Эксклюзив /

Runiy blits intervyu

«Manchester United» klubining sardori Ueyn Runiy klubning homiysi bo’lgan «New Era» kompaniyasi tomonidan  bo’lib o’tgan yangi  kiyimlar kolleksiyasi taqdimoti vaqtida blits intervyu berdi.

 Sport bilan bo’lgan ilk xotiralaringiz?

 Mayk Taysonning bokslarini doim eslayman. Tunlari uxlamasdan dadam bilan uning o’yinlarini oxirigacha tomasha qilar edim.

Hayotingiz haqidagi filmda kim o’ynay oladi deb o’ylaysiz?

Bilmadim…. balki Met Deymon.

Eng yaxshi ko’rgan «gol»ingiz?

Ehtimol, «Sity»dagi golimdir.

Hozirgi vaqtdan to hayotingizni oxiriga qadar bo’lgan vaqtgacha faqat uchta sport turini  qaysi birlarini tanlay olar edingiz?

Golf, futbol va boks.

Siz bilan o’ynagan yoki sizga qarshi o’ynagan eng qobiliyatli o’yinchi kim?

Menimcha bu Krishtiano. U yaxshi o’yinchi.

Futbolistlar orasidagi eng sevimli o’yinchingiz kim? 

Maykl Jonson

Hozirda siz qanday seriyal ko’rayapsiz?

The Walking Dead Comics (O’liklarning yurishi)

 Hozirda eshitayotgan eng so’ngi guruhlaringizdan biri bu qaysi?

O’ylab ko’rsam…bugun yechinish xonasida Tinu Ternerni eshitdim.

Bu musiqani siz doim eshitasizmi?     

Yo’q, odatda musiqani Eshli Yang tanlaydi, ba’zida bu bilan o’zim yoki Bastian ham shug’ullanib turamiz. Biz juda ko’p har xil musiqalarni eshitamiz, shu qatorida Tinu Ternerni ham. Asosiysi esa biz bundan zavqlanamiz.    

Qandaydir uchrashuvda qaysidir superyulduz bilan tushunish qiyin bo’lgan vaziyat bo’lganmi?

Deylik, Bastin bilan bo’lgan birinchi uchrashuvda – u meni topig’imni jaroxatlagan edi. O’shanda men juda g’alati bo’lgandim. (kuladi)

Komandangizdagi xozirgi yoki o’tgan  kishilarning qaysi biri bilan liftda yolg’iz ushlanib qolishni xohlamas edingiz?

Andres Lindagor bilan. Albatta shu inson meni charchatgan.

Agarda sizda qandaydir bitta zo’r qobiliyatni tanlash imkoniyati bo’lsa — bu nima bo’lishi mumkin?

Ko’rinmay qolish imkoniyati.

Yoshligingizdagi eng sevimli multqaxramoningiz kim?

Jonni Bravo.

O’z faoliyatingiz davomida yenga olgan eng katta muommoyingiz nima bo’lgan?

Balki, chorak finalda Portugaliya terma jamoasiga qarshi bo’lgan o’yinda o’yinni tark etishimdir. Bundan keyin menga oson bo’lmagan.

Qachonlardir sizga berilgan eng yaxshi maslahat?

Agar bu futbolga ta’aluqli bo’lsa, shunchaki qilayotgan ishingdan zavqlanishingdir. Yoshligingiz mashg’ulotlar orasida o’tadi, bu oson emas, menga shuni maslahat berishdiki, bularni hammasidan zavq olishni o’rganish kerakligini.

Qaysi davrni siz faoliyatingiz davomida eng yaxshi  payt bo’lgan deb o’ylaysiz?

Chempiyonlar ligasida yutishimiz menga takrorlanmas ajoyib tuyg’uni bergan. Umid qilamanki bunday zavq menda yana qayta takrorlanadi.

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.