Mualliflik bloglari

SER ALEKS FERGYUSON: 2 BOB / 3 QISM

Blog MANUTD

Klub muxlislarining dushanba kuni ishga borib, dam olish kuni bo’lib o’tgan o’yin haqida jo’shqinlanib gapirishlari odatiy tusga kirdi.

2010 yilning yanvar oyida bir yigit menga shunday deb yozdi: «Sizga chipta uchun to’lagan 41 funtimni qaytara olasizmi? Menga ajoyib o’yin bo’ladi deb va’da berilgandi, biroq men bunga guvoh bo’lmadim. Balki pulimni qaytararsiz?». Men unga shunday deb javob qaytardim: «41 funtni mening yigirma yil mobaynida ishlab olgan foydamdan olasiz!»

Sen «Yuventus» va «Real»ga qarshi bo’lib o’tgan o’yinlar singari barcha katta-katta o’yinlarda g’alaba qozonishing mumkin, ammo albatta ushbu o’yindan qoniqish hosil qilmagan muxlisni uchratasan. Dunyoda yana shu kabi, o’z o’yini bilan ruhlantira oladigan jamoa bormikan?

Fikrimcha, keltirib o’tadigan gapim bilan barcha rozi bo’lsa kerak: «Old Trafford»da hech kim aldanmaydi. Bu erda hech kimga zerikarli bo’lmaydi. «Ba’zan janjallashib turgan ikki futbolchini ajratish paytida o’z jag’imdan musht eyishimga to’g’ri kelardi». Fergyuson avtobiografiyasining ikkinchi bo’limi.

Glazgodagi qon-qarindoshchilik rishtalari

Fergyusonlarning shotlandcha shiori shunday yangraydi: «Dulcius ex asperis», - «Hayot boshdan o’tkazilgan sinovlar bilan shirin» degan ma’noni bildiradi». Ushbu shior futboldagi faoliyatim davomida meni ruhlantirib kelgan. 1974 yili «Ist Sterlingshir»da ishlagan to’rt oydan boshlab, 2013 yil «Manchester Yunayted»da tugatilgan faoliyatimgacha haqiqiy hayot yo’lini bosib o’tdim. Jamoani boshqarishda davom etarkanman, yildan-yilga kuchayib raqiblarimizga imkon qoldirmayotganimizni his etib borardim.

Bundan bir necha yil oldin gazetada shunday maqola o’qidim: «Aleks Fergyuson - Govanalik bo’lishiga qaramay, hayotida katta natijalarga erishdi». Bunchalik haqoratomuz gapni birin marotaba o’qishim edi. Bilasizmi, mening sportda erishgan barcha natijalarim aynan Glazgoda tug’ilganim sababli qo’lga kiritilgan. Insonning kelib chiqish joyi - uning erishayotgan natijalariga hech qachon to’siq bo’la olmaydi. Agar siz bir insonning qanday qilib katta yutuqlarga erishayotganini bilishni istasangiz, uning ota-onasi haqida ko’proq ma’lumotga ega bo’lsangiz hamda u insonning qaerda tahsil olganini aniqlashtirsangiz bo’lgani. Ularning qaerdan kelib chiqishiga qaramay bir necha buyuk futbolchilarni tarbiyalaganman. O’sha futbolchilarning kelib chiqish joyi, ularni yuqori natijalarni qo’lga kiritishiga turtki bergan.

Faoliyatim davomida men haftasiga 6 funt uchun futbol o’ynaydigan «Ist Sterlingshir» jamoasidan tortib, Krishtianu Ronalduni 80 million funtga sotishgacha bo’lgan yo’lni bosib o’tganman. «Sent-Mirren»da yigitlar haftasiga 15 funtdan maosh olishardi va ustiga-ustak ularning klub bilan tuzgan shartnomasida to’liq bandlik belgilab qo’yilgan edi. «Aberdin»da ishlagan 8 yilim mobaynida maksimal maosh haftasiga 200 funt bo’lgan. O’shanda iqtisodiy sarf xarajatlar bilan mening ijroiya direktorim Dik Donald shug’ullanardi. Shunday qilib butun faoliyatim davomida o’yinchilarimning maoshi sekin-asta haftasiga 6 funtdan yiliga 6 million funtgacha ko’tarildi.

Yoshligimda spirtli ichimliklar sotiladigan pablarga ko’p kirardim. Hayotimdagi ilk tadbirkorlik faoliyatini, o’z kelajagimni moliyaviy jihatdan bexavotir qilish maqsadida kichik daromadimdan savdo litsenziyalarini sotib olishdan boshlaganman. Mana shunday pablardan biri Govan-roud va Peysli-roud-uest bo’lgan. Bu erda men turli xil odamlarning nimalar bilan shug’ullanib kelayotgani, qaysi yo’l bilan daromad ko’rayotgani va ularning bu boradagi yutuqlari to’g’risida bilib olganman. Ushbu ma’lumotlar esa meni o’zim bilmagan holda futboldagi tadbirkorlik ishimni boshlashga sabab bo’lgan.

Misol uchun men ishlaydigan pablarning birida «Uembli Klubi» tashkil etilgan. Klub a’zolari «Uembli»da Angliya va Shotlandiya terma jamoalari o’yinini tomosha qilish uchun ikin yil davomida pul yig’ib kelishgan. Ularni to’rt-besh kunga borib kelishlari uchun men yig’ilgan mablag’ni ikki barobarga oshirishim kerak edi. Chunki men o’yin kuni ularga qo’shilgan edim-da. Eng yaqin do’stim Billi o’yinga payshanba kuni borib, bir haftadan so’ng qaytardi. To’g’risini aytsam, uning bunday ko’pga qolib ketishi, oilasining noroziligiga sabab bo’lar edi.

Dam olish kulari «Uembli»da bo’lib o’tgan o’yindan so’ng payshanba kuni uyimga Billining xotini Anna qo’ng’iroq qildi.

- Keti, Aleksdan Billining qaerda ekanligini so’rab bera olasanmi, - deb so’radi xotinimdan.

Men unga Billi haqida hech nima bilmasligimni aytdim. Pabimdagi qiriq nafar mijoz Egizak-minoralardagi o’yinni tomosha qilish uchun ketgan ekan, biroq men bu haqda hech qanday ma’lumotga ega emasdim. Bundan tashqari Billining men bilan xayrlashmasdan ketganiga ajablandim ham. Ammo bir narsani ta’kidlab o’tmasdan ilojim yo’q. Men bilan tengdosh o’rta holdagi aholining ishchi qatlami, o’ziga xos guruh tuzib miriqib futbol o’yinlarini tomosha qilishni xush ko’rardi.

Meyn-stritdagi pab Glazgoning protestantlar yashaydigan eng katta tumanlaridan birida joylashgan edi. Shanba kuni xat tashuvchi Tem menga shunday dedi:

-Aleks, bolalar keyingi shanba kuni soat nechada ochilishing haqida so’rashmoqda. Biz Ardrossanda (bu g’arbiy qirg’oqda joylashgan joy) to’planishga qaror qildik. Avtobuslar ertalab soat 10 da jo’nab ketishadi, ammo o’shangacha barcha pablar ishlaydi. O’sha kuni sen ham ishlasang chakki bo’lmasdi.

To’g’risini aytsam, bu gap meni uyaltirib qo’ydi.

-Xo’p, unda nechada ochay? – deb so’radim.

-Ettida, - deb javob berdi Tem.

Men 6:15da otam, akam Martin va qo’limizda ishlaydigan kichkina barmen oldiga etib keldim. Biz ularning kelishiga katta tayyorgarlik ko’rdik, chunki o’shandan bir kun oldin Tem menga:

- Ko’p odam keladi shu sababli ichimliklardan ko’proq olib qo’y, - degandi.

Shunday qilib roppa-rosa 7:00 da pab ochildi. Bir necha daqiqadan so’ng bu erda odam gavjum bo’lib qoldi. Tartibni saqlash uchun kelgan politsiya xodimlari bir chekkada jim turishardi.

Soat millari 8:30ga etganida men ko’p ichimlik ichib mast ahvolga kelgandimki, bir yarim soat ichida bir nechta shishani bo’shatib qo’yibman. Otam esa bar oldida boshini chayqatib turardi. Oradan bir soat o’tgach, biz pabni bu erda qolgan boshqa mijozlar uchun tayyorlay boshladik. Gapning ochig’ini aytsam, ular ichib, butun pabni ostin-ustun qilib yuborishgan edi. Biroq shuncha vaqt o’tsa ham, ular haligacha mast holda edilar.

Pabda ishlash qiyin edi, shu sababli men 1978 yili bu ishni tugatishga qaror qildim. Bunga sabab esa «Aberdin»ni boshqarish menga katta vaqt qodirmayotgan edi. Ammo o’sha davrda boshimdan o’tkazgan sarguzashtlarim shunchalik ko’p ediki, ularni bitta nashrga joylab alohida kitob chiqarsa ham bo’ladi. Odatda pabga kelgan mijozlar shanba kuni ertalab o’z xotinlari bilan bu erda asrab qo’yish uchun qoldirib ketilgan maoshlarini olib ketishga kelishardi. Juma kuni kechqurun esa men har doimgidek o’zimni millioner kabi his etardim. Ba’zan seyfdagi buncha katta pulni ko’rib,bu pular kimniki – biznikimi yoki haqiqatdan ham boshqa birov qoldirib ketganmi degan savolga borardik. Shu sababli biz kechki seyfimizning xavfsizligini ta’minlashga harakat qilardik. Boshida Keti har doim pullarni gilam ustiga qo’yib birma-bir sanab chiqardi va o’zimizning kirim-chiqim ish daftarchasi bilan solishtirib boshqalarnikini ajratib qo’yardi. Shanba kuni ertalab esa odamlar kelib o’z pullarini olib ketishardi.

Nanismli bir ayol erining maoshini sinchkovlik bilan tekshirib turardi. Uning tilidan har bir oddiy ishchi kabi faqatgina la’nat so’zlarini eshitardingiz xolos.

- Sen bizlarni axmoq deb o’ylayapsanmi? – so’radi u mendan.

- Nima? – deb hayratdan yoqa ushlagancha, vaqt yutishga harakat qildim.

- Sen bizlarni hech nima bilmaydigan axmoq deb o’ylayapsanmi? Men sening ish daftarchangni ko’rmoqchiman.

- Hm, sizga mumkin emas, u hech kimga berilmaydi. Soliq hizmati xodimlari uni har hafta olib tekshirib turishadi, shu sababli uni sizga bera olishmasa kerak. Bundan tashqari, sizga uni ko’rish ta’qiqlanadi.

Nansalgina tinchlangan holda o’z eriga qarab shunday dedi:

- Shu gap rostmi?

- Aniq ayta olmayman, - deb javob berdi u.

Biroq bir necha daqiqadan so’ng ikki tomon ham tinchlandi.

- Agar erimning familiyasini daftarchangdan topib olsam, sizlar meni boshqa ko’rmaysiz, - dedi Nan.

Yoshligimda shunday irodali va ajoyib xarakterga ega insonlar orasida bo’lganim xotiramda abadiy qoladi. Albatta, ularning ba’zilari qahr-g’azabga ham to’la edilar. Bu ichkilik hayotidan bir lahza edi. Ba’zan muassasa ichida janjal chiqib qolsa, uni darrov bosdi-bosdi qilishga urinardik. Ba’zan esa janjallashib turgan ikki mijoz ajratish paytida, o’z jag’imdan musht eyishimga ham to’g’ri kelardi. Ortga nazar tashlab, o’sha davrning naqadar qimmatli bo’lganini tushunib etaman. Hayot teatridagi bu kabi ajoyib personajlar va hayotning qiziqarli va kulgiga boy tarzda o’tganini yodga olaman.

0.00%
Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.