Mualliflik bloglari

SER ALEKS FERGYUSON: 3 BOB / 2 QISM

Blog MANUTD

Aleks Fergyusonga 100 foiz o’xshaydigan insonlarni uchratganman. Mana masalan - Les Kershou, Djim Rayan va Deyv Bushell. Men Lesni 1987 yil olib kelganman va u mening eng muhim topilmam bo’lgan. Uni Bobbi Charltonning maslahatiga binoan ishga qo’yganman. Ingliz futboli haqida chuqur ma’lumotga ega bo’lmaganim sababli Bobbining maslahatlaridan ko’p foydalanardim. Uning maslahatlari bebaho edi. Les futbol maktabida ishlardi, Bobbi esa «Kristal Pelase»da skaut bo’lib ishlardi. Bundan tashqari u Jorj Grem va Terri Veneyblslar bilan ham ishlardi. Bobbining so’zlariga ko’ra, Les «Yunayted»da ishlaganidan boshi osmonda edi, shu sababli ham men uni ishga olgandim-da. Les hech qachon bir joyda o’tirmas va har doim yangi g’oyalar qidirish bilan ovora edi. U hattoki menga o’z skautlik topilmasi haqida xabar berish uchun yakshanba kuni tong saharda qo’ng’iroq qilishdan ham tap tortmasdi. Oradan bir soat o’tib esa Keti mendan shunday deb so’rardi:

- Sen hali ham gaplashyapsanmi?

Les gapirayotganda uning fikrini bo’lishga urinsam, u yanada tezroq gapira boshlardi. Qanaqa ishchi! U Manchester Universitetida ximiya professori edi. Deyv Bushell 15 yoshgacha bo’lgan bolalar maktab termasini boshqarardi, Jo Braun nafaqaga chiqqanida terma boshqaruvini men oldim. Jim Rayan men bilan 1991 yilgacha birga ishladi. Mayk Felan o’yinchi edi va keyinchalik mening yordamchimga aylandi. U 1995 yilda ketib, 2000 yil klubga murabbiy sifatida keldi. Sobiq futbolchi Pol MakGinness klubga o’tganimdan beri yonimda bo’lgan. U «Yunayted»ning sobiq murabbiyi va o’yinchisi Uilf MakGinnessining o’g’li edi. Men uni Akademiya murabbiy etib tayinladim.

Odatda bosh murabbiy yordamchilarini klubga o’zi bilan olib keladi va ular bir jamoa bo’lib ishlashadi. «Yunayted»da vaziyat boshqacharoq bo’ldi, chunki mening yordamchilarim yuqori malakaga ega bo’lganliklari sababli, boshqa klublarning nishoniga aylanishardi. Misol uchun yordamchim Archi Noksni 1991 yilda Kubok egalari kubogi sohibi finaliga ikki hafta qolganida «Reynjers» o’z tomoniga og’dirib oldi. U ketganidan so’ng men murabbiylar shtabini to’ldirish maqsadida Rotterdamdagi o’yinga o’zim bilan Brayan Uaytxausni olib ketdim.

Shundan so’ng o’zimga bosh yordamchi topishim kerak edi. O’shanda Nobbi Staylz bu o’ringa Brayan Kiddni olishimni maslahat bergandi. Brayan klubni yaxshi bilardi va «Yunayted»da mahalliy skautlar tizimini yo’lga qo’ygan edi. Bu Brayan amalga oshirgan ishlarning eng yaxshisi edi. Shuning uchun ham men Brayanni ishga oldim. U tez orada barcha o’yinchilar bilan til topishib, mashg’ulotlarni ham a’lo darajada olib bora boshladi. Kidd Italiyaning A seriyasi o’yinlariga borib, u erdagi o’yin uslubi va uning bizga foydali tomonlarini o’rganib keldi.

1998 yili u «Blekbern»ga ketishga qaror qilganida undan shunday deb so’radim:

- Fikrimcha, sen nimalar qilayotganingni yaxshi bilasan?

Agar yordamchilarim ketishsa, ular har doim mening qarorlarimni muhokama qilishardi:

- Bu haqda nima deb o’ylaysan?

Archi bilan bog’liq masalada men unga «Reynjers»dan tushayotgan taklifni to’xtatish uchun Martin Edvards bilan kelisha olmadim. Brayanga keladigan bo’lsak, uning murabbiylikni uddalay olishiga ko’zim etmasdi.

Stiv MakKlarenni esa murabbiylikni qoyilmaqom tarzda bajara olishiga hech qanday shubham yo’q edi. Shuning uchun men Stivga yaxshi bir klub va boshqaruv raisi topishni maslahat bergandim. Uni «Vest Xem» va «Sautgempton» klublari qo’lga kiritishni o’ylab yurgan bir paytda «Midlsbro» raisi Stiv Gibsondan taklif tushib qoldi. O’shanda mening unga bergan maslahatim qo’yidagicha bo’lgan: «Rozi bo’l». Brayan Robson klubdan haydalganiga qaramay, har doim klubning gullab yashnashi uchun o’z pullaridan kechishga tayyor turgan Stiv Gibson haqida iliq fikrlar bildirgan. Ular ajoyib mashg’ulot bazasiga ega edilar.

- Bu ish aynan sen uchun, - dedim Stivga.

Tashkilotchi, qattiq qo’l va har doim yangi g’oyalarni izlovchi Stiv, murrabiylik uchun yaratilgan inson edi. U har doim harakatda edi va ijobiy energiya bilan zaryadlangandi.
Yana bir kuch-qudrat va g’ayratga boy ishchilarimdan biri Karlush Keyrush edi. Oddiy qilib aytganda, insoniylik xislatiga ega bo’lgan ajoyib kishi! Biz yordamchi izlab janubiy yarim sharga borganimizda va Shimoliy Evropalik bo’lmagan murabbiyni izlaganimizda, menga zukko va zehni o’tkir Keyrushni olishni Endi Roksburg maslahat bergandi. Endi haq bo’lib chiqdi – Keyrush aynan biz izlayotgan murabbiy edi. U Janubiy Afrikada murabbiylik qilardi, shu sababli men Kvinton Forchunga qo’ng’iroq qilib, uning bu boradagi fikri bilan qiziqdim.

- U juda yaxshi murabbiy, - deb javob berdi Kvinton.

- Qanchalik darajada yaxshi?

- 100% yaxshi.

«Zo’r, - deb o’yladim. – Menga aynan shu kerak».

2002 yili Karlush Angliyaga barcha masalaga oydinlik kiritish uchun kelganida, men uni mashg’ulotlardan so’ng o’zimning sport kiyimimda kutib turardim. Karlushning o’ziga xos tarzda kiyinganini ko’rib, unda qandaydir muloyimlikni sezdim.

Menga unga darrov ish taklif qilganimdan hayratga tushdi. Keyrush «Manchester Yunayted» bosh murabbiyi yordamchisi nomiga boshqalardan ko’ra ko’proq loyiq edi. Keyrush esa o’z vazifasiga kirmaydigan yana bir nechta ishlarni ham o’z zimmasiga oldi.

- Siz bilan gaplashib olmoqchi edim, - deb qo’ng’iroq qildi. O’shanda 2002 yili men Frantsiya janubida dam olayotgan edim.

«Biror kor-hol bo’ldimi? Nima bo’ldi o’zi?

- Men faqatgina siz bilan gaplashib olsam bo’lgani, -deb takrorladi u.

Karlush Nitstsaga uchib kelganida men aeroportgacha taksi buyurtirdim va biz gaplashib olish uchun kichik qulayroq joy topdik.

- Menga madridning «Real» klubida ish taklif qilishdi, - dedi Keyrush.

- Men senga faqat ikkita gap aytaman. Birinchisi – rad javobini berish qo’lingdan kelmaydi, ikkinchisi – sen haqiqatdan ham yaxshi klubni tark etyapsan. Sen «Real»da bir yil ham ishlay olmaysan, «Yuventus»da esa butun umr qolishing mumkin.

- Men buni bilaman, - dedi Keyrush. – Men buni jiddiy taklif deb o’yladim.

- Karlush seni yo’lingdan qaytarishga hech qanday haqqim yo’q. Shunday qilgan taqdirimda, keyingi yili Chempionlar ligasini «Real» yutgudek bo’lsa, o’shanda shu klubga o’tsam bularkan deb afsus chekishing mumkin. Men senga faqatgina – bu ish haqiqiy bosh og’rig’i ekanligini aytishim mumkin, xolos.

Oradan uch oy o’tgach esa Karlush «Real»dan ketishni istab qoldi, men esa unga bunday qilmaslikni maslahat berdim. Men u bilan gaplashgani Ispaniyaga bordim. Tushlik ustida suhbatlashar ekanmiz, unga ketishdan oldin ishini oxirigacha etkazib, keyingi mavsumdan bizga qaytib kelishini aytdim.

O’sha yili Karlushning bizga qaytib kelishiga ishonchim komil edi. Shtabimga ikki ajoyib mutaxassis Jim Rayan va Mayk Felanlar kirib kelishdi, ammo ularning hech birini bosh yordamchi qilishga shoshilmayotgan edim. Karlush qo’ng’iroq qilishidan bir hafta oldin men Martin Yol bilan ish bo’yicha suhbatlashdim. Martin suhbatdan yaxshi o’tdi va unga bu o’rinni taklif etaman deb yurganimda Keyrush qo’ng’iroq qilib qoldi, shundan so’ng Martindan uzr so’rashimga to’g’ri keldi:

- Bu o’ringa mutaxassis tayinlashni kechiktiradigan bo’ldim.

Ammo men Yolga buning sababini tushuntirib bera olmasdim.

«Manchester Yunayted» klubi bosh murabbiyi yordamchisi lavozimi – bu nufuzli lavozim edi. Bu xuddi teatr avanstsenasidek gap. Ikkinchi marotaba Keyrush 2008 yili bizni tark etdi. O’shanda uning qalbida o’z ona yurti Portugaliga bo’lgan sog’inch uni bunday qarorga kelishga majbur etgandi. U juda yaxshi mutaxassis edi. Unda kelajakda «Yunayted»dek klubni boshqarish xususiyati bor edi. Ha, u hissiyotga berilgan inson edi, biroq Keyrush men ishlagan murabbiylar orasida eng yaxshisi edi. Keyrush haqiqatgo’y inson edi shu sababli u biror kishining yoniga kelib, bemalol – «menga u yoki bu narsa yoqmayapti» deb aytardi. Keyrush hattoki kabinetimga kirib, «biz mana bunday yo’l tutishimiz kerak» deb doskaga chizmalar chizib menga tushuntirardi.

- Yaxshi Karlush, biz aynan shunday qilamiz, - deb javob berguncha: «Men hozir bandman axir» deb o’ylardim ichimda.

Nima bo’lganda ham bu uning yaxshi xususiyatlaridan biri edi.

O’sha yili men iste’foga chiqish qarorimdan qaytdim. Peter Shmeyxel va Denis Irvin bizni tark etishlariga qaramay, jamoaning tarkibi juda kuchli edi. Irvin o’zi qanday o’yinchi edi! «To’qqizta murabbiydan sakkiz nafari Irvinni tanlashardi!» Epchil va chaqqon Irvin, vaziyatni tezda fahmlar va hech qachon pand bermasdi. OAVning hech biri uni yomonlamasdi. «Arsenal» bilan bo’ladigan o’yinlarning birida, Irvin Bergkampga o’yin so’nggida gol urishga yo’l qo’yib bergan va o’shanda barcha gazetalar: «Denis ko’ngilni qoldirdi» degan gaplar chiqqandi. O’shanda men bunga javoban Denis deyarli to’qqiz yildan beri men bilan birga ishlamoqda va shu davr mobaynida u hech qanday xatoga yo’l qo’ymagan, shu sababli uni kechirsa bo’ladi degan edim.

Eng qiyin vaziyat darvozabon bilan bog’liq edi. 1999 yili Shmeyxel «Sporting»ga ketib qolganida va «Yunayted» kurashda Van der Sarni qo’ldan boy berganida, bir kun kelib bizga ham yaxshi darvozabon tushib qolar deb umid bilan yashadim. Bizda Raymond Van der Gouv kabi sodiq murabbiy darvozabon bor edi, ammo u asosiy darvozabon darajasigacha ko’tarila olmadi. Uning so’zlariga ko’ra, Mark Bosnich professional bo’lmagan yomon darvozabon edi. Massimo Taibi esa shartta turdi-da Italiyaga ketib qoldi va u erda yangi faoliyat boshladi. Faben Bartez jahon chempionatida g’olib bo’lgandi, biroq negadir farzandli bo’lganidan so’ng darvozani tark etish odati orta bordi. Faben tezkor va yaxshi darvozabon edi, lekin darvozabon e’tiborlilikni yo’qota borsa, bu unga katta muammo olib kelishi mumkin.

Jamoa meni yaqinda ketadi deb o’ylab bor kuchi bilan o’yin ko’rsata boshladi. Mening taktikam shundan iboratki, har bir futbolchi o’yinga tayyor turib, bu so’nggi hayot-mamot o’yini kabi bor kuchi bilan harakat qilishi kerak edi. G’alabaga bo’lgan intilish, har bir o’yinda asosiy qo’rol bo’lishi lozim. Lekin men o’yinga bo’lgan e’tiborimni pasaytirdim, xayollarim boshqa narsalar bilan band edi va Aleks Fergyusonning o’rniga kim murabbiy bo’larkan degan fikrda yurardim. Bu tabiiy holat bo’lgani sababli har bir insonda jismoniy va aqliy toliqish bo’ladi. Shunday vaziyatda men o’zimga shunday derdim: «Baribir men kelasi yil bu erda bo’lmayman».

«Yunayted» har doim men bilan maslahat qilgan holda bir ishni boshlardi, shuning uchun ketganimdan so’ng keyinchalik nima bo’lishini hech kim bilmasdi. Mana shu bo’shliq katta xato edi. Men 2001 yilning oktyabrida barchasini tushunib etdim. O’sha kuzda mavsum tezroq tugashini istadim. Men mavsumdagi o’yinlardan zavq ololmayotgandim va o’zimni shunday deb urishardim: «Qari axmoq, nega sen shu g’alvani boshlading?»

Maydonda oldingi «Yunayted»dan asar qolmagandi. Kelajagim haqida shubhalana boshladim, chunki klubdan ketsam, bu erdagi muhitni va ishimni sog’inib qolardim-da.

2001-2002 yillardagi mavsum «qizil iblislar» uchun yaxshi mavsum bo’lmadi. Biz premer-ligada uchinchi o’rinni oldik va Chempionlar ligasi yarim finaligacha borib leverkuzenning «Bayer» klubiga yutqazib qo’ydik. Qarorimni o’zgartirgan o’sha yili, biz birorta ham sovrinni qo’lga kirita olmadik. Bunday holat esa chempionlikdan keyin uch yil ketma-ket sodir bo’laverdi!

Ushbu yozda biz Ruud van Nistelroyni va Xuan Sebastyan Veronni sotib olish uchun kattagina mablag’ sarfladik. Bundan tashqari, xatoga yo’l qo’yganini keyinchalik tan olgan Yaap Stam va Loran Blan ham klubga kelib qo’shilishdi. Blanni olishimdan maqsad, maydonda o’z tajribasini yosh futbolchilarga berishini istadim. Mavsum boshi shunisi bilan esda qolarli bo’ldiki, «Nyukasl»dan 3:4 hisobida mag’lubiyatga uchragan o’yinimizda, Roy Kin to’pni Alan Shirerga qarab uloqtirdi (bu harakati uchun chetlatilgan) va juda qiyin bo’lgan o’yinda ajoyib «kambek»ni amalga oshirgan holda 2001 yilning 29 noyabr kuni Din Richards, Les Ferdinand va Kristian Tsigelar yordamida «Tottenxem» ustidan 5:3 hisobida zafar quchdik.

0.00%
Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.