Mualliflik bloglari

SER ALEKS FERGYUSON: 4 BOB / 1 QISM

Blog MANUTD

2002/2003 yil mavsumi boshlanayotgan bir paytda men kuchga to’lgan va go’yoki yangi ishga kirishayotgandek edim. Iste’foga chiqish bilan bog’liq barcha fikr-xayollardan voz kechgandan so’ng men 1998 yildan beri qo’lga kirita olmayotgan sovrinlarga ega chiqish maqsadida jamoani qayta yangilay boshladim. Bu kabi tubdan o’zgarishlar meni qattiq xavotirga solayotgan bo’lsa-da, ammo klubda yangicha jamoani shakllantira oladigan o’yinchilar borligini yaxshi bilardim.

1995 yildan 2001 yilgacha bo’lgan vaqt oralig’i jamoa uchun oltin davr bo’ldi: biz olti yil mobaynida besh marotaba Premer-liga va bir marotaba Chempionlar ligasi g’olibligini qo’lga kiritdik. Mana shu olti yilning boshida biz bir nechta tarbiyalanuvchimizni asosiy tarkibga o’tkazdik: Devid Bekxem, Gari Nevill va Pol Skoulz kabi o’yinchilarimiz birinchi o’yinlarida «Aston Villa»dan 1:3 hisobida mag’lubiyatga uchrashlariga qaramay, asosiy tarkibga doimiy tushadigan bo’lishdi. Ushbu o’yindan so’ng Alan Xansen to’g’ridan–to’g’ri efirga shunday dedi: «Siz bolalar bilan hech nimani qo’lga kirita olmaysiz».

Premer-ligada uchta ketma-ket g’alabadan so’ng, men 16.5 million funt yaxshi narx deb o’ylab, Yaap Stamni qo’yib yuborishga qaror qildim va bu bilan katta xatoga yo’l qo’ydik. Chunki futbolchini operatsiyadan keyin oldingi sport formasini qaytib tiklay olmaydi deb shunday qarorga kelgan edim. Biroq xatoga yo’l qo’ygan bo’lib chiqdim. O’shanda uning avtobiografiyasi haqidagi kitobi nashrdan chiqishidan va u erda noto’g’ri transfer haqida aytib o’tilganidan oldin men u bilan gaplashib bu masalani uzil-kesil hal qilmoqchi bo’lgandim. U o’z kitobida meni unga bildirmay «PSV» bilan olib borgan muzokaralar bo’yicha ayblagan.

- Bu gaplarni yozishdan oldin nima haqida o’ylagan eding? – deb so’radim. Ammo bu narsa menga qaror qabul qilishga hech qanday to’sqinlik qila olmadi.

Mazkur voqeadan keyin bir qancha vaqt o’tib, uning agenti «Roma» vakillaridan taklif tushgani haqida aytdi. Ular Yaap uchun 12 million funt bermoqchi bo’lishgan.
- Meni qiziqtirmaydi? – deb javob berdim.

Oradan yana bir hafta o’tib biz «Latsio»dan taklif oldik. 16.5 million funtdan kam bo’lgan har qanday taklifning menga hech qanaqa qizig’i yo’q edi. O’sha vaqtda Yaap 30 yoshda edi va barchamiz uning tezroq sog’ayishini kutayotgan edik. Har qanday vaziyatda ham bu fojia bilan tugashi aniq bo’lib turgandi. Yoqilg’i quyish shaxobchasida bo’lib o’tgan suhbatimiz bu masalaning alanga olishiga sabab bo’ldi. Men uni klubimizda o’ynaydigan va barcha muxlislarimizga birdek yoqadigan insofli odam deb yurardim. Uning sotilishi – mening katta xatolarimdan biri. Men unga transfer oynasi ochilishidan ikki kun oldin mashg’ulotlar davomida barchasini tushuntirmoqchi bo’ldim. Keyinroq men unga qo’ng’iroq qilib tushganimda, u yo’l bo’ylab uyga ketayotgan edi. Biz ikkalamizga ham qulay bo’lgan katta yo’ldagi yoqilg’i quyish shahobchasida uchrashishga kelishib oldik.

Men Loran Blanni bepul qo’lga kirita olishimizni bilardim, uning o’yini har doim menga yoqqan shu sababli uni ertaroq qo’lga kiritishimiz kerak edi. U mahoratli, to’pni o’ziga bo’ysundira oladigan va oldinda ham, orqada ham birdek yaxshi o’ynay oladigan futbolchi edi. Uning boy tajribasi, endigina shakllanib borayotgan Jon O'Shi va Uesli Braunlarga asqotadi deb o’yladim. Biroq bu fikr o’zini oqlamadi. Yaapning ketishiga yo’l qo’yish, xatoga yo’l qo’yishim bilan barobar edi. U 36 yoshida, bizga qarshi Chempionlar ligasi yarim finalida o’ynaganidan so’ng o’z faoliyatini yakunladi.

Markaziy himoyachilar menejerlik rejalarimning asosiy qismlaridan biri edi. 2002 yilning yozida Rio Ferdinandni sotib olib, katta xaridni amalga oshirdik va aynan o’sha yili biz ona shahrim hisoblangan Glazgoda bo’ladigan Chempionlar ligasi finaliga chiqishimiz shart edi. O’z tug’ilib o’sgan erimda Madridning «Real» klubiga qarshi o’ynash imkoniyati katta edi. Men aynan o’sha shaharda birinchi marta «Real» Frankfurtning «Ayntraxt» jamoasini 7:3 hisobida enggan evrokuboklar finalini tomosha qilganman. Shu sababli bu voqea men uchun o’zgacha ahamiyat kasb etardi. O’sha o’yin bo’lib o’tgan kuni men «Kuinz Park»da o’ynab yurardim va uyga jo’naydigan avtobusga kech qolmaslik maqsadida, Real» -»Ayntraxt» o’yini tugashiga uch daqiqa qolganda maydondan chiqib ketganman. Manashu o’tkazib yuborgan uch daqiqani ko’rmaganim uchun haligacha afsuslanaman, chunki o’sha paytlari har bir o’yinning so’nggi daqiqalari juda qiziqarli bo’lardida. O’yindan keyin «Real» bog’da katta bayram uyushtirgan, men bo’lsam bularning baridan quruq qolganman. Ertasi kuni tongda gazetalardagi suratlarni tomosha qilib turib: «Jin ursin, nahotki manashularning barini o’tkazib yubordim-a» deb o’yladim.

O’sha paytlarda «Xempden Park» 128 ming tomoshabinni o’zida sig’dira olardi. Katta o’yinlardan so’ng, maydondan chiqib ketayotgan olamon tagidan qolib ketmaslik uchun, biz u erdan tezroq ketishga urinardik: bekat tomon yugurib, avtobusga o’tirib olsak bo’ldi, uygacha etib olardik. Bekatgacha deyarli 6.5 chaqrim yo’l bosib o’tib, avtobusga minib olardik, biroq so’nggi avtobusga etolmay qolsak, uygacha piyoda borishga to’g’ri kelardi. Maydondan chiqib bekatga boradiganlar soni juda ko’p edi. Ba’zi ishbilarmon amakilar esa o’yinga o’zining kichik avtobusida kelib, o’yindan so’ng odamlarni 6 pens evaziga uyiga olib borib qo’yardi. Bu uyga olib boradigan alternativ variant edi. 2002 yil «Xempden»da «Real» 2:13 hisobida g’alaba qozongan finalga tushish va «Manchester Yunayted»ga ham ushbu gazonga chiqish imkoniyatini berish unitilmas voqea bo’lardi.

Ushbu yilda amalga oshirgan yana bir katta ishlarimizdan biri, Karlush Keyrushning menga assistent sifatida ishga kirishi bo’ldi. O’tgan mavsum «Arsenal» dublni amalga oshirdi, Roy kin esa 2002 yilgi Jahon chempionatidan so’ng to’g’ri uyga ravona bo’ldi. Shu sababli Premer-ligada yangi mavsumning boshlanishidan oldin bir necha muammoni echish kerak edi. «Sanderlend» vakili Jeyson Makatirni tirsagi bilan urgani uchun, Roy maydondan chetlatildi. Men esa Royning belini operatsiya qildirish maqsadida unga yo’llanma berdim va shundan so’ng u to’rt oy maydonga tusha olmadi. Bu voqeadan so’ng biz o’yinimizni susaytirdik va «Bolton»ga o’z maydonimizda, «Lids»ga esa safarda yutkazib qo’ydik. Biz faqatgina boshlang’ich oltita o’yinning ikkitasida g’alaba qozona oldik xolos va bunday natija bilan musobaqa jadvalining to’qqizinchi o’rinidan joy oldik. So’ngra, to’liq tuzalib safga qaytishlari va ikkinchi davrada yaxshiroq o’ynashlari uchun, jarohat olgan o’yinchilarimga operatsiya qildirishga ruxsat berdim.

2002 yilning sentyabr oyida ishlarim yomonlasha bordi. Jamoatga murabbiyning qilayotgan ishlari yoqmay qolsa, unga qarab hujum qilishlari aniq. Ustiga-ustak men OAV bilan suhbatlashmasdim, muxbirlar savoliga to’liq javob bermasdim, ularga bo’lib o’tgan voqealarni aytib bermasdim va hech qachon dastxat bermasdim, shuning uchun ulardan yordam kutishdan hech qanday foyda yo’q edi. Boshqa menejerlar OAV bilan suhbatlashganlari va ular bilan tez-tez uchrashib turganlari bois ularga o’zlarini oqlash uchun salgina vaqt bor edi, - uzoq muddat emas. Boshingni qilich kesishi yoki kesmasligi, faqatgina qo’lga kiritilgan natijaga bog’liq edi.
Omad sendan yuz o’gira boshlaganda, OAV tomonidan bosim uyushtiralardi. Shunday paytlarda har doim gazeta, jurnal va turli yangiliklar sarlavhasida «Fergi sening davring o’tdi, endi ketsang ham bo’laveradi» degan gaplarni o’qish mumkin edi. «Yana qancha o’z o’rningda qolasan» qabilidagi gaplar ham uchrab turardi. Bunday gaplarni faqatgina kulga bilan qarshi olish kerak xolos, chunki jazavaga tushish bu - hayvoning ishi. Shu davr oralig’ida men haqqimda turli xildagi iliq gaplar ham chiqdi, chunki muxbirlar bizning qo’lga kiritayotgan ulkan yutuqlarimizdan ham ruhlanishardi. Ammo seni daho deyishlari bilan birga, axmoq ham deyishlariga tayyor turishing kerak.

Mett Basbi shunday degan edi: «Yomon o’ynab turganingda, gazeta o’qishning nima hojati bor? Masalan men, umuman o’qimaganman». U OAV unchalik ham rivojlanmagan davrda yashagan edi. Mett har doim maqtov va tanbeh oralig’ida yashasada, ularning hech birini ko’ngliga yaqin olmas edi.

Omad kelganidan ham, omadsizlikda ham nimani kanda qilmaslik kerak, - albatta mashg’ulotlarnida. Doimiy ishlash, oldinga qo’ygan talablarga e’tibor qaratish, aniq maqsad va vazifalarga qarab qadam tashlash, har doim yaxshi natijani qo’lga kiritishimizga yordam bergan. Agarda «Yunayted»ning birorta o’yinchisi ustma-ust bir necha bor «pand» berib qo’ysa, uning jazavasi tutib ketardi. Bunday holatga ular hech ham chidolmasdilar. Ammo ba’zida eng yaxshi o’yinchilar o’zlariga bo’lgan ishonchni yo’qotar edilar. Hattoki Kantonada ham o’z kuchiga ishonmaslik xuruji tutib qolardi. Aynan shuning uchun mashg’ulotlar davomida o’yinchining hatti-harakati sinchiklab tekshirilardi va umumiy guruhga qo’shilib, murabbiylar shtabidan tegishli ko’rsatma olardi.

Men ishlagan o’yinchilar orasidan faqatgina Devid Bekxem, o’z xatolari ta’siriga kirib qolmasdi. U hayotida o’ynagan eng yomon o’yinida ham o’zini oqlab chiqardi. Devid oxirigacha o’zini himoya qilardi. Bunday qobiliyat unga atrofidagilar ta’sirida paydo bo’lganmi yoki yo’qmi buni bilolmadim-u, ammo u yomon o’ynaganini hech qachon tan olmasdi.

Men esa uning bunday qobiliyatiga tan bermay ilojim yo’q edi. Bu ajoyib xususiyat edida. Uning harakatlaridagi xatoliklar sonining ko’pligiga qaramay (uning emas, mening nuqtai nazarim bilan qaraganda), u har doim to’p egallashga intilardi. Uning o’z kuchiga bo’lgan ishonchi hech qachon so’nmasdi. Lekin shuni tan olish kerakki, bunday xususiyat ko’plab futbolchilar va murabbiylarda mavjud. OAV bo’ladimi yoki muxlislarmi - kim bo’lishidan qat’iy nazar, jamoatning nigohi hattoki sen yashirinib turgan zirxni ham teshib o’tishga qodir.

Noyabr oyida biz tubga sho’ng’ib bo’lgan edik. Biz shahar derbisida «Meyn Roud»ga 1:3 hisobida mag’lubiyatga uchradik. Bu mag’lubiyat Gari Nevillning xatosi bilan bo’ldi. Chunki u to’pni o’tkazib yubordi va Shon Gouter «Siti»ning ikkinchi golini kiritayotgan paytda, Gari unga pozitsiya uchun kurashda yutkazib qo’ydi. Ushbu o’yindan so’ng men o’yinchilardan ularning kayfiyati haqida so’ray boshladim. Echinish xonasi, mag’lubiyatga uchralgan derbidan so’ng, borish mumkin bo’lgan eng yomon joylardan biri bo’lib tuyilardi. O’yindan oldin eski do’stim va «Siti»ning ashaddiy muxlisi bo’lgan Kit Pinner menga shunday dedi:

-Agar bu o’yin «Meyn Roud» tarixidagi so’nggi derbi bo’ladigan bo’lsa, o’yindan so’ng biror tetikroq ichimlik ichishga o’tirarmiz?

Uning muloyimlik bilan qilgan taklifidan so’ng men shunday deb javob berdim:
-G’alabaga erisha olsak albatta ichamiz.

Mag’lubiyatga uchraganimizdan so’ng avtobusga o’tirganimda, birdan telefonim jiringlab qoldi. Bu Penner edi.

-Qaerdasan endi? – deb so’radi. – Kelasanmi yoki yo’qmi?

-Jin ursin seni, - deb javob berdim. – Seni boshqa ko’rishni istamayman.

-Badbaxt omadsiz, - deb kuldi Pinner.

Bo’lar ish bo’ldi deb, undan xabar olgani uyiga bordim.

O’sha mavsumning oxirida Gari Nevill shunday dedi: «Biz yomon ahvolda qolgan edik va muxlislar bizni qattiq tanqid qiladilar deb qo’rqdim».

0.00%
Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.