Mualliflik bloglari

SER ALEKS FERGYUSON: 6 BOB / 2 QISM

Blog MANUTD

O’tgan o’n yillikning ikkinchi yarmida Gari Nevill jarohat olishni boshlaganida, Vidich va Evra ko’nikish jarayonini boshlaridan o’tkazayotgan bir paytda, Ferdinand Edvin van der Sar bilan ajoyib juftlik hosil qilib, klubning asosiy himoya kuchiga aylanishgan edi. 2006 yildagi «Blekbern»ga qarshi o’yinda, uni hattoki markaziy yarim himoya pozitsiyasiga qo’ydim. Rio esa Robbi Sevejga qarshi yakka kurashda maydondan chetlatilgan edi.

Balki bu ba’zilarni hayratga solishi mumkin, lekin Pallister ham Riodek ajoyib o’yinchi edi. Ajablanarlisi shundaki, uning tezligi salgina yuqoriroq edi, ammo u faqatgina yugurishga qiziqardi. U har doim maydonda qanchalik kamroq vazifani bajarsa, shunchalik uzini yaxshi his etishi to’g’risi aytardi. Palli mashg’ulotlarni risoladagidek bajar olmasdi. Dastlabki 15 daqiqadan so’ng, u sekin-asta jarima maydonchamizni tark eta boshlardi. Men Brayan Kiddga qarab shunday derdim: «Palliga qara, u – so’lib borayapti».

Tan olaman usha vaziyatda uni o’z qo’llarim bilan o’ldirgim keldi!

Bir kuni Pallini klubning kechki ovqatiga olib bormoqchi bo’lib uyiga bordim. Uyga kirganimda stol ustida turgan katta «Kola» va bir nechta idishdagi shirinliklarga ko’zim tushdi. Buni narsalarni ko’rib, uning xotinidan so’radim:

-Xo’sh, bunisiga nima deysiz?

-Men hech narsa bilmayman, Boss men unga har doim takrorlayman, ammo u gapimga kirmaydi! – deb arz qildi.

Shu onda Pallining zinadan tushib kelayotgani eshitildi. U shirinliklarini tekshirayotganimni ko’rib, hattoki bular uniki emasdek xotinidan so’radi:

-Nega sen bularni sotib olding, Meri?

Men bunga javoban shunday dedim:

-Sen ochofat yalqovsan, senga jarima solaman!

Gari, Adonisdek bo’lmasada, ammo ajoyib o’yinchi va yaxshi yigit edi. U Rio kabi to’p uzatishlarni amalga oshirardi va xohlagan paytida o’z tezligini oshira olardi. Biz bilan o’tkazgan so’nggi mavsumida, u qosh qismidan jarohat oldi va qoshi yorilgani uning tashqi ko’rinishini buzayotganidan nolirdi. Palli o’zini Keri Grant deb hisoblardi.

Men Frants Bekkenbauerdek markaziy himoyada yaxshi harakatlanadigan, yaxshi hujum boshlay oladigan yoki golli to’p uzatishlarni amalga oshira oladigan markaziy himoyachi izlamadim. Tezlik va raqib o’yinni oldindan ko’ra bilish – zamonaviy futbolchi ega bo’lishi shart bo’lgan xususiyatlarga kiradi. Rioda shunday qobiliyat bo’lgani sababli, uni sotib oldim. U ajoyib himoyalanardi va hujum tashkil eta olardi. Himoya uning birinchi vazifasi bo’lsada, Rio o’yindan ruhlanib hujumlarni ham tashkillashtirib turardi.

Faoliyatim davomida Ferdinandning futboldan tashqari bizni xavotirga soladigan boshqa narsalar bilan ham shug’ullanib turishiga guvoh bo’lganman. Men unga har doim, uning boylarcha tushlik va kechki tadbirlar uyushtirishi haqida xabarlardan eshitaverish jonimga tekkanligini aytardim. «Senga bir gap aytaman: futbol sendan ko’ra ayyorroq. Uni aldashga urinsang, bu haqda hamma xabar topadi».

Biroz bo’shashib qolsang, darrov tublikka qarab sho’ng’iy boshlaysan. Kichkina klubda bu bilinmasligi mumkin, biroq «Manchester Yunayted»da senga 76 ming juft ko’z tikilib turganda ularni aldash qiyin bo’ladi. Agar futboldan tashqari shug’ullanayotgan ishlari uning professional faoliyatiga zarar etkazadigan bo’lsa, jamoada uzoq qolmasligi haqida Rioni ogohlantirdim.

Biroq to’g’risini aytaman Rio, men aytgan gaplardan to’g’ri xulosa chiqardi. Biz uning agenti va o’zi bilan, futboldan tashqari qilayotgan barcha ishlari haqida xabar berib turishi haqida kelishib oldik. Ferdinandni ovoz yozish kompaniyalari, kino, televideniya va hattoki jurnallar ham AQShga P Diddy – dan intervyu olishga taklif etishayotgan edi. Bu haqda xabar topgach, Rioni o’zidan so’radim:

- P Diddy senga markaziy himoyada yanada yaxshiroq o’ynashni o’rgatmoqchimi?

Riofutboldan tashqari yorqin hayotga ega bo’lgan birinchi futbolchi emasdi. Zamonaviy futbolchilarning ko’pchiligi yulduz sanalishadi. Bekxem kabi Rio ham shular qatoriga kirardi. Devidning futboldan tashqari erishgan barcha yutuqlarini – mo’jizaga qiyoslasa bo’ladi.

Lekin Rio hamma harakatlarini ham mashhurlikka erishish uchun qilmas edi. Misol uchun uning YuNISEF bilan hamkorlikda Afrikadagi nochor odamlar va yosh bolalarga yordam berishini yuqori baholamay bo’lmaydi. Biz faqatgina futbol uni shu darajada mashhur yulduz qilganini unutmasligini istardik xolos. Biroq ba’zilar buni unitib qo’yishdi.

Riohar doim futboldan so’ng nima bilan shug’ullanishi bo’yicha rejalar tuzib yurardi, bu albatta oqilona fikr. Men ham murabbiylik davrimda xuddi shu yo’lni bosib o’tganman. Ammo menga buning uchun P Diddy bilan uchrashishga hech ham to’g’ri kelmagan. «Faoliyatingni yakunlaganingdan so’ng, nimalar bilan shug’ullanmoqchisan?», degan savol har doim boshingda aylanib yuradi. Futbol hayotingdan ketganidan so’ng esa, katta bo’shliq paydo bo’ladi. Bugun Angliya Kubogi va Chempionlar ligasi finalida g’alaba qozonishing mumkin, biroq ertaga atrofingda yana jim-jitlik hukm sura boshlaydi. Manashu muammoni oldindan o’ylab, echimini topish kerak. Chunki keyinchalik ruhiyatingizda paydo bo’ladigan boshliqni hech qanday so’z to’ldira olmaydi. Professional futbolchilik faoliyatingizning ikkinchi qismi, birinchisi kabi yorqin bo’lmaydi. Ishonavering, - chempionlik uchun kurashdan oldin echinish xonasida sodir bo’ladigan hayajonni hech bir narsaga alishgiz kelmaydi.

Faoliyatim yakunida Rioning belidagi surunkali kasalligi bezovta qila boshladi. 2009 yilgi manchester derbisi o’yinining yozilgan tasmasini ko’ra turib, Kreyg Bellamining darvozamizga urgan golini muhokama qildik. O’sha o’yinda Ferdinand, ahvoli og’irlashgani sababli unga yakkama yakka kurashda yutkazib qo’ygan edi. Agar ushbu vaziyat ikki yil oldin bo’lganidami, Rio hech qanday qiyinchiliksiz Bellamidan to’pni olib qo’ygan bo’lardi. Boshqa bir misol, - Torres himoyachimizdan tezlik bilan o’tib ketib, darvozamizga gol urgan edi.

Rio, Fernandoni ofsaydda qoldirish uchun bir qadam oldinga tashlagan o’yin video tasmasining hammamiz birgalikda muhokama qildik. Bir yil avval esa u o’z xatosini to’g’rilay olardi. Ammo bu holatda Torres uni elkasi bilan turtib, gol kiritdi. Oldin Rioga nisbata hech kim bunday harakat qila olmasdi. Belidagi jarohat Rioning o’yiniga qattiq ta’sir qildi.

Rioboshqalardan o’zining yuqori tezligi bilan ajralib turardi. Bu uning ustun tomonlaridan biri edi. U jarohati tufayli butun qishni o’tkazib yubordi, biroq tuzalib safga qaytgach, 2009 yilgi «Old Trafford»da Liga Kubogi doirasida bo’lab o’tgan «Manchester Siti»ga qarshi o’yinni ajoyib o’tkazdi.

Faoliyatim so’ngida Rioning yoshini inobatga olib, o’yinini o’zgartirishni so’radim. Nazarimda Rio o’z imkoniyatlarini oshirish uchun hujumchidan bir yoki ikki metr orqaroqda turishi kerak edi. Besh yil oldin Rio hujumchilarni yamlamay yutardi. Hujumchi endigina darvoza tomon zarba beraman deb turganda, Ferdinand tezligini oshirgan holda, uning orqasidan kelib to’pni olib qo’yardi. Ammo keyinchalik Rio bu kabi o’yinlarni ko’rsata olmadi. Endi Rio jinoyat sodir etilishidan oldin jinoyat joyiga etib kelishi kerak edi.

U bir qarorga keldi va bundan hech ham xafa bo’lmadi. Men unga, uning yoshi hozirgi jismoniy jihatdan bajarayotgan yuklamalarga to’g’ri kelmasligini tushuntirdim. 2011-2012 mavsumlarini Rio juda zo’r o’tkazdi! Lekin Evro-2012 musobaqasida uning nomi Angliya terma jamoasi ro’yxatiga kiritilmagani, uni qattiq xafa qildi. Roy Xojson menda Rio Jon Terri bilan o’ynay olarmikan deb so’raganida, men: «To’g’risini aytsam men bilmayman, buni uning o’zidan so’rang» deb javob berganman.

Yana bir noxush holat, biz jamoa bilan aktsiyada ishtirok etib, «Kick it Out» yozuvidagi futbolkada maydonga tushishga kelishib olganimizda, Rio bu futbolkada maydonga tushishni istamaganida yuz berdi. Rio menga bu haqda avvalroq aytishi kerak, chunki u oldindan aktsiyaga qatnashishimizni yaxshi bilardi. Uning akasi Anton va Jon Terri o’rtasida rasizm ruhidagi kelishmovchilik borligi sababli, Professional futbolchilar assotsiatsiyasiga juda ko’p e’tirozlari borligini bilardim. Ammo «Chelsi» va «KPR» o’rtasidagi o’yinda, Terrini Anton Ferdinandga nisbatan aytgan rasizm ruhidagi gaplari uchun jazolashgan bo’lishgan edi.

Hakam Mark Xalsi Rioni rasizmga qarshi shiorlar yozilgan futbolkada maydonga tushmayotgani haqida xabar berganida, men ofisda o’tirgan edim. Men kit-menejerimiz Albert orqali Ferdinandga futbolkani kiyishini aytdim. Lekin Rio yana rad etdi.

Tanbehlarimni eshitib jim turdi, biroq o’yindan so’ng Assotsiatsiya rasizmga qarshi kurashish uchun etarlicha harakat qilmayotganini ta’kidladi. So’ng men shunday yo’l tutdim: agar rasizmga qarshi yozilgan shior ostidagi futbolkani kiymasang, antirasizm harakatini qo’llamagan bo’lasan. Assotsiatsiyaning muammolarini esa uning o’zi bilan hal etish kerak. Uning qaror esa jamoani hayratga soldi.

Qanday qilib bir inson ikkinchisini, terisining rangi uchun shunchalik yomon ko’rishi mumkinligini haligacha tushuna olmayman.

0.00%
Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.