy assistenti va skaut lavozimlarida ishlagan.

2000 yil sentabr oyida esa «Benfika» jamoasiga bosh murabbiy etib tayinlandi. Ushbu lavozimda uch yarim oy faoliyat olib borgan Joze keyinchalik 2001-2002 yilga qadar oddiygina «Unian Leyriya» jamoasida faoliyat olib bordi va jamoasi bilan Portugaliya chempionatida 5-o‘rinni qo‘lga kiritdi. Bu esa uning «Portu» jamoasida ishlashi uchun zamin yaratdi. 2002/03 yilgi mavsumda esa «Portu»ga bosh murabbiy etib tayinlandi.

«Portu»da uni «yulduzli» onlar kutib turganini o‘sha vaqtda uning o‘zi ham bilmagan bo‘lsa kerak. Chunki Mourino qo‘l ostida «Portu» jamoasi ikki mavsumda 2 bor Portugaliya chempioni (2002/03, 2003/04), Portugaliya Kubogi sohibi (2002/03), Portugaliya Suberkubogi sohibi (2003), UEFA Kubogi sohibi (2002/03) va UEFA Chempionlar Ligasi (2003/04) sohibiga aylandi va butun dunyoni hayratga soldi.

2004 yildan boshlab esa Jozening faoliyatidagi yangi sahifa ochildi. Murabbiy Angliyaning «Chelsi» jamoasi tomonidan taklifga rozi bo‘lgan holda «aristokrat» lar jamoasida ish boshladi. Jamoani 2004/05 mavsum avvalida qabul qilib olgan Mourino 50 yillik tanafusdan so‘ng «Chelsi»ni APL chempioniga aylantirdi.

Joze «Chelsi»da ishlagan yillari mobaynida (2004-2007, 2013-2015) uch bora Angliya chempioni (2004/05, 2005/06, 2014/15), Angliya Kubogi (2007), Angliya Liga Kubogi (2005, 2007, 2015), Angliya Superkubogi kabi mukofotlarni qo‘lga kiritdi.

Mourino 2008/09 yilgi mavsumdan boshlab esa Milanning «Inter» jamoasiga bosh murabbiy bo‘lib tayinlandi va jamoaning Italiya chempioni (2008/09, 2009/10) va Italiya Kubogi (2009/10), Italiya Superkubogi (2008), UEFA Chempionlar Ligasi g‘olibi bo‘lishiga hissa qo‘shdi.

2010 yildan Ispaniyaning «Real Madrid» jamoasida ish boshlagan Joze 2010-2013 yillar orasida Ispaniya chempioni (2011/12), Ispaniya Kubogi (2010/11) va Ispaniya Superkubogi (2012) sohibiga aylandi.

Mourino 2016 yil 27 maydan boshlab Angliyaning «Manchester Yunayted» bosh murabbiyi bo‘lib ishlab kelmoqda va jamoa bilan dastlabki mukofotini Angliya Superkubogida qo‘lga kirtdi. «Lester Siti»ga qarshi kechgan bahsda «Manchester Yunayted» 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.

Joze Mourino shuningdek bir qator mukofotlar sohibi sanaladi:

Angliya premer-ligasi mavsumning eng yaxshi murabbiyi (3): 2005, 2006, 2015 yillar.

Angliya premer-ligasida oyning eng yaxshi murabbiyi (3): Noyabr 2004 yil, yanvar 2004 yil, mart 2007 yil.

Portugaliya milliy ligasida yilning eng yaxshi murabbiyi (2): 2003, 2004 yillar.

Italiyada futbol bo‘yicha yil murabbiyi (Oskar del Kalcho) (2): 2009, 2010 yillar.

Ispaniyada yil murabbiyi: 2012 yil.

«Oltin o‘rindiq» mukofoti sohibi: 2010 yil.

Migel Munos mukofoti sohibi (2): 2011, 2012 yillar.

UEFAda yil murabbiyi (2): 2003, 2004 yillar.

UEFAda jamoalar orasida: Eng yaxshi bosh murabbiy (4): 2003, 2004, 2005, 2010 yillar.

Yevropada yil murabbiyi (2): 2005, 2010 yillar.

FIFA da eng yaxshi futbol murabbiyi: 2010 yil.

IFFHS tomonidan jahoning eng yaxshi jamoa murabbiyi (4): 2004, 2005, 2010, 2012 yillar.

World Soccer Magazine nashri tomonidan Yilning eng yaxshi murabbiyi (3): 2004, 2005, 2010 yillar.

Portugaliyada chet elda faoliyat olib borayotgan eng yaxshi murabbiy (2): 2009, 2010

FWA Tribute Award tomonidan futboldagi xizmatlari uchun mukofoti sohibi: 2014 yil.

«La Gazzetta dello Sport» nashri tomonidan yil odami: 2010 yil.

Globe Soccer Awards versiyasi bo‘yicha yil murabbiyi (1): 2012

Buyuk ofitser Infanta dona Enrike ordeni sohibi.

Bu mukofotlar Joze uchun so‘ngisi bo‘lib qolmasligiga ishongan holda uni tavallud ayyomi bilan tabriklaymiz. Happy Birthday Special One.

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.