Эксклюзив /

Marsiyal intervyusidan 5 lahza

Antoni Marsiyal o‘zining birinchi intervyusini MUTV telekanaliga berdi, ushbu dastur kelasi seshanba kuni namoyish etiladi, shuningdek jamoaning Inside United jurnaliga ham o‘zining intervyusini berdi va bu ma’lumotlar jurnalning eng muhim axboroti sifatida chop etiladi.

«Manchester United» ning internet sahifasida fransuz hujumchisi bergan intervyusining 5 ta asosiy ma‘lumotlari taqdim etilgan.

PATRIS EVRA ANTONINI «YUNAYTED»GA O‘TISHGA KO‘NDIRDI

Marsiyal Parij atrofidagi Lez-Olis shaharchasida voyaga yetgan, ushbu shaharchaga Patris Evra 1 yoshligida Senegaldan ko‘chib kelib, istiqomat qilishni boshlagan. «Manchester United» jamoasining afsonaviy futbolchisi Evra 2006 yilda «Monako»dan Angliyaga ko‘chib o‘tdi va shundan 10 yil o‘tib Marsiyal aynan shu yo‘lni tutdi. Shunisi aniqki, Antoni o‘zining sherigidan har doim Fransuz terma jamoasi bo‘yicha maslahatlar olib turgan.

Marsiyal aytadiki: «Patris Evra menga aytadiki, bu chempionlar jamoasi va bu yerda barcha g‘olib bo‘lish uchun harakat qiladi. Buni men o‘zimda bu yerga ko‘chib kelganimdan so‘ng his qildim»

ANTONINI HAYRATGA QOLDIRGAN UCH FUTBOLCHI

Marsiyalni ko‘pchilik holatlarda «Arsenal» jamoasining afsonaviy Terri Anriga qiyoslashgan, chunki uning kelib chiqishi ham Lez-Olis shaharchasiga borib taqaladi va u ham «Monako» uchun to‘p surgan. Antonining fikriga ko‘ra u va Anri o‘rtasida o‘xshalik yo‘q lekin bu taqqoslash unga juda yoqadi. Shuningdek, Antoni uch futbolchining nomlarini alohida ta’kidlab o‘tadi. Bular futbolchining akasi Yoxan, hozirda u 24 yoshlik «Trua» fransuz jamoasininig himoyachisi, buyuk Brazilyalik hujumchi Ronaldo va yana bir Brazilyalik mashhur futbolchi Ranaldino.

Marsiyal aytadiki: «Men har doim oilamning madadiga tayanganman, ko’pchilik holatlarda akam men uchun kerakli maslahatlar beradi va aynan shu inson o‘zining orqasidan yetaklab, futbolga kirib kelishimga sababchi bo‘lgan»

SHNAYDERLINNING YANGI VAZIFASI MARSIYALNING SHAXSIY TARJIMONI

19 yoshida Angliyaga ko’chib kelganidan so‘ng Antoni uchun eng muhim vazifa bu tilni o‘rganish bo‘ldi. Agar jamoadagi Morgan Shnayderlin yordam bermaganida uning ahvoli yanada yomonlashgan bo‘lar edi. Dastlabki vaqtlarda Shnayderlin jamoa majlislarida va mashg‘ulotlarda Antoni uchun tarjimoni bo‘lgan. Avgust oyidan u ingliz tilini o‘rganishni boshlagan va hozirda ushbu tilni tushunadi. Bu unga yangi joyda qulayroq joylashib olishga yordam bergan. U bu yerga xotini va qizi bilan ko‘chib kelgan.

Marsiyal aytadiki: «Men sekinlik bilan ko‘roq ingliz tilada muloqat qilishga harakat qilyapman va hozirda ushbu tilni hech qanday qiyinchiliklarsiz tushunaman. Jamoadagi sheriklarim bilan ingliz tilida muloqat qilish men uchun muhim.»

ANTONI OSOYISHTA HAYOTNI YOQTIRADI

«Manchester United» muxlislari Marsilyani maydondagi faoliyatini yaxshi bilishadi, ammo o‘yindan tashqaridagi hayoti qanday? Hozirgi kungacha yosh fransuz o‘yichisi kamdan kam holatlarda ommaviy axborot vositalari bilan muloqatda bo‘ladi va har doim o’zinig shaxsiy hayotiga hech kimni aralashishiga yo‘l qo‘ymaydi. Ushbu intervyu davomida shuni tan oldiki, Antoni oddiy turmush tarziga ega bo‘lib, uning uchun eng muhimi ko‘proq vaqtini o‘z oilasi bilan o‘tkazishdir. U kino ko‘rishni juda yoqtirishini va hozirda fransuz kinolarini sog‘inayotganini ta’kidlab o‘tdi.

Marsiyal aytadiki: «Odatda sayothatga chiqaman, restoranlarga borman, hayotimda o’ziga hos hech qanday jihati yo‘q. Maruan Fellayn menga o‘zi tashrif buyiradigan restoranlarning ro‘yhatini berdi. Ulardan bir nechasiga tashrif buyurdim va o‘zimga yoqqanlarini tanlab oldim.»

RUNI BILAN BIR JAMOADA FAOLIYAT YURITISH KATTA MAKTAB BO‘LDI

Marsiyal va Runi o‘rtasida o‘xshashlik tomonlari ko‘p: ikkala futbolchi ham bu jamoaga juda yoshligida kelishgan, ikkala futbolchi ham Golden Boy mukofoti sovrindori, hamda ikkalasi ham ushbu mavsumda eng ko‘p to‘p urgan futbolchilar qatoridadir. Hozirgi vaqtda ular 23 ta to’p urushgan. Antoni uchun eng muhimi Runi bilan bir jamoada o‘ynash va undan kerakli tajribalarini olishdir.

Marsiyal aytadiki: «Bu men uchun har doim foydali bo‘lgan. Men u bilan birga o‘ynaganimda o‘zimni hotirjam his qilaman. Runidek futbolchi bilan birga bo‘lish, har doim o‘zimga ishonchni ortiradi.»

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.