«Har kim ham qachondir bosh murabbiy bo‘lishni orzu qilgan. Kunlarning birida menga shunday imkoniyat berilgan. O‘z faoliyatim davomida jahon futbolining eng nufuzli mamlakatlarida, eng nufuzli klublarda bosh murabbiy bo‘ldim. «Manchester Yunayted» - bu faoliyatimning cho‘qqisi», - dedi Mourinyu.
- Intervyuni hammani qiziqtirayotgan savoldan boshlasam: «MYu» sizga qiziqayotganini qaerdan bildingiz? Ular sizga qo‘ng‘iroq qilishdimi, uchrashishdimi, yoki shunchaki xat yozishdimi?
- Menimcha, hammasini OAVdagi xabarlardan bildim. Jurnalistlar mening ishsizligim, «MYu»da esa joy bo‘shayotganini bot-bot takrorlab turishdi
- Ha, biz klubdan ham avval sizga kelajakdagi ish joyingizni xabar qildik-ku!
- Faqatgina eng erinchoqlar men ushbu ishga ega chiqqanimni yozmadi, hisob, garchi o‘sha vaqtda hech kim menga ish taklif qilmagan esa-da. Hozir shartnoma imzolanib bo‘lingan, nima ham qila olardim! Bu shov-shuvlar kundan kunga avj ola bordi. Angliya Kubogi finalidan roppa rosa bir hafta avval agentim menga qo‘ng‘iroq qilib, klub finaldan so‘ng men bilan nimanidir gaplashib olmoqchiligi xususida xabar berdi. Bu menda klubda hammasi hal qilib bo‘lingani, faqat mening roziligim qolgani haqida fikr uyg‘otdi. Hammasi juda oson, xamirdan qil sug‘urgandek yuz berdi.
- Xamirdan qil sug‘irgandek, deng. Kerakli vaqtda kerakli ish. Aytingchi, Ispaniyaning buyuk klubi, Italiyadagi katta klub va mana, endi, Angliyadagi eng sovrindor klub rulida bo‘lish qanday? «Manchester» boshqalardan nimasi bilan farqlanadi?
- Bilmadim, bu klub buyukroqmi, oldingilari, aniq ayta olmayman. Har qanday yangi ish avvalgisidan farqlanadi, o‘ziga xos. Farqi shuki, men ishlagan klublarning har biri o‘z oldiga aniq, amalga oshirish o‘ta mushkul bo‘lmagan maqsad qo‘ygan.
«Inter»ga bosh murabbiy bo‘lganimdan so‘ng bu klub Chempionlar ligasi haqida orzu qila boshladi va so‘nggi yarim asrda ilk bor uni qo‘lga kiritdi. «Real»ga o‘tganimdan so‘ng ular «Barselona»ning yetakchiligini to‘xtatishmoqchi bo‘lishga intilishdi, bunga ham birga erishdik. «Chelsi»ni boshqara boshlaganimda ular yangi rahbar qo‘l ostida yangi titutllarni qo‘lga kiritishni istashayotgandi. Klubga ikkinchi bor qaytganimda klub sovrinlarni sog‘inib qolgan ekan, ularga Premer-liga kubogi kerak edi. Angliya kubogi yaxshi natija, lekin biz ikki bor YeChL saralashidan o‘ta olmaganmiz. Binobarin, nimagadir erishish uchun kishi o‘z oldigan aniq maqsadlarni qo‘yib olishi kerak.
- Aynan hozir siz o‘z oldingizga qanday maqsadlar qo‘ygansiz? Premer-ligada golib chiqishmi? Yoki Yevvropa ligasida? Balkim titul uchun poygada to‘rtlikdan muqim o‘rin olishdir?
- «Manchester Yunayted» chempion bo‘lishi shart. Bu ochiq-oydin, ko‘rinib turibdi. Ilgari aytganimdek, «MYu» o‘ynamas ekan YeChL bo‘shliqdan iborat. YeChLni «Real»siz, «Barselona»siz, «Yunayted»siz tasavvur qilib ko‘ring-a. Bu endi to‘laqonli turnir bo‘la olmaydi. Yevropa turnirlari «Yunayted» umrguzaronlik qiladigan muhit, shu sababli u yerga qaytish uchun qo‘limizdan kelgan barcha narsani qilamiz. Agar ushbu mavsum uchun mening rejalarimni so‘ramoqchi bo‘lsangiz, javob odiiy: YeChL yo‘llanmasi zonasiga qaytish meni baxtiyor etardi.
- Ya’ni, to‘rtlikdan o‘rin olish uchun kurashasiz?
- Ha, lekin rejalarimiz shu bilan yakun topmaydi. Agar jamoamizda yaqin bir necha yilga asqotadigan o‘zgarishlar ko‘zga tashlana boshlasa ham o‘zimni baxtli his qilardim.
Men o‘z olimga murakkab vazifalarni qo‘yishni yoqtiraman. Lekin men o‘yinchilarning oldiga borib, xotirjam ohangda, «Kelinglar, to‘rtlikda yakunlaymiz» yoki «Kelinglar, chempionatda yaxshi qatnashamiz», deydigan odammasman. Yo‘q, bu uslub meniki emas. Boshqacha maqsadlar qo‘yish kerak. Masalan, Premer-liganing har bir o‘yinini yutish. Tabiiyki, bu oson ish emas, buni amalga oshirish qo‘limizdan ham kelmas, ayniqsa ingliz chempionatida. Bu vazifa bu mamlakatdagi hech bir jamoaning qo‘lidan kelmaydi, buni yaxshigina tushunamiz.
Lekin aynan shu tushunish va anglash bizga har bir o‘yindan oldin yangi rag‘bat va chog‘lantirishlar ato etadi. Kelinglar, yutish ehtimoli juda past bo‘lgan o‘yinni yutishga urinaylik, kabi. Bu o‘yinchilar uchun o‘ziga xos chaqiruv bo‘lishi kerak. Fikrimcha, bunday o‘y-xayol «MYu»dek katta klub mentalitetining bir qismiga aylanishi kerak.
- Sizda klubdagi muhitni baholashning ma’lum bir uslubi bormi? Umuman, bu jarayon qanday kechadi?
- Jarayon... Futbolchilar bilan yaqindan ishlab boshlashdan avval ular haqida qandaydir tasavvurga ega bo‘lish kerak. Bu unchalik qiyin ish emas, ayniqsa bu mamlakatda. Angliyada ishlagan so‘nggi uch yilimda TV orqali o‘yinini ko‘rib, qolaversa maydonda ko‘p futbolchilarni o‘rgandim. Formal jihatdan har bir o‘yinchi qandayligini bilaman.
Men dekabrdan buyon ishlamadim. Barcha bo‘sh vaqtini futbolga baxshida etdim. Men jamoalarni tahlil qildim, ularni sinchiklab o‘rgandim. Masalan, shu «MYu»ni ham. Uning tarixi, chempionlik sari bosib o‘tgan yo‘llarini o‘rgandim. Jamoani orzuim jamoasi deb atashim uchun unda nimalarni o‘zgartirish mumkinligini tasavvur ham qilib ko‘rganman. Albatta, jamoa «mening jamoam» bo‘lishi uchun menga tegishli futbolcha nazarga mos tushadigan 3-4 futbolchi ham kerak bo‘lardi.
Ishimning murakkabligi shundan iboratki, mening nuqtai nazarim janob Van Gaalnikidan farqlanadi. Men undan zo‘rman, demoqchi emasman, yo‘q, shunchaki men boshqachaman. Chempionlar ligasida bir-birimizga qarshi o‘ynaganimizni hech qachon unutmayman. U bizning jamoalar tubdan farqalanadi, deganida mutlaqo haq edi. Oradan bir-ikki yil o‘tgach biz yana maydonda uchrashdik: «MYu» «Chelsi»ga qarshi. Tarix qaytarildi va u yana o‘yinni ko‘rish hamda his qilish borasida biz turlichamiz, deb yana haqiqatni gapirdi.
Ayni damda klub murakkab davrni boshdan kechirmoqda, uni «funksional qayta qurish», deb nomlash mumkin. Har bir o‘yinchi individual. Lekin eng turg‘un o‘yinchilar ham bosh murabbiyning g‘oyalari, prinsiplari va o‘rnatgan tizimiga moslashadi. Holland murabbiyining qo‘l ostida o‘tgan ikki yil izsiz ketmagan, albatta.
Hozir men o‘yinchilarga yana biroz vaqt berilishi lozim bo‘lgan davrni boshdan kechirayapman. Eng hayratlanarlisi - bizda buning uchun vaqt yo‘q (kuladi). o‘zgnarishlar har yangi o‘yinda bo‘ladi, deb umid qilaman. Har bir yangi o‘yin, har yo‘l qo‘yilgan yangi xato bilan biz faqat yaxshi tomonga o‘zgaramiz. Vaziyatni faqat futbolchilarning o‘z xohishigina qutqarishi mumkin. Ko‘rib turibman, xohish bor ularda. Birgina xohishning o‘zi «qayta qurish» davri uchun ketadigan vaqtni qisqartirishga olib keladi, tezroq yaxshi jamoa bo‘lishimizga yordam beradi.
- Yangi murabbiylarga ega bo‘lgan «Chelsi» va «Manchester Siti»ga qiyosan «MYu» haqida gapiradigan bo‘lsak, sizningcha yozgi transfer darchasida tarkibni boyitgan bu klublar «Yunayted» bilan bitta pozitsiyadami? Axir ular ham o‘tish davrini boshidan kechirmoqda.
- Sinalgan so‘qmoqdan yurish - bizning chiqishimiz emas. «Lester» allaqachon Premer-liganing butun dinamikasini buzib yuborishga ulgurdi (kuladi). Bugun «Premer-liganing jami 20 nomzodi titul uchun kurashadi», degan jumlani eshitgan biror kishi kulmaydi, bu «Lester»ning xizmati. Agar baribir turnir jadvalining yuqori qismini mo‘ljallayotgan bo‘lsangiz... «Arsenal» va «Tottenhem»ni oling, barqaror tizim, rahbariyatga ega bir xil jamoalar. Yoki «yangi o‘yinchilar va yangi bosh murabbiyga ega «Manchester Siti»ni oling. Taqvimga ham bir nazar tashlab qo‘ying, unga ko‘ra bizda mashg‘ulotlar uchun vaqt juda kam. Yangi murabbiy taklif etgan «Chelsi» hakida ham unutmaslik kerak, lekin ular yevropa turnirlaridan chetda qolib ketishdi. Ular yig‘ilib qolgan charchoqsiz, yangi jarohatlar ehtimolisiz o‘ynashadi va diqqatni miliy chempionatga qaratishadi. Mana shu shart-sharoitlar va vaziyatlarning barchasi «Chelsi»ga Premer-liga chempionligi yo‘lidagi poygada asqotadi.
- Ya’ni butun taqvimiy davrda kechadigan mana shu o‘zgarishlarga bilan ham jamoa nimaga o‘xshashi kerak? Orzuingizdagi «Manchester Yunayted» jamoasi siz uchun nima?
- Bu shunday «Manchester Yunayted»ki, u doim g‘alaba qozonadi.
- Hammasi shu qadar oddiymi?
- Bo‘lmasam-chi? Biz ko‘plab o‘yinlarda g‘alaba qozonmoqchimiz. Biz yanvarda bir o‘yin, keyin aprelda bir o‘yinni yutishni istamaymiz. Lekin yaxshi va o‘rinlatib o‘ynamasdan galabani kutib bo‘lmaydi. Yaxshi o‘yin nima o‘zi? Hamma biladi, nechog‘lik pragmatik va xolis ekanligimni, shu sababli yaxshi o‘ynash — galaba to‘pini kiritib qolishdan iborat desam hech kim hayron qolmasa kerak.
- Siz maobodo 2:1 hisobida «Old Trafford»da tugagan o‘yinni anazarda tutmayapsizmi? Hammasini aynan o‘sha so‘nggi gol hal qiluvdi va raqibingiz yutgandi. Siz hozir hodisalarning bunday tus olishiga tayyor bo‘lsangiz kerak?
- Ha, aynan o‘sha o‘yinni nazarda tutdim. Ha, men bunday holatga tayyorman. Lekin Premer-liga o‘zgarishga ulgurdi, deb hisoblayman. Eslayman, 2004 yil bo‘lsa kerak, jamoalar katta stadionlarda o‘ynashardi, tablolarda ham katta katta hisoblar bo‘lardi - 2:0, 3:0, 4:0. Keyin zum o‘tmasdan hisob durangga aylanardi. Bu yerda har bir jamoa aql bovar qilmas darajada kuchli. Men juda ko‘p takrorlaganman, Angliya - har bir inson tomoshabop o‘yin ko‘rishni istaydigan, har bir inson sening musobaqalashish ruhiyatingni rag‘batlantiruvchi yagona mamlakat, deb.
Boshqa har qanday mamlakatda o‘zining sevimli jamoasining chempionligi muhim. Boshqa mamlakatlarda klublar o‘zlaridan kichik klublarni yanchib tashlab, yanada kattarishga intilishadi. Ular o‘z o‘yinlarining televizion translyatsiyasi huquqini bo‘lishishni istamasdan hamyoniga iloji boricha ko‘proq pul tushishini istashadi. Ular musobaqalashishni istashmaydi. Ularga g‘alaba bo‘lsa bo‘lgani. Yil osha Chempionlar ligasida g‘alaba qozonish. Ular qo‘shnisining uyiga borib, eng yaxshi o‘yinchisini olib qo‘yishadi, chunki ular barcha parametrlar bo‘yicha o‘sha qo‘shnisidan ustun. Nimani nazarda tutayotganimni tushunyapsizmi?
- Ha, albatta, juda yaxshi tushunib turibman.
- Lekin Angliyada hammasi boshqacha. Bu yerda sen «yo‘q» deyish huquqiga egasan. «Senga o‘yinchimni sotmayman! Јancha? 40 million? Yo‘q, kechirasan, u sotilmaydi», deya olasan. Shu sababli, faqat shu yerda «lester» nomli mo‘jiza ro‘y berdi, faqat shu mamlakatda futbol yangi darajdaga ko‘tarildi.Bu yerda har bir yangi match — yangi, takrorlanmas tomosha. «Old Trafford»da biz tashabbusga ega bo‘lishimiz mumkinmi? Albatta, mumkin. Lekin biz avvalgidek, yo‘limizda uchragan jamoalarni yanchib tashlay olamizmi? Mana bu savolni javobsiz qoldirishga majburman. Balkim, kunlar kelib yana shunday bo‘lar. Lekin haqiqatda ishlar mutlaqo boshqacha tus oladi.
- Lekin xavf shundaki, so‘nggi yigirma yildan buyon «MYu»ning o‘yinlarini ko‘rib kelayotgan muxlislari haligacha XX asr ikkinchi yarmi va XXI asr boshlarini - «qizil iblislar» har bir o‘yinda yetakchilik qilgan, har bir o‘yini yutgan damlarni eslashadi. Folibona tarix ko‘lankasi ularning bugungi kundagi istaklariga soya solmaydimi?
- Ha, buni e’tibordan soqit qilib bo‘lmaydi, lekin bizda ko‘plab yosh muxlislar ham bor-ku (kuladi). Bu yosh avlodning klubdan kutayotganlari katta avlodnikidan mutlaqo farqlanadi. Ha, rad etmayman, har kim stadionga kelar ekan hissiyotga boy o‘yin, chiroyli gollar ko‘rishni, o‘yin so‘ngida g‘alaba mazasini tatib ko‘rishni istaydi. Hammasi to‘g‘ri. Men insonlarga musobaqa, demakki tomosha taqdim etaman. Sizda katta tajribaga ega top-o‘yinchi bor deylik, bunaqasi har bir jamoada bo‘ladi. Tasavvur qiling: siz Premer-liga o‘yiniga keldingiz, sizda mana shunday katta stadionda, katta omma oldida ilk bor maydonga tushadigan bir necha futbolchi bor.
Shu lahzalarda ular bir-birining ko‘ziga qarab, bitta kemada, bitta darajada ekanligini his qiladi. Premer-liganing kichikroq klublari, yoki masalan, Chempionshipdagi jamoani olaylik. Ularning barchasi Yevroda qatnashib qaytishgan. Ular o‘z mamlakati sha’nini xalqaro darajada himoya qilishgan. Keling, Chempionshipni tahlil qilaylik. U yerda bir paytlar Chempionlar ligasi kubogini olgan murabbiylar ishlamoqda. «Aston Villa», «Nyukasl», «Fulhem». Hattoki Chempionship ham baslashishning misli ko‘rilmagan ruhiyatiga ega musobaqa. Bu Angliyaga xos xususiyat va biz bunday holatdan faqat xursand bo‘lishimiz kerak.
Manba: std.uz
Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.