Mualliflik bloglari

SER ALEKS FERGYUSON: 4 BOB / 2 QISM

Blog MANUTD

Ba’zan murabbiy o’z o’yinchilariga qaramay, jamoa muxlislar bilan samimiy bo’lishi kerak. Qilgan xatolari uchun muxlislar ko’z o’ngida o’yinchiga tanbeh berib, jamoada tartib borligi haqida darak bersang, jamoat oldida senda hech qanday muammo bo’lmaydi. Qilgan xatosini aniq ko’rsatib, uni yaxshi tomonga yo’naltirsang, jamoat orasida obro’y qozonasan. Ammo har birimiz, menejer bo’ladimi yoki murabbiylar shtabimi, o’yinchining xatosini o’zaro teng bo’lashardik.

Mana shunday javobgarlik bosimi ostida, biz o’yin uslubimizni o’zgartirdik. Biz to’pni qo’lga kiritganimizdayoq, uni boshqarib turmasdan oldinga etkazib berishga intildik. Tarkibimizda Roy Kindek to’pni uzoq muddat o’zida olib qolib, uni boshqara oladigan o’yinchi bor edi. Shuning uchun bu borada jamoamizda hech qanday muammo yo’q edi. U jamoada paydo bo’lgan kunidayoq, men murabbiylar shtabiga va o’yinchilarga shunday dedim:

-Bu yigitcha hech qachon to’pni raqibga berib qo’ymaydi.

-To’pni boshqarib turish – «Yunayted»ning ustun tomoni hisoblanadi. Ammo golsiz to’pni boshqarib turish, bu vaqtni bekorga sarflashdek gap. Mana shu gollar esa bizga juda zarur edi. Rud van Nistelroydek o’yinchiga to’pni etkazib bera olsang bo’lgani, ish pishdi deyaver. Uzoqdan tezkor yoki himoyachilar orasida to’p uzatishlar – bizning keskin tarzda taktikamizni o’zgartirishimiz shundan iborat edi.

Biz Diego Forlanni qanotga olib, yarim himoyada Veron, Skoulz va Kin bilan o’ynashga harakat qildik. Veron va Skoulz jarima maydonchasiga yorib kirishni juda qoyillatishardi. Bekxem o’ng qanotdan, Giggz esa chap qanotdan. Ularning ikkalasi ham juda mahoratli qanot yarim o’yinchilari edi. Hujumning hal qiluvchi so’nggi qismida esa - van Nistelroy turardi. Bekxem ham Skoulz ham mavsumda o’ntacha gol kiritib, to’purarlar jadvalining yuqori o’rinlarida borishardi.

Fil Nevill ham markazda yaxshi o’ynay olardi. Fil orzuyimdagi o’yinchi edi. U va Niki Batt mening eng yaqin ittifoqdoshim edi. Ular faqatgina - «Yunayted»da o’ynashni istashardi xolos. Ular hech qachon klubdan ketishni xayollariga keltirishmagan.

Ularni faqatgina doimiy zaxiraga mixlab qo’yish bilan yoki ikkinchi tarkibga o’tkazish bilan, ko’ngliga qattiq og’riq bera olish mumkin edi. Bu kabi o’yinchilar, ularga qanday ozor berishlariga qaramay, o’z faoliyatini klubiga sodiq qolgan holda, o’sha jamoada tugatishni afzal bilishadi. Buni boshqa birov tushinishi qiyin.

Bizga barqarorlik kerak bo’lgan vaziyatda Fil asosiy rolni o’ynardi. U juda ham tartib intizomli o’yinchi edi va men unga ba’zi bir o’yinchilar qatori:

-Fil, seni manashu tog’ cho’qqisiga chiqib, keyin pastga tushib, manabu daraxtni qo’latishingni xohlayman. – deya olishim mumkin edi.

U bo’lsa menga so’zsiz:

-Gap yo’q boss, arra qaerda ekanligini ko’rsatsangiz bo’lgani, - deb javob berardi.

Menda unga uxshagan o’yinchilar sanoqli edi. Fil jamoa uchun qo’lidan kelgan barcha ishni qilardi va har doim jamoa haqida o’ylardi. Agar Fil o’yinda g’alaba qozonish uchun unchalik ham katta rolni o’ynamagan bo’lsa ham, u baribir jamoa g’alabasi uchun xursand bo’lardi. Fikrimcha, Gari nega oldimga kelib, ukasining jamoadagi roli pasayishi haqida qanday fikrda ekanligimni so’ragani, endi tushunarli bo’ldi.

-Men nima qilishni bilmayapman. U ajoyib yigit, - dedim Gariga.

-Muammo ham shundada, - deb javob berdi Gari. – Uning o’zi oldingizga kelishni xohlamayapti.

Filga Garining dangalligi etishmas edi.

Men kichik Nevill bilan gaplashish uchun uni oldimga taklif etdim. U xotini Juli bilan birga keldi, lekin boshida men uni mashinada o’tirganini payqamadim.

-Keti, Julini uyga taklif qil, - dedim.

Ammo xotinim uni oldiga borganida, Juli tinmay ko’z yosh to’kayotgan edi.

-Biz «Yunayted»ni tark etishni xohlamaymiz, - dedi u. – Bizga klubning bir qismi bo’lish yoqadi.

Keti uni bir piyola choyga taklif etdi, biroq u uyga kirmadi. Fikrimcha, Juli erini uyaltirib qo’yishdan qo’rqdi shekilli.

Men Filga nima sababdan bunday yo’l tutayotganimni va uning jamoaga foyda keltirayotganiga qaramay, nega so’nggi paytlarda uning xizmatlaridan kam foydalanayotganimni tushuntirdim. U fikrimga qo’shildi va rozi bo’ldi. U menga bundan buyon klub, u siz oldinga qarab siljishi kerakligini aytdi. Men unga xotini bilan yaxshilab maslahat qilib, kelajagi xususida bir qarorga qilish uchun ta’til berdim.

Nevillar ketganida, Keti menga shunday dedi:

-Sen ularning ketishiga yo’l qo’ymaysanku axir, to’g’rimi? Bunday insonlarni o’yin qilish yaxshi emas.

-Keti, - dedim, - men uni foydasini ko’zlab shunday yo’l tutayapman axir, tushanayapsanmi? Bu ishlarning bari undan ko’ra menga ko’proq ozor berayapti.

Men uni juda arzon narxda, 3.6 million funt evaziga berib yubordim. U bu narxdan ikki marotaba ko’p turardi, chunki 5 ta pozitsiyada birdek o’ynay olardi – ikkita qanot himoyachisi yoki bo’lmasam yarim himoyaning xohlagan pozitsiyasida. «Everton»da Fil Jagelka va Jozef Yobo jarohat olgan paytda, u hattoki markaziy himoyada ham o’ynadi.

Niki Battni qo’yib yuborish ham qiyin bo’ldi, ammo u har doim o’z o’yiniga javob bera olardi. Niki tortinib o’tirmaydigan Gortonlik yigit edi. U haqiqiy erkak edi va hattoki o’z soyasi bilan ham urishib ketishga tayyor edi, shunday emasmi Niki?

U yonimga kelib to’g’ridan-to’g’ri:

-Nega men o’ynamayapman? – deyishga botina olardi.

Niki mana shunday inson edi. Menga uning bu xususiyati yoqardi va shu sababdan men ham unga:

-Niki o’ynamayotganingni sababi, Skoulz va Kin sendan ko’ra yaxshiroq o’ynayotganida, - deb ayta olardim.

Ba’zan safardagi o’yinda men uni Skoulzning o’rniga tushirardim. Mana masalan Chempionlar ligasi doirasida «Yuventus»ga qarshi bo’lgan o’yinda, men uni Skoulzning o’rniga tushurganman. O’shanda Pol ham Roy ham sariq kartochka bilan ogohlantirilgan edi va men final bahsini ularsiz o’tkazishni istamadim, lekin oxir-oqibat finalgacha etib bora olmadik. Batt jarohat olganida men uning o’rniga Skoulzni tushurdim. Bundan tashqari Pol ham ogohlantirilgan edi. So’ngra Battni 2 million funt evaziga «Nyukasl»ga sotib yubordim, o’shanda ajoyib kelishuvga erishgandik.

2002 yilning noyabr oyi oxiridan boshlab, bizga asta sekin omad kulib boqa boshladi va biz «Nyukasl» ustidan 5:3 hisobida zafar quchdik. O’zining dastlabki golini kiritish uchun, jamoamizda 27 ta o’yin o’tkazgan Diego Forlan, o’sha yagona hal qiluvchi golini «Makkabi»ga qarshi o’yinda penaltidan kiritdi. Ushbu gol esa bizga keyingi o’yinda «Liverpul» ustidan 2:1 g’alaba qozonishimiz uchun katta yordam berdi. Jeymi Karrager to’pni boshi bilan Eji Dudekka tashlab berdi, polshalik darvozabon esa uni qo’lidan chiqarib yubordi, shu vaziyatda raqib darvozaboni oldida turgan Forlan esa to’pni darvozaga joylab qo’ydi. Keyingi o’yinlarda biz «Arsenal»ni 2:0 hisobida va «Chelsi»ni 2:1 hisobida mag’lubiyatga uchratdik. Forlan «Chelsi»ga hal qiluvchi golni 93-daqiqada kiritdi.

O’sha yili qishda doimiy tarzda mashg’ulotlar olib bordik, ammo 2003 yilning fevralida Angliya Kubogi doirasida o’z maydonimizda «Arsenal»ga 0:2 hisobida mag’lub bo’ldik. Ushbu o’yinda Rayan Giggz bo’sh qolgan darvozaga to’pni kirita olmagandi. Chunki unga etkazib berilgan to’pni, Giggz o’ng oyog’i bilan darvozaga yo’naltirganida, to’p darvoza to’sini ustidan o’tib ketgan edi.

-Nima bo’ldi Giggz, - dedim. – Sen Angliya Kubogi tarixidagi eng chiroyli golni urganding, endi o’z kollektsiyangga eng chiroyli xatoni ham joylab qo’y.

Uning ortida hech kim yo’q edi va u o’sha to’p bilan to’g’ri darvozaga kirib borsa ham bo’lardi.

G’azabimni keltirgan ushbu o’yin, salbiy oqibatlarga ham olib keldi. O’sha o’yindan keyin 1992 yilgi Angliya Kubogini qo’lga kiritgan akademiya tarbiyalanuvchilaridan biri bilan munosabatlarimiz buzildi. Ushbu o’yinda maydonda barchamizga darmon bo’la oladigan o’yinchi ham bor edi, ammo uning harakatlari bizga foyda bermadi. Jahldan butsani tepganimda u to’g’ri borib Devid Bekxemga tegdi.

Angliya Kubogining finalida «Liverpul»dan mag’lubiyatga uchraganimizdan so’ng, oldinda bizni o’sha davrning yana bir eng muhim derbi o’yini kutib turgan edi. Faoliyatim oxirida «Lids Yunayted» unchalik ham kuchli raqib sanalmagan bo’lsada, biroq 2003 yilning bahorida u etarlicha jiddiy raqib bo’lgan edi. Nima bo’lganida ham biz o’sha o’yinni 2:1 hisobida yutdik. Shu sababli ular bilan bo’lgan raqobatimiz haqida ikki og’iz firk bildirib o’tmasam bo’lmaydi.

Manchesterda birinchi marotaba kelganimda, «Siti» bilan bo’ladigan derbi va Mersisayddagi qo’shnilarimiz «Liverpul» va «Everton»ga qarshi o’yinlar haqida ko’p eshitgan edim. Biroq men «Yunayted» va «Lids»ni bir-biriga qarshi bo’lgan ashaddiy raqiblar deb yurardim! Hali yoshlik davrimizdanoq Archi Noks bilan Birinchi divizion vakillari bo’lgan «Lids»ning «Kristal Pelas»ga qarshi o’yinlarini tomosha qilishga borardik.

Birinchi bo’lim 0:0 hisobida yakunlandi, ikkinchi bo’limda esa «Lids» mag’lubiyatga uchradi. O’yin tugashiga 20 daqiqa qolganida hakam qo’pollik uchun penalti belgilamadi. Shundan so’ng «Lids» muxlislari g’azabga kelib, yonuvchi moslamalarni maydonga uloqtira boshladi. Jahli chiqqan muxlislardan biri esa menga shunday dedi:

-Sen! Sen mankunianlik pastkash!

-Nega bunday qilishayapti Archi? – so’radim undan.

-O’zim ham tushunmayapman, - deb javob berdi.

Men styuard tomonga qaradim. Lidsdagi VIP-loja juda kichkina edi va muxlislar unga juda yaqin turishgandi. «Pelas» oldinga qarab bordi va gol kiritishga erishdi. Shundan so’ng esa olamon yanada jumbushga keldi. Archi ketishimiz kerakligini aytdi, ammo men qolishni iltimos qildim. «Pelas» ikkinchi golini kiritganida, muxlislardan biri menga qarata «Bovril» stakanini uloqtirdi. So’kinishlarga chidab bo’lmas edi.

-Kettik bu erdan, - dedim Archiga.

Bo’lib o’tgan voqeani keyinchalik kit-menedjeremiz Norman Devisga ham aytib berganman.

U shunday dedi:

-Men senga «Lids» haqida oldin ham gapirib bergan edim. Juda qo’pol.

-Bu qanday boshlandi o’zi?

-Hali oltmishinchi yillarida shunday bo’lgan! – deb javob berdi Norman.

«Lids»ning Jek ismli shveytsari bo’lardi. Biz «Roud»dan o’tib borayotganimizda avtobusimiz oldiga kelib, shahar jarchisi kabi shunday derdi:

-»Lids Yunayted»ning direktorlari, o’yinchilar va muxlislari nomidan «Elland Roud»ga xush kelibsizlar deyman!
Unga javoban men har doim «Bla-bla-bla, salom! – deb javob berardim.

1991 yilgi Lidsda bo’lib o’tgan Liga Kubogi yarim finalida jahldor muxlislarning boshlarida bolalarini ko’tarib kirganlarini ko’rdim. «Oqlar» tinmay darvozamiz tomon zarba berishdi, ammo o’yin tugashiga 2 daqiqa qolganida (o’shanda hisob 0:0 edi) Li Sharp darvoza tomon yugurib, gol urishga erishdi. Menga u 10 metrlik offsaydda qolib ketgandek tuyildi. Men maydonga chiqdim, Erik Xarrison zaxira o’rindig’ida o’tirgan edi. shuni aytib o’tishim kerakki, ko’pchilik meni Erikka juda o’xshatardi. Lids muxlislaridan biri bizni adashtirib, Erikka mushtlari bilan tashlandi. O’shanda yigit meni urayapman deb o’yladi shekilli. Bir tomondan muxlislar yugurib kelishdi va kichik janjal boshlandi. Nima bo’lganida ham «Elland»dagi tartibsiz muhitning menga yoqadigan tomonlari ham bor edi.

«Lids»ni Piter Ridsdeyl boshqarayotgan paytda, va uni klub prezidenti og’ir ahvolga solishidan avval, klubning «tushlari o’ngga aylanib borayotgan edi». Ular berayotgan maoshni eshitgach, boshimda qo’ng’iroq chalina boshlandi. Biz ularga Li Sharpni sotganimizda esa, unga maydondagi 35 ming muxlisning maoshi berilayotgan bo’lsa kerak deb o’ylardim.

Ular Alan Smit, Xarri Kyuell, Devid Bettilardan iborat yaxshigina jamoa shakllantirishgan edi. 1992 yili ular o’rtahol jamoa bilan chempionatda g’alaba qozonishdi. Ular bor kuchlarini berib harakat qilishdi. Jamoaning Govard Uilkinsondek ajoyib bosh murabbiyi bo’lardi! Oradan o’n yil o’tgach, ular «Derbi»dan Set Jonson degan bolani olishayotganini eshitdik. Ushanda yigit agenti bilan birga haftasiga 25 ming funtlik maosh so’raganida, «Lids» unga keyinchalik 40-45 ming funtga oshirish kelishuvi bilan, haftasiga 35 ming funt maosh taklif qilgan edi.

Klublar mana shu kabi xatolari ustida hech ishlashmaydida. O’yindagi g’alaba hissiyoti, seni asta-sekinlik bilan o’z domiga tortib boradi.

Bir kuni mahalliy tadbirkorlardan biri kelib, menga shunday degandi:

-Men «Birmingem Siti»ni sotib olishni o’ylab turgandim, bu haqda qanday fikrdasiz?

-Qo’lingda tavakkal qilib beradigan ortiqcha 100 million funting bo’lsa, unda olg’a – deb javob berdim unga.

-Yo’q-yo’q, - deb javob berdi u. – Menda faqatgina 11 million funt bor. O’shani ham kreditga olganman.

-Sen ularning maydonini ko’rganmisan o’zi? – deb so’radim. – Senga yangi maydon qurish uchun 60 million funt va «Siti»ni Premer-ligaga qaytarish uchun esa yana 40 million funt kerak bo’ladi.

Odamlar futbolga o’zlarining oddiy tadbirkorlik printsiplarini kiritishmoqchi bo’lishadi. Biroq bu tokarlik dasgohi ham nashriyot ham emas, - bu ta’sirchan insonlar guruhi. Farqi ham shunda.

Mavsumda bizni bir juft afsonaviy o’yin kutib turgandi. Ulardan birida biz «Liverpul» ustidan 4:0 hisobida g’alabaga erishdik. O’yin tugashiga besh daqiqa qolganida esa Sami Xyuyupya, Rud van Nistelroyga nisbatan qo’pollik ishlatgani uchun maydondan chetlatilgan edi. Ikkinchi o’yin Chempionlar ligasi doirasida «Real»ga qarshi bo’lib o’tdi. Birinchi o’yinda bizdan faqatgina Rud gol urishga erishgan edi. O’shanda Luish Figu va Raulning kiritgan ikkita goli, bizni «Old Trafford»da bo’ladigan o’yindan oldin 3:1 hisobida ortda qoldirayotgan edi. O’sha o’yinda Bekxemni zaxirada qoldirgan edim. Bu o’yinni Roman Abramovichning shaxsan o’zi kuzatayotgan edi. Bizning 4:3 hisobidagi g’alabamizdan va braziliyalik hujumchi Ronaldoning xet-trikidan ruhlangan Abramovich, «Chelsi»ni sotib olishga qaror qildi.

O’sha mavsumda biz lider jamoadan ikki ochkoga ortda qolayotgan edik. Shundan so’ng 2003 yilning mayida chempionatning so’nggi turida «Charlton»ni 4:1 hisobida mag’lub etib, chempionlik poygasiga qaytdik va hattoki boshqalardan sakkiz ochkoga o’zib ketishga ham erishdik. Van Nistelroyning xet-triki unga mavsumdagi gollari sonini 43 taga ko’paytirib olishga yordam berdi. Nazariy jihatdan «Arsenal» bizdan o’zib ketishi uchun «Lids»ni «Xayberi»da mag’lubiyatga uchratishi shart edi, ammo Mark Viduka bizning Yorkshirlik raqiblarimiz uchun so’nggi golni kiritib, bizga katta yordam qildi. So’nggi turda biz «Everton»ni 2:1 hisobida mag’lubiyatga uchratdik, Beks esa biz uchun o’zining so’nggi o’yinida, jarimadan gol urdi. Biz 11 yil ichida sakkiz marotaba chempionlikni qo’lga kiritdik. O’yinchilar qo’shiq aytib raqsga tushishardi: «Biz sovrinni o’zimizga qaytarib oldik».

Biz sovrinni qayta qo’lga kiritdik, ammo Bekxem bilan xayrlashdik.

0.00%
Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.