Mualliflik bloglari

SER ALEKS FERGYUSON: 5 BOB / 1 QISM

Blog MANUTD

Devid Bekxem butsalarini kiyib to’pni tepa boshlanidan beri, maydonda bor kuchidan foydalanishga qaror qilgan edi.

Biz u bilan birgalikda yozda faoliyatimizni yakunladik. Ammo Devid faolitini tugatishiga qaramay, uni evropaning ko’plab klublari o’z safida ko’rishni istayotgan edi, shu bilan birgalikda Bekxemda ham o’z qobiliyatini ko’rsatish uchun hali imkoniyat bor edi. Men «Manchester Yunayted»dan ketganim singari, u ham «PSJ»dan ketdi: o’z xohishidan kelib chiqqan holda albatta.

Ba’zan insonni biror narsani qattiq sevishini tushinishi uchun, undan o’sha narsani tortib olish kerak. Fikrimcha Bekxem «Los-Andjeles Gelaksi»ga ketganidan so’ng, Evropada faoliyatini davom ettira olmasligini tushungan edi. Beks avvalgi sport formasiga qaytish uchun o’z ustida juda ko’p ishladi va hattoki so’nggi paytlar «Yunayted»da olib borgan mashg’ulotidan ham ko’proq shug’ullandi.

Devid 2007 yilda madridning «Real» klubidan MLSga o’tayotganida, unda unchalik ham ko’p imkoniyat yo’q edi. O’ylashimcha, u Gollivudga yaqinroq bo’lib, keyinchalik o’z faolitini Gollivud bilan bog’lashga urundi. Amerika o’tish uchun unda futbol bilan bog’liq hech qanday sabab yo’q edi. U top-klublar va terma jamoada to’p surishdan bosh tortdi, biroq unda termaga kirish uchun katta imkoniyat bor edi. Beks esa faoliyatining bunday borayotganidan xafa ekanligini ko’rsatib qo’ydi. Devid o’zining futbol elitasidagi o’rniga qaytib kelish uchun ko’p harakat qildi.

Devid, Giggz va Skoulz ko’z o’ngimda ulg’ayganlari tufayli ularni o’z o’g’illarimdek ko’rardim. U 1991 yilning iyulida hali yoshgina bola bo’lgan paytidi «Yunayted»ga kelib qo’shilgan edi. Devid bir yilning ichida Niki Batt, Gari Nevill va Rayan Giggz qatorida Anliya yoshlar Kubogini qo’lga kiritib, «Klass-92»dan joy olishga erishdi. Devid «Yunayted»ning futbolkasida 394 ta o’yinda ishtirok etib, 85 ta gol kiritgan. U ushbu gollaridan birini «Uimbldon»ga qarshi o’yinda, maydonning yarmidan kiritgan edi. Aynan manashu gol uni butun jahonga tanilishi yordam berdi.

2013 yilning mayida «Manchester»dan ketganimda, Giggz va Skoulz klubda o’ynab yurishardi, ammo Devidning Ispaniyaga o’tganiga 10 yil bo’lgandi. 2003 yilning 18 iyunida chorshanba kuni fond birjasiga, Devidni madridning «Real» klubiga 24.5 million funt evaziga o’tganini e’lon qildik. O’shanda Devid 28 yoshda edi. Bu xabar tezda butun dunyoga tarqalib ketdi. Uning «Real»ga o’tishi klubimiz uchun eng muhim xabar bo’ldi.

Men Deviddan xafa emasman. U menga yoqadi. Fikrimcha u ajoyib yigit.

Men tarbiyalangan futbolchilar orasida faqatgina Devid, futboldan ko’ra mashhurlikni afzal ko’rdi. Maydondan tashqarida mashhurlikka erishish, – uning asosiy maqsadi shundan iborat edi. Xuddi shu holatga Ueyn Runining ham tushishiga salgina qoldi. Bekxemga shunday takliflar bo’lardiki, u tanlashga kelganda qattiq ikkkalanib qolardi. Devid futboldan oladigan maoshidan ko’ra, futboldan tashqarida ko’proq pul topar edi. Giggz ham shou-bizness bilan faol tarzda shug’ullansa bo’lardi, ammo bu uning uslubiga hech ham to’g’ri kelmas edi.

Devidning «Manchester Yunayted»dagi so’nggi mavsumi davomida, uning o’yin darajasi pasayganini sezdik. Bundan tashqari biz, Devidning agenti «Real» bilan muzokara olib borayotganini eshitib qoldik.

Barchaga shou-shuv bo’lgan mojaro 2003 yilning fevralida «Old Trafford»da «Arsenal»ga qarshi o’yinda yuz berdi. Bu o’yin Angliya Kubogining beshinchi bosqichi doirasida bo’lib o’tgan edi va biz ushbu o’yinda 0:2 hisobida mag’lubiyatga uchradik.

Devidning bu o’yindagi xatosi shundan iborat ediki, u himoyada keraklicha yaxshi o’yin ko’rsata olmadi. Devidning loqaydligi esa Silven Viltor tomnidan «Arsenal»ning ikkinchi golini kiritilishiga olib keldi. Silven undan anchagina uzoqda bo’lgan paytda, Devid asta-sekin o’z darvozasi tomon borayotgan edi. Devid har doimgidek maslahatlarimga befarqlik bilan qaradi. O’sha paytda Devid, raqib ortidan yugurib to’pni qaytirish, uning vazifasiga kirmasligini anglagandir. Biroq aynan to’pni raqibdan olib qo’yish - uni shuhratga etaklagan xususiyatlardan biri sanaladi. Oramizda 9 metrcha masofa bor edi. Devid janjallashayotgan paytda, men uning oldiga borib erda yotgan butsani tepib yubordim. Bittasi uning o’ng ko’zidan salgina teparoqqa tegdi. Albatta bunday holatda Devid menga tashlandi, ammo boshqa futbolchilar uni ushlab qolishdi.

-O’tir, - dedim. Qancha xohlasang bahslashishing mumkin, ammo jamoa bugun sen tufayli mag’lubiyatga uchradi.

Keyingi kuni menga unga o’yinning video tasmasini qo’yib berdim, ammo u o’z xatosini tan olmadi. Unga aytgan har bir gapimni eshitdi, biroq o’zi hech narsa demadi. Hattoki bitta so’z ham gapirmadi.

-Nima haqida gapirayotganimni tushunayapsanmi? Nega senga tanbeh berayapman? – deb so’radim. Lekin Devid bir og’iz ham gapirmadi.

Keyingi kuni bu voqea haqida barcha gazetalarda o’qish mumkin edi. Devidning boshiga taqqan matog’i, uning boshidagi jarohatini yanada ko’zga ko’rinarli qilib ko’rsatardi. O’sha kunlarda men rahbariyatga Devidning jamoadan ketishi kerakligini aytdim. Ular bunday gapni mendan birinchi marotaba eshitmayotgan edi. O’zini «Manchester Yunayted»ning murabbiyidan ustun qo’ygan klubning har bir o’yinchisi, bu jamoada o’ynamasligi kerak. Men har doim: «Murabbiy o’yinchilar orasida obro’yini yo’qotdimi, klubni yo’q deb hisoblayvering. O’sha kundan boshlab jamoani o’yinchilar boshqarishadi va klubni jar yoqasiga boshlab borishadi» deganman.

Devid o’zini Aleks Fergyusondan ustun qo’ydi. Buni aniq tushunib etdim. Fergyusonmi yoki oddiy santexnikmi, murabbiyning ismi hech qanday ahamiyati kasb etmaydi, - asosiysi o’sha insonning odamlar orasida obro’yi bo’lishi kerak. O’yinchilar murabbiyni boshqarmasliklari lozim. «Yunayted»da har doim murabbiy birinchi o’rinda turgan va keyinchalik ham shunday bo’ladi. Umuman olib aytadigan bo’lsak, Devid bunday harakati bilan o’zini jar yoqasiga olib keldi.

Chempionlar ligasi guruh bosqichidan birinchi o’rin bilan chiqib, qur’ada «Real»ga duch kelib qoldik. Fikrimcha Ispaniyada bo’lib o’tgan birinchi o’yinda, Devid faqatgina «Real» himoyachisi Roberto Karlos bilan ko’rishishini istadi xolos, shu sababli maydonda uni payqash qiyin bo’lib qoldi. «Bernabeu»dagi 1:3 hisobiga mag’lubiyatdan so’ng esa «Nyukasl»ga qarshi maydonga tushdik. Ammo Devid yaxshi sport formasi emasligini bahona qilib, o’yinda ishtirok etishni xohlamadi. Uning o’rniga Sulsherni tushirdim. 6:2 hisobida g’alaba qozongan o’yinimizda Sulsher ajoyib o’yin ko’rsatdi, Devid esa uning o’yinini chetdan turib kuzatdi xolos.

«Real»ga qarshi javob uchrashuvida Bekxemning o’rniga Sulsherni tushirishga qaror qildim. Mashg’ulotlar davomida o’yinchilar bosh bilan urish mashqini bajarayotganlarida, men Devidni yonimga chaqirib, uning o’rniga Oleni tushirishimni aytdim. U bo’lsa ensasini qotirgancha hech narsa demay ketib qoldi.

O’sha kuni maydonda dahshatli o’yin bo’lib o’tdi. Devid 63-daqiqada Veronning o’rniga zaxiradan maydonga tushdi va go’yoki «Old Trafford» muxlislari bilan xayrlashayotgandek o’yin namoyish etdi. O’yinning 85-daqiqasida u jarimadan g’alaba keltiruvchi golni kiritdi. Biz 4:3 hisobida g’alaba qozongan bo’lsakda, Ronaldoning ajoyib xet-triki va Ispaniyadagi mag’lubiyat bizni musobaqadan chiqib ketishimizga sabab bo’ldi.

Devid o’z rejasiga asosan omma e’tiboriga sazovor bo’lishni istadi. Bularning bari menga qarshi qilinayotgan psixologik xurujlarga o’xshab tuyilardi. Uning «Real»ga o’tishi ham yaqinlashib kelayotgan edi. Bizning ma’lumotlarga qaraganda, Devidning agenti «Madridliklar» bilan uchrashib bo’lgandi. «Real» klubi vakillari biz bilan birinchi marotaba may oyining o’rtalarida Premer-ligada mavsum tugaganida bog’lanishdi. Bizning ijroiya direktorimiz Piter Kenon, «Real»dan qo’ng’iroq qilishganini xabar berdi.

-Kutilganidek shunday bo’ldi, - deb javob berdim unga.

Biz Devidni 25 million funtga sotishni mo’ljjalab turgan edik. Piter qo’l telefonimga qo’ng’iroq qilganida men Frantsiyadagi restoranlarning birida Jim Sheridan bilan ovqatlanayotgan edim. Bu haqda hech kim xabar topmasligi uchun, restoran to’g’risida joylashgan Jimning uyiga borib, uy telefonidan gaplashishni ma’qul topdik.

-Yuqoriga chiqib, menikidan foydalansang bo’ladi, - dedi Jim.

Shunday ham qildim.

-25 million funt olmagunimizcha uni qo’yib yubormaymiz, - dedim Piterga.

Keyinchalik turli xil bonuslar bilan birgalikda 18 millionga sotishga kelishdik.

Umuman olib aytganda Devid jamoasini qo’ruq tashlab ketmadi. 2003 yilning 3 mayida biz «Charlton» ustidan 4:1 hisobida g’alabaga erishib, chempionlikni qo’lga kiritdik. U ushbu o’yinda gol kiritishga erishdi. Bundan tashqari u 11 may kuni bo’lib o’tgan «Everton»ga qarshi o’yinda ham gol urishga muvaffaq bo’ldi. Biz mavsumni 2:1 hisobidagi g’alaba bilan tugatdik. 18 metrlardan berilgan zarba bilan jarimani zarbasini ajoyib tarzda golga aylantirish, Devidning xayrlashuv so’ziga aylandi. O’sha o’yinda himoyamiz «Everton»ning yosh iste’dodli o’yinchisi Ueyn Runi tomonidan og’ir ahvolga solingan edi. Devid Premer-ligada g’alaba qozonishimizga katta yordam berdi, shu sababli uni «Gudison Park»ga qarshi o’yinda maydonga tushirishdan hech qanday ma’no yo’q edi.

Fikrimcha Bekxem o’sha davrda yuz berayotgan vaziyatni baholash bo’yicha, etarlicha ulg’ayib ulgurmagan edi. U bo’lib o’tgan voqealarni endigina tushinib etayapti. Hozirda u o’zini qo’lga olgan hayotda aniq maqsad ega bo’lgan insonga aylangan. Ammo o’shanda uning mashhurlik kasaliga chalingani menga yoqmagan edi.

Mana masalan bir kuni soat 3 lar atrofida Karringtondagi mashg’ulotlar bazasiga kelayotib, to’planib turgan bir nechta muxbirga ko’zim tushdi. Muxbirlardan tashqari chamasi yana 20 ta fotosuratchilar ham bor edi.

-Nima bo’layapti o’zi bu erda? – qiziqib so’radim.

-Bekxem yangi soch turmagini namoyish etayapti, - deb javob berdi kimdir.

Devid bosh kiyimda keldi. Kechki ovqatgacha u bosh kiyimini echmadi ham.

-Devid bosh kiyimingni echib qo’y, biz axir restorandamiz, - dedim. U rad etdi.

-Axmoq bo’lma, deb fikrimda mahkam turdim. – Echib qo’y!

Ammo u baribir o’z bilganidan qolmadi.

Undan juda xafa edim va lekin unga jarima solish qo’limdan kelmas edi. O’yinlarga borayotgan vaqtimizda qolgan futbolchilar ham bosh kiyim kiyishardi, biroq jamoa bilan kechki ovqat paytida bunday qilish hech qanday qoidamizga to’g’ri kelmas edi.

Keyingi kuni o’yindan oldin bo’ladigan mashg’ulotda, Devid hali ham o’sha bosh kiyimida yurgan edi.
-Devid, - dedim, - Bosh kiyimingni echib qo’ymasang maydonga tushmaysan. Sen bugun o’ynamaysan va umuman jamoani tark etasan.

Bekxem g’azablandi. U bosh kiyimini echganda, sochini kalta qilib kesganini ko’rdim.

-Shu xolosmi? Kalta qilib sochingni kesganing uchun shuncha g’alvani boshladingmi? – dedim.

Keyin bilishimcha, u bosh kiyimini maydonga tushayotgan paytida echmoqchi bo’lgan ekan.

Unga bo’lgan ishonchim qolmadi. U to’liq OAV va reklama agentlarining ta’siri ostiga tushib qolganini tushunib etdim.

0.00%
Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.