Mualliflik bloglari

SER ALEKS FERGYUSON: 2 BOB / 4 QISM

Blog MANUTD

...Bundan tashqari, «Sent-Mirren»da Frenk MakGarvi ham bor edi. Dam olish kunlarining birida «Fir Park» kubok o’yinidan ortimizdan 15000 muxlisni etaklab bordik, biroq 2:1 hisobida mag’lubiyatga uchradik. Hakamni noshud, qo’rqoq deganim uchun «Moteruell» bizni o’z maydonidan haydadi.

O’sha tunda menga do’stim Jon Donashi qo’ng’iroq qilib:

-Toming ketib qolmasligi uchun senga o’yin oldidan bu haqda gapirmoqchi emasdim-u, ammo juma kuni barda MakGarvini mast holatda ko’rdim.

- Men shu zahoti unga qo’ng’iroq qildim. Onasi go’shakni ko’tardi.

- Frenk uydami?

- Yo’q, - dedi u. – U shaharga chiqqandi, biror xabaringiz bo’lsa aytavering, etkazaman.

- Qaytib kelganida menga qo’ng’iroq qilishini ayting. Men uxlamay uning qo’ng’irog’ini kutaman.

Soat millari 11:45 ko’rsatib turgan bir paytda qo’g’iroq bo’ldi. Telefon go’shagini ko’targanimda pulli xizmat telefonlaridan keladigan tovush eshitilayotgan edi.

- Men uyda, -dedi Frenk.

- Biroq men pulli xizmat telefonlaridan keladigan tovushni eshitayapman.

- Ha, bizning uyda pulli xizmat aloqasi mavjud, - deb javob berdi u. U rost gapirgan bo’lsa ham so’zlariga ishongim kelmadi.

- Juma kuni kechqurun qaerda eding?

- Esimda yo’q.

- Men esa yaxshi eslayman – sen Vaterloodagi barda bo’lgansan. Sen butun umrga diskvalifikatsiya qilinding. Mashg’ulotga kelmasang ham bo’laveradi. Sen endilikda U-21 termasi a’zosi emassan. Bugundan boshlab umuman koptok tepmaysan, - deya go’shakni qo’ydim.

Keyingi kun ertalab Frenkning onasi qo’ng’iroq qilib:

- O’g’lim hech qachon ichmaydi. Siz uni birov bilan adashtirayapsiz!

- Men bunday deb o’ylamayman. Har bir ona o’z bolasi yonini olishini yaxshi bilaman, ammo siz undan yana bir bor yaxshilab so’rab ko’ring-chi.

Men uni uch haftaga jazoladim, jamoadagi o’yinchilar bu haqda bir-birlari bilan shivirlab gapirishardi.

Oldinda bizni liga doirasida «Klaydbank»ga qarshi hal qiluvchi o’yin kutib turgandi va men yordamchim Den Provanga bu o’yin uchun bizga Frenk kerak bo’lishini aytdim. Biz o’yindan oldin Peyslidagi munitsipal binoga kelib joylashdik. Keti bilan sayr qilib yurgan paytimda birdaniga oldimda Fenk chiqib qoldi.

- Menga so’nggi marotaba imkon bering, - dedi u.

Bu men kutgan vaziyat bo’ldi. Men Frenkni haydaganimdan so’ng klub oldida obro’yimni saqlagan holda uni jamoaga qanday olib kelish haqida bosh qotirib yurgandim, - u esa shundoq oldimda turib, jamoaga qaytib olishimni yolvorib so’rardi. Ketiga ozgina mensiz sayr qilishini iltimos qildim, o’zim esa Frenkka qattiq ovozda:

- Senga necha marotaba boshqa o’ynamaysan deb aytishim kerak. Chekkada turib kuzatib turgan Toni Fittspatrik uning yonini olib:

- Boss, unga yana bir imkon bering, men uning tarbiyasi bilan shug’ullanishga va’da beraman.

Mening yana bir yaxshi xususiyatlarimdan biri, to’g’ri qaror chiqara olishimda edi. Men maktab paytida o’z jamoamga bola tanlab olishdan ham qo’rqmasdim. O’sha paytda ham bolalarga maydonda – «Sen u erda o’ynaysan, sen esa bu erda» deya pozitsiya tanlab berardim. Mening birinchi murabbiylarimda bo’lgan Uilli Kanningem shunday degandi:

- Bilasanmi, sen odamning jig’iga tegasan.

- Bunga ishonchingiz komilmi? – taktikani muhokama qilayotgan payt so’radim undan.

- Jonimga tegib ketding, - deya javob qaytardi u.

Boshqa o’yinchilar murabbiy bilan o’rtamizda sodir bo’layotgan qarma-qarshilikka qarab, qachon uni bo’ysunmasligi uchun o’ldirisharkan deya kuzatib turishardi. Lekin bu ziddiyatlarning barchasi mening aniq qaror chiqarishimdan sodir bo’lardi. Menga bu qobiliyat qachon paydo bo’lganligini bilmayman-u, ammo yoshligimda jamoadagi o’yinchilarni joylashtirishda bosh tashkilotchi instruktor edim. Otam oddiy ishchi edi. Aqilli bo’lishiga qaramay, unda liderlik qobiliyati yo’q edi. Shu sababli bunday xususiyat menga ota-onamdan o’tmagan.

Yana bir xislatlarimdan biri yakkalikka bo’lgan intilish edi. 15 yoshimda Glazgodagi maktab jamoasida to’p surardim. Edinburgdagi jamoa ustidan g’alab qozongan kunimiz,-mening eng yaxshi kunlarimdan birida, otam menga kattaroq klub qiziqish bildirayotganini aytdi. Unga bergan javobim esa ikkalamizni ham hayratlantirdi:

- Men sayr qilmoqchiman va kinoga bormoqchiman.

- Senga nima bo’layapti o’zi? – deb so’radi otam.

Nega ekanligini o’zim ham bilmasam-da, lekin bu haqda eshitishni istamasdim. Haligacha o’shanda menga nima bo’lganini tushuna olmayman. Otam men bilan faxrlanardi, oyim esa «Axir bu xushxabar-ku o’g’lim» deya ashula aytib raqsga tushardi. Buvim esa xursandligidan sal bo’lmasa jinni bo’layozdi. Edinburglik yigitlarga gol urish yaxshi natija edi, ammo men o’z ichki dunyoimga qamalib olishni istadim.

«O’tgan» davr bilan «hozirgi» davr orasida juda katta vaqt oralig’i mavjud. Men 1986 yili «Yunayted»da ishlay boshlaganimda, Uilli MakFol «Nyukasl»da murabbiy bo’lib ishlardi. «Siti»ni Jimmi Frizzel boshqarardi, «Arsenal»ni esa Jorj Grem. Menga Jorjning insoniylik xislati yoqadi, u ajoyib do’st. Martin Edvards bilan shartnomam borasida muammo paydo bo’lgan yili direktorlar kengashi raisi ser Rolan Smit edi. Ba’zan aktsionerlik jamiyatlari qiyinchilik tug’dirib turardi va ushbu masalani echimi juda katta vaqt talab etardi. Ser Rolan menga Martin hamda klub huquqshunosi Moris Uotkins bilan Men oroliga borib, yangi shartnomam bilan bog’liq muammoni hal etib kelishimni aytdi.
Jorjning «Arsenal»dagi maoshi menikidan ikki barobar ko’p edi.

- Agar istasang, men senga o’z shartnomamni berishim mumkin, - degandi u o’shanda.

- Hazillashmayapsanmi?

Men oroliga Jorjning shartnomasi bilan bordim. Fikrimcha, Martin yaxshi rais edi. U kuchli inson edi. Uning birdan bir muammosi har bir «penni»ni o’ziniki deb hisoblar va senga o’zi xohlagancha maosh berardi. Nafaqat menga, balki hammaga shunday qilardi.

Men unga Jorjning shartnomasini ko’rsatganimda, Martin menga ishonmadi.

- Devid Deynga qo’ng’iroq qil, - deb taklif berdim.

U shunday ham qildi va tezda «Arsenal» raisi Devid Deynga qo’ng’iroq qildi. Devid esa Jorjning shartnomada ko’rsatilgan mablag’dan ancha kam maosh olishini aytdi. Bu qandaydir qalloblik edi, chunki hujjat Devidning qo’li bor edi-da! Agar Moris va Rolan Smit bo’lmaganida, o’sha kuniyoq bo’shab ketardim. Biroq shunday bo’lsa-da, men baribir ketishga juda yaqin turgandim.

Bu erda ham faoliyatim davomida o’tkazgan 39 yil kabi, katta ma’no yotibdi. Sen o’zingni har qanday vaziyatda ham himoya qila olishing kerak. Aks holda buning oqibati juda yomon bo’lishi mumkin.

0.00%
Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.