Эксклюзив /

U ketmoqda

2 iyul kuni «Manchester Yunayted» klub afsonasi Rayan Giggzning ketayotganini e’lon qildi. Giggz jamoada 29 yil o‘tkazdi.

U 14 yoshida klub akademiyasiga kelib, futbol bilan shug‘ullana boshlaydi va ko‘p o‘tmay ser Aleks Fergyussonning ishonchli futbolchilaridan biriga aylanadi. Futbolchilikni tugatgach esa, keyingi uch yilda jamoa bosh murabbiyi bo‘lib ishlagan Devid Moyes va Lui van Gaalga yordamchilik qildi.

Giggz «Nottinhem Forest»ni boshqarishi mumkin.

Quyida Giggzning «Manchester Yunayted»dagi eng esda qolarli 11 lahzasi yodga olinadi.

1. Debyut

«Manchester Yunayted»ning bir qator yoshlar jamoasida 3 yil to‘p surgan uelslik futbolchi 17 yoshida, 1991 yilning 2 martida «Everton»ga qarshi o‘yinda asosiy jamoada debyutini o‘tkazdi.

2. «1992 yil avlodi»

1992 yilda Rayan Giggz ««Yunayted»»ning yoshlar jamoasi sardori bo‘ldi va Angliya yoshlar Kubogini qo‘lga kiritdi. O‘sha jamoa tarkibida Pol Skoulz, Niki Batt, Devid Bekxem, Fil va Gari Nevillar bor edi. Ularning barchasi asosiy jamoa tarkibi afsonasiga aylandi, Giggz esa ularning yetakchisi bo‘ldi.

3. 1992 yili «Tottenhem» darvozasiga urilgan gol

1991/92 yilgi mavsumning so‘nggi o‘yinlarida Giggz zaxiradan maydonga tushar edi. Kelasi mavsumdan esa u asosiy tarkib futbolchisi bo‘ldi. Rayan asosiy jamoadagi debyut mavsumida «Tottenhem» darvozasiga o‘zining eng chiroyli gollaridan birini kiritdi.

4. Premer-ligadagi ustunlik

1993/94 yilgi mavsumda Giggz Premer-liga doirasida 13 ta gol kiritgan edi. Bu uning shaxsiy rekordi sanaladi. Bundan tashqari, u o‘sha mavsumda o‘zining birinchi dublini (Angliya chempionligi va Kubogi) qayd etdi.

5. Ikkinchi dubl

1995/96 yilgi mavsumda Giggz «1992 yil avlodi» bilan to‘rt yil ichida uchinchi chempionligini, shuningdek, Angliya Kubogini qo‘lga kiritdi.

6. 1997/98 yilgi mavsumda YeChLda «Yuventus» ustidan erishilgan g‘alaba

1997 yilning guruh bosqichida ««Yunayted»» «Yuventus» bilan to‘qnash keldi. Giggz golli uzatmasi va 89-daqiqada kiritgan goli bilan mankunianlarning 3:2 hisobidagi g‘alabasiga hissa qo‘shdi. Bir yil avval «Yuventus» «Manchester Yunayted»ni guruh bosqichida ikki marta mag‘lub qilgandi.

7. 1999 yilgi Angliya Kubogi yarim finalidagi gol

1999 yilgi Angliya Kubogining yarim finalida «Arsenal» darvozasiga kiritilgan golni Giggz eng yaxshilaridan biri deb biladi.

8. Yangilangan rekord

«Manchester Yunayted»da faoliyatini boshlaganidan 17 yil o‘tib, Giggz ««Yunayted»» safida o‘tkazilgan o‘yinlar bo‘yicha klub afsonalaridan biri ser Bobbi Charltonning (758 o‘yin) rekordini yangiladi. Bu hodisa «Uigan»ga qarshi o‘yinda sodir bo‘ldi. Giggz o‘shanda bitta gol urib, 10-bor APL chempionligiga erishgandi.

9. Angliya Premer-ligasining eng yaxshi faxriysi

Giggz 35 yoshida ham ajoyib futbol namoyish etardi. Faoliyatining so‘nggiga qadar u har bir mavsumda kamida 30 o‘yinda maydonga tushardi.

10. 13-baxtli chempionlik

«Manchester Yunayted»ning birinchi chempionligidan 20 yil o‘tib, 2013 yilda Giggz jamoa bilan 13 marta APL chempioni bo‘ldi. Uning rekordini yangilashning imkoni bo‘lmasa kerak.

11. Debyut

Giggz 2013/14 yilgi mavsumni o‘ynaydigan murabbiy sifatida boshladi. Mavsum yakunida Devid Moes iste’foga chiqarilgach, Giggz bir nechta o‘yinlarda bosh murabbiy vazifasi bajaruvchi bo‘lib ishladi.

Giggzning jamoadagi yillari raqamlarda:

1. Rayan Giggz futbolchilik faoliyati davomida jami 35 sovrin yutgan — bu «Manchester Siti» butun tarixida yutganidan ko‘proq. 

2. Angliya Premer Ligasida Rayan Giggz 7 934 kun o‘tkazgan.

3. Bu Premer Liga tarixidagi eng yuqori ko‘rsatkich, uning natijasi eng yaqin ta’qibchisi Pol Skoulznikidan 1 122 kun (bu esa 3 yil) ko‘proq.

4. 7 934 kunga yana 18 oyni qo‘shish mumkin — Giggz APL Birinchi Divizion deb atalgan vaqtda o‘tkazgan (hozirgi APL) — va natija 8 466 kunga aylanadi.

5. Agar bugun debyut qilgan futbolchi  Rayan Giggzning natijasini takrorlamoqchi bo‘lsa, uning faoliyati 2029 yilning 26 mayiga qadar davom etishi kerak bo‘ladi.

6. Agar Jorj Best «Manchester Yunayted» safida Giggz o‘ynagan kabi uzoq vaqt qolganida unga ser Aleks Fergyuson ham ustozlik qilgan bo‘lardi.

7. Rayan APLda golli uzatma berish bo‘yicha rekordchi — 162 marta assistentlik.

8. Bu borada undan keyingi ko‘rsatkich Lempardniki — 102 golli uzatma.

9. Giggz «Manchester Yunayted»da ilk marta maydonga tushganida, Fil Jons hali tug‘ilmagandi.

10. Rayan «Manchester Yunayted»ning APL doirasidagi o‘yinlarida 632 marta maydonga tushgan.

11. 632 o‘yindan 522 martasida u boshlang‘ich tarkibda harakat qilgan, bu borada undan Garri Spid, Garet Barri, Frenk Lempard va Devid Jeyms oldinda.

12. APLning faqat 12 jamoasi Rayan  Giggzdan ko‘proq o‘yin o‘tkazgani bilan maqtana olishi mumkin: «Manchester Yunayted», «Chelsi», «Arsenal», «Aston Villa», «Tottenhem», «Manchester Siti», «Blekbern», «Everton», «Nyukasl», «Vest Hem», «Sauthempton» va «Liverpul». 

13. Giggzda suyuksindirar Vinni Jonsdagidan ko‘proq sariq kartochka bor (37). Jonsda esa bitta kam (36).

14. Uelslik ushbu futbolchi «Manchester Yunayted» jamoasini eng tezkor goli muallifi. Bu gol 1995 yilning noyabrida, «Sauthempton»ga qarshi o‘yinning 15 soniyasida urilgan.

15. Rayan 151 marta YeChL o‘yinlarida qatnashgan, bu borada faqat Xavi (157) va Iker Kasilyas (158) undan oldinda.

16. Giggz APLda bir klub safida 100 gol ura olgan ikkinchi futbolchi, undan oldingi natijani Mett Le Tisse qayd etgandi.

17. Rayan — hozircha Chempionlar ligasining 19 mavsumida ishtirok etgan yagona futbolchi.

18. Giggz o‘z faoliyatida 117 xil jamoaga qarshi o‘ynagan.

19. Rayan «Yunayted» safidagi ilk golini urganida benzin narxi hozirgidan 40 punkt arzonroq edi.

20. Rayan «Manchester Yunayted» uchun 168 gol urgan va u «Yunayted» to‘purarlari safida Jorj Best, Dennis Vayollet, Jek Rouli, Denis Lou, Ueyn Runi va ser Bobbi Charltondan keyin turadi.

Manba: Tribuna.uz

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.