Эксклюзив /

«Yunayted»ni tark etadigan futbolchilar

Joze Mourino «Manchester Yunayted»da ish boshlaganidan keyin, tarkibda qator o‘zgartirishlarni amalga oshirmoqchi. Xususan murabbiy jamoada o‘ynayotgan qator futbolchilar bilan xayrlashishni rejasiga kiritgan. Quyida shunday charm to‘p ustalari borasida so‘z yuritamiz.

Eshli Yang

Bir pa ytlarda Eshli Yang Angliyaning eng tezkor yarim himoyachilaridan biri edi. Lekin vaqt o‘tganidan keyin, uning o‘yinida pasayish bo‘ldi. Joze Mourino bosh murabbiy etib tayinlanganidan keyin, portugaliyalik mutaxassis Eshli Yang bilan orani ochiq qilmoqchi. Gap shundaki, Mourino tuzgan rejasiga Yang to‘g‘ri kelmasligi ma’lum qilingan. Shuning uchun Yang «MYu»ni tark etishi ehtimoli yuqori. Tezkor qanot yarim himoyachisiga bugungi kunda birorta jamoa qiziqish bildirmayotganligi achinarli xoldir.

Xuan Mata

Mataning ishlari Angliyada hech ham yurishmadi. «Chelsi»da yaxshi boshlangandi. Keyinchalik Joze «aristokratlar»da ustoz bo‘lganidan so‘ng ikkilasi o‘zaro kelisha olmasligi oqibatida o‘rtada nizo kelib chiqdi. Natijada, Xuan Mata «Manchester Yunayted»ga ko‘chib o‘tgandi. Bu yerda hammasi yaxshi boshlangandi. Lekin keyinchalik Lui Van Gaal ispaniyalik yarim himoyachini zahiraga mixladi. Mashg‘ulotlarda zo‘r berilganidan keyin tarkibga qaytishni uddasidan chiqqandi. Joze «qizil iblislar»ni ustozi bo‘lganidan so‘ng, Mataga chiqish eshiklar ko‘rsatiladigan bo‘ldi. Yaqin orada u Angliyani tark etishi ehtimoli bor.

Maruan Fellayini

Uzun sochli futbolchini transferi «Manchester Yunayted» tomonidan amalga oshirilgan omadsiz bo‘lib chiqdi. Bir so‘z bilan aytganda, Maruan top klub darajasidagi o‘yinchi emasligi ko‘zga tashlandi. Asosan matbuotda murabbiy va rahbarlarni shaxsiyatga tegadigan so‘zlarni ishlatishdan o‘zini tiya olmasligini namoyon qildi. Mourino esa bunday futbolchidan voz kechishga tayyor. Hattoki, uni ijaraga berishni emas, butunlay sotib yuborishni istamoqda. Hozirda Fellayiniga bir qator jamoalar tomonidan qiziqish bor. Ko‘ramiz, belgiyalik charm to‘p ustasiga kim jiddiy qiziqib, xarid qiladi.

Maykl Kerrik

Faoliyatini katta qismini «Manchester Yunayted»ga bag‘ishlagan Kerrikni ketish jarayoni yaqinlashgan ko‘rinadi. Mourino Maykl bilan birgalikda ishlashni istamayapti. Fahriy o‘yinchiga aylanib qolgan Maykl Kerrik ishbilarmon mutaxassisni nazariga kirmayapti. Chindan ham qahramonimiz bugungi 35 yoshni qarshi olgan. Ilgaridek yuqori tezlikda harakat qilishni uddasidan chiqmayapti. Ko‘p vaziyatlarda xatolar kuzatilmoqda. «MYu» Kerrikni qo‘yib yuborish orqali uning joyiga Nemanya Matichni joylashtirishni maqsad qilgan. Albatta, bu Mourinoni talabi hisoblanadi.

Manba: zamin.uz

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.