Эксклюзив /

Mxitaryan: Savol va javob

 «Manchester Yunayted» jamoasi rasmiy sayti armanistonlik futbolchi Genrix Mxitaryan bilan bo‘lib o‘tgan qisqa intervyuni taqdim etdi.

 Senga «Yunayted» ning qaysi futbolchisini o‘yinlarini kuzatish boshqalardan ko‘ra ko‘proq yoqimli bo‘lgan?

 «Yunayted» o‘yinlarini Erik Kantona jamoa safida o‘ynagan vaqtlardan kuzatardim, va menga uning o‘yinlari juda yoqardi. Boshqa futbolchilarni aytadigan bo‘lsam, bu Andrey Kanchelskis – menga juda qiziqarli bo‘lgan rus futbolchisining Angliyadagi faoliyati. Lekin mening kumirim haqida aytadigan bo‘lsam, bu ser Aleks Fergyuson.

Sening yoshligdagi futbol qaxramoning kim edi?

Zinedin Zidan. Faqatgina uning maydonni fantastik darajada ko‘rishi uchun emas, u xaqiqiy yetakchi bo‘lgan. U doimo jamoadoshlariga ko‘rsatmalar berib yordam ko‘rsatar edi.

Sening o‘yinlar bilan bog‘liq qandaydir an’anang bormi?

Yo‘q. Men yoshligimda, har xil narsalarga ishonar edim, katta bo‘lganimdan so‘ng hammasi tushinarli bo‘ldiki, foydali o‘ynash bu mening boshimdadir .

Qaysi urgan golingni shiddatli tarzda nishonlagansan?

Bu o‘yin, 2009 yilda Armaniston 21 yosh terma jamoasi tarkibida Turkiya qarshi uchrashuvda ro‘y bergan. Bu uchrashuv biz uchun juda muhim edi, va men g‘alaba to‘pini so‘ngi daqiqalarda kiritgan edim.  Bu men uchun gol urganimdan keyin ro‘y bergan eng yorqin emotsiyanal vaziyat edi.

Faoliyatningdagi o‘zingning eng yaxshi  golingni aytsang?

Alohida bittasini ajratib ayta olmayman, chunki ko‘plab gol urganman [kulib]. Umid bilan aytishni hohlardimki, «Manchester Yunayted» safida ham ko‘plab gollar urishni istayman.

Eslatma: Genrix ushbu intervyuni «Sanderlend» eamoasiga qarshi uchrashuvdan oldin bergan, ushbu uchrashuvda u tovoni bilan kiritgan golini «faolyatidagi eng yaxshi gol» deya e’tirof etdi.

Adam Marshall suhbatlashdi/ ManUtd.com

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.