Mualliflik bloglari

SER ALEKS FERGYUSON: 7 BOB / 3 QISM

Blog MANUTD

Ba’zida biror yaxshi o’yinchini qo’ldan chiqarib, o’rniga undan hech ham qolishmaydigan yana bir yaxshi o’yinchini olishingiz mumkin. O’z vaqtida biz Pol Gaskoynni qo’ldan chiqarganmiz, lekin uning o’rniga Insni sotib olganmiz. Biz Alan Shirerni klubga olib kela olmadik, biroq uning o’rniga «Lids»dan Erik Kantona safimizga qo’shildi.

«Yunayted» har doim izlanishda bo’ladi. Jamoani tark etgan biror tajribali o’yinchi o’rniga, uning o’rnini bosa oladigan yosh va iste’dodli futbolchi har doim ro’yxatimizda topiladi. Kantona safimizga qo’shilganda 26 yoshda edi. Biroq men odatda yoshroq o’yinchi izlashga urinardim. Masalan Ueyn Runi va Krishtianu Ronaldu klubga o’smirlik davrida kelishgan edi. 2006 yildan boshlab, jamoadagi katta yoshdagi futbolchilar muammosi bilan shug’ullana boshladik. Chunki ularning yoshi o’tgan sayin, sport formasidan chiqishi aniq edi.

«Yunayted»ning afsonaviy o’yinchilari - Endi Koul, Duayt York va Teddi Sheringemlarning, yoshi o’tib, avvalgi sport formalarini yoqota borishdi. Shu sababli klubda skautlarning roli osha bordi. Yuqori tajribaga ega bo’lgan skautlarga esa talab ortdi va men har doim: «Ushbu vazifani uddalay oladigan biror kimsa bormi o’zi?» degan savollar berardim.

2002 yilgi jahon chempionatida Braziliya terma jamoasi safida o’zini ko’rsata olgani uchun Klebersonni safimizga qo’shib oldik. Biz u bilan shartnoma imzolab bo’lganda esa, u hali beri o’z mamlakatida to’p surib yurardi. Shosha-pisha sotib olingan o’yinchilar qanday oqibatlarga olib kelishiga – Kleberson yaqqol misol bo’la oladi. Biz kelajakda Roy Kinning o’rnini bosa oladigan o’yinchini izlar edik. O’shanda klub Vieyraga duch kelgan edi. O’yinchining naqadar buyuk eganligini bilishni istasangiz, buni boshqa klub muxlislarining o’sha futbolchini maydondagi harakatlariga qarab baqirishlaridan bilib olsangiz bo’ladi. Raqib muxlislari haqoratomus gaplari bilan har doim Patrikni asabini buzishga urinishardi. Bu esa muxlislarning Patrikdan qo’rqishlaridan dalolat beradi. Alan Shirer ham xuddi shunday o’yinchi edi. Muxlislar har doim uni qanaqadir nojo’ya so’zlar bilan sindirishga urinishardi.
Kleberson iste’dodli o’yinchi edi. Biroq bo’lib o’tgan voqealar, yangi o’yinchilarni sinchkovlik bilan tekshirib, o’tmishi haqida ma’lumotga ega bo’lgandan so’ng, jamoaga taklif etishga undadi. Braziliyalik o’yinchining transferi juda oson kechdi. O’shanda xatolik yuz berganini sezgan edim. Kleberson klub safiga kelib qo’shilganida, 17 yoshli xotini borligi bilib olganmiz. O’shanda uning o’zi 23 yoshda edi. Uning xotini o’zi bilan butun oilasini boshlab kelgan edi. Portugaliyaga uyushtiriladigan mavsum oldi turnedan oldin, jamoa o’yinchilari nonushtaga taklif etilgandi. Biroq Kleberson o’zi bilan qaynotasini ham olib keldi. U klubdagi tartib-intizomga amal qilmas edi. Kleberson yaxshi yigit edi, ammo ingliz tilini o’rganishga qunt qilmadi.

U o’yinlarda yuqori texnikaga va katta bosimlarga bardosh bera olishini namoyish etsada, ammo o’z o’yinini ko’rsata olmadi. Balki bu uning termada noto’g’ri pozitsiyada o’ynaganidan bo’lsa kerak. Chunki biz uni klubda boshqa pozitsiyaga qo’yardik. Kleberson terma safida to’rt himoyachi oldida turardi va Roberto Karlos yoki Kafu hujumga o’tganida, ularni o’rniga himoyaga qarashardi.

Shu kabi muammolarni echimini tezda topishga urunsangiz xatoga yo’l qo’yishingiz tayin. Nomzodlarni yillar davomida tekshirish, kuzatish va ular haqida etarlicha ma’lumot to’plagandan so’nggina, ular orasidan eng yaxshi o’yinchilarni saralab olganmiz. Barchasi oldindan o’ylangan maxsus reja asosida amalga oshirilgan. Krishtianu Ronalduni olishdan oldin, biz u haqda kerak bo’lgan barcha ma’lumotlarni olgandan so’ng, jamoaga olib kelganmiz. Bundan tashqari Runini 14 va 16 yoshida klubga olib kelish maqsadida, uni uzoq muddat kuzatganmiz. Oxir oqibat Runi 17 yoshida klubimizga keldi. Ishlab chiqilgan reja asosida Runini safimizga qo’shib olish uchun, bosqichma-bosqich qadam tashladik – u biz uchun birinchi o’rinda turardi. Bu bizning skautlar tizimimiz yaxshi ishlaganiga yaqqol misol bo’la oladi. Veron, Kleberson va shunga o’xshash bir nechta futbolchining sotib olinishi esa, puxta o’ylanmagan reja asosida amalga oshirilgan edi. Biz vahimaga tushmasdik, biroq qadamimizni o’ylamay bosish oqibatida xatolarga yo’l qo’yardik.

Shoshma-shosharlik bilan xarid qilingan futbolchilarimizdan biri, Jemba-Jemba edi. Jemba-Jemba, uni etarlicha mashhur o’yinchi deb hisoblamaydigan OAV bosimi ostida, jamoaga kirishib keta olmadi. OAV doimo mashhur ismlarni xush ko’rgan, unchalik ko’zga tashlanmaydigan futbolchilarni esa sinchkovlik bilan kuzatishgan. Avvalida muxbirlar Veronni sevib, Kleberson va Jemba-Jembaga sovuq munosabatda bo’lishgan. David Bellon yosh edi va biz uni kelajakda ajoyib o’yinchi qilib tarbiyalamoqchi edik. U juda ham tezkor edi! David xushbichim va uyatchan yigit edi. U «Sanderlend»da to’p surardi va bizga qarshi o’yinda zaxiridan maydonga tushib, «Yunayted»ni bo’laklarga bo’lib tashladi. O’sha o’yindan so’ng biz David bilan darrov qiziqa boshladik, chunki uning «qora mushuklar» bilan tuzgan shartnomasi nihoyalab borayotgan edi. Agar biz uni yanada sinchkovlik bilan o’rganmaganimizda, Devidning juda yopiq va uyatchan yigit ekanini tushunib etgan bo’lardik.

Biz Bellonni «Nitstsa»ga bir million evro evaziga sotib yubordik va keyinchalik futbolchining «Bordo»ga o’tishi oqibatida yana biroz pul ishlab oldik. Davidga kelajakda asosiy tarkibning bir qismiga aylanishi mumkin bo’lgan o’yinchi sifatida qaralmasdi, - u faqatgina yaxshiga narx evazida jamoani to’ldirib turuvchi vosita edi xolos.
Bizga suv va havodek zarur bo’lgan Ronaldu va Runini jamoaga qo’shilishi, klubda tub burilish yasadi. Ular o’yin taqdirini yakka o’zi o’zgartira oladigan va bizning talablarimizga to’liq javob beradigan haqiqiy etakchilar edi. 2006 yilning yanvarida Patris Evra va Nemanya Vidichning sotib olinishi ham asosiy voqealardan biri bo’ldi. Vidichning mard va qat’iyatli ekanini birinchi ko’rishdayoq sezganmiz. Nemanya to’pni olib qo’yish uchun qattiq kurashardi, va aksariyat hollarda ikkinchi qavatda ham ustunlikka erishardi. Unda ingliz markaziy himoyachisi ega bo’lishi kerak bo’lgan barcha xususiyat bor edi. Vida noyabrdan boshlab - Rossiya chempionatida mavsum tugaganidan so’ng o’ynamadi. «Blekbern»ga qarshi birinchi o’yinda, u sal bo’lmasa o’pkasidan ayrilib qolay dedi. Gap shundaki, Vidich biz bilan mavsum oldi mashg’ulotlarda qatnashmagan edi.

Oldin Denis Irvin o’ynagan chap qanot himoyasida, biroz vaqt Gabriel Xayntsedan foydalanib turdik, ammo keyinchalik bu pozitsiyada Patris Evra o’ynay boshladi. Patris, Chempionlar ligasi finaligacha etib borib, «Portu»ga yutqazib qo’ygan «Monako»ning asosiy chap qanot himoyachisi edi.

Qanot himoyachilarini izlash – noyob qushlarni ov qilish bilan barobar. Evrani uchratgan vaqtimizda, u yarim himoyada o’ynardi va o’zining tezligi bilan boshqalardan ajralib turardi. Bundan tashqari Evra vaqt o’tishi bilan qanot himoyachisi sifatida qayta tarbiyalab bo’ladigan yosh yigitcha edi. Biz uni hujumda ham yaxshi o’ynay olishini bilganmiz. Evra tezkor, yuqori texnikali va qat’iyatli futbolchi edi. Xayntse bo’lsa o’z buvisini ham ayamaydigan shavqatsiz o’yinchi edi. U tabiatan g’oliblikka intiluvchi futbolchi edi va markaziy himoyada yaxshi o’yin ko’rsata olardi. Bu ikki futbolchini tanlab adashmaganmiz.

«Yunayted» muxlislari Patrisning klubdagi birinchi o’yinini yaxshi eslashsa kerak. O’shanda Patris Manchester derbisi doirasida «Istlends»ga qarshi o’yinda pand berib qo’ygan edi. Uning ko’zlaridan esa: «Men bu erda nima qilayapman o’zi?» degan savolni ilg’ab olish qiyin emasdi. Biroq vaqt o’tgan sayin Evra jamoaga ko’nikib ketdi va liganing eng yaxshi chap qanot himoyachisiga aylandi. Biroz vaqt o’tgach Xayntse meni shubhalantira boshladi. Men uni qulay vaqt topib klubni tark etadi degan xayolga bordim. Jamoada bir yil to’p surgach esa argentinalik o’yinchi haqiqatdan ham klubdan ketish istagini bildirdi. O’sha paytda bizni «Vilyarreal»ga qarshi o’yin kutib turgan edi va barchamiz Valensiyadan unchalik uzoq bo’lmagan majmuada joylashdik. Oldimga uning agenti kelib, Xayntse klubni tark etmoqchiligini aytdi.

Keyingi kuni barchasi tubdan o’zgarib ketdi – Xayntse tizzasidan jarohat oldi. Uni tezroq sog’ayib ketishi uchun qo’limizdan kelgan barcha ishni qildik. Hattoki klub unga Ispaniyada tiklanish muolajalarini o’tkazish uchun ruxsat berdi. U Ispaniyada olti oy davolandi va faqatgina bitta o’yin o’tkazish uchun qaytib keldi. Biz haqiqatdan ham unga qo’limizdan kelgancha yordamlashdik, ammo argentinalik futboli tuzalib qaytgach eski iltimoslari va yangi takliflar masalasini qayta ko’tardi. Jarohatidan to’liq tuzalganidan so’ng, Xayntse agenti bilan birgalikda Devid Gillning huzuriga bordi. Maslahatlashgach Gabriel klubni tark etsa ikkala tomonga ham yaxshi bo’ladi degan qarorga keldik. Uni 9 million funtga qo’yib yuborishga kelishdik. Shundan so’ng Xayntse darrov «Liverpul» bilan bog’landi, va o’z navbatida ular ham uni olishga rozi bo’lishdi.

Gabrielga oldindan «Manchester Yunayted» tarixan «qizillar» bilan o’yinchi oldi-berdi qilmasligi haqida ma’lum qilgandik. Xayntsening maslahatchilari esa da’vo arizasi bilan Premer-liga vakillariga murojaat qilishdi. Londonda ko’rib chiqilgan ish, biz tomonga hal etildi.

Jarayon mobaynida «Kristal Pelas» klubining kengash vakili Devid Gillga qo’ng’iroq qilib, keyinchalik argentinalik futbolchini «Liverpul»ga sotib yuborish sharti bilan jamoaga olishni so’raganini aytgan. Biz esa bu ma’lumotni unga qarshi dalil sifatida ishlatdik. Biz ushbu jarayonda g’olib chiqdik va keyinchalik uni madridning «Real» klubiga sotib yubordik. Gabriel va uning yordamchilari o’z joylariga qaytib kelishdi. Xayntse «PSJ»ga o’tishidan oldin ham ikkita ispan klubida to’p surgan edi. Biz esa uni parijliklardan sotib olgandik.

2004 yilning may oyida 7 million funt evaziga Alan Smitni jamoaga olib keldik. O’sha paytda «Lids» iqtisodiy tang ahvolda qolgani sababli, Devid Gill Alanni 5 million funtga sotib olishimiz mumkinligi ma’lum qildi. Smit menga har doim yoqqan. U hayotda o’z o’rniga ega bo’lgan ajoyib xarakterdagi inson edi. Alan o’ng qanotda, markaziy yarim himoyada yoki markaziy hujumda o’ynay oladigan haqiqiy universal futbolchi edi. Smit buyuk hujumchi bo’lmasada, jamoaga katta foyda keltirish bilan har tomonlama Mark Xyuzga o’xshab ketardi. Keyinchalik biz uni «Nyukasl»ga 6 million funtga sotib yubordik. Alan o’z ishini chin ko’ngildan bajarardi va ko’plab esda qolarli uchrashuvlarda ishtirok etdi. O’sha mudhish jarohat haqida gapiradigan bo’lsak, umrimda bunaqa dahshatli voqeaga guvoh bo’lmagan edim. Alan muolaja stolida yotganida uning oldiga borishga shoshilganim hali ham esimda. Liverpullik shifokor o’z ishini a’lo darajada bajardi va birinchi tibbiy yordam sifatida unga tezda og’riq qoldiruvchi dori berdi.

Alanning oyoq suyaklari ikkiga bo’lingan edi. O’sha erda men bilan birga bo’lgan Bobbi Charlton esa hayratdan yoqa ushladi. Alan esa ko’zlariga ishonmay shok holatida qolgan edi. Men ukoldan juda qo’rqardim. Ninani ko’rganda qochishga joy topa olmasdim. Bir kuni Glazgodagi pab klubimda, kegni o’zgartirmoqchi bo’lib nasos shtangasini ko’tardim va o’sha paytda elkamga kalamush sakrab chiqdi. Uni ustimdan olib tashlashga uringanimda shtanganing uchli qismi yuzimga kirib qoldi. O’sha voqeadan so’ng, haligacha yuzimdagi ushbu chandiq izini ko’rsa bo’ladi. Yuzimga tegishga qo’rqib, yaqindagi kasalxonaga etib borish uchun bir necha chaqrim yo’l bosib o’tdim. Hamshira uni yuzimdan tortib olib, og’riqni qoldirish uchun ukolni qo’liga olganida, hushimdan ketib qolganman.

Hamshira menga qarab:

-Mana bo’lmasam: «Reynjers» klubining baquvvat markaziy hujumchisi ukolni ko’rganida hushidan ketib qolsaya! – dedi

O’sha paytdagi ahvolimni eslab, Alanning og’ir jarohati, unga qanchalik azob berayotganini tushunganman. Alanning ustun tomoni, jasur inson ekanligida edi.

U o’z ishini oxirigacha bajaradigan haqiqiy professional o’yinchi edi. Top-klublarda yuqori daraja o’yin ko’rsatish uchun unga faqatgina ijro mahorati etishmasdi xolos. Bizga «Nyukasl»dan taklif tushganida esa uni qo’yib yubormasdan ilojimiz yo’q edi.

Oxirida biz undan tayanch nuqta o’yinchisi sifatida foydalandik. U to’p uchun yaxshi kurashardi, biroq u haqiqiy tayanch yarim himoyachisi vazifasini bajara olmasdi. U to’p uchun kurasha oladigan oddiy yarim himoyachi edi xolos. Alan ba’zan hujumchi vazifasini bajarganda, raqib himoyachilarining ko’proq ter to’kishlariga to’g’ri kelardi. Ammo Kinning o’rnini bosa oladigan o’yinchi izlash jarayonida, bizga ochiq qolgan joylarni yopa oladigan o’yinchi topish talab etilardi. Avval ushbu vazifani Ouen Xargrivz ajoyib tarzda bajardi. Alan bu pozitsiyada o’ynay olmasdi, lekin u jamoamizda o’ynashni istaydigan yaxshi va halol futbolchi edi. Unga etarlicha o’yin vaqti ajrata berolmasligimni tushuntirish uchun uzoq vaqt kerak bo’ldi. Jamoa esa oldinga intilishi shart edi.

2004 yili yanvarda «Fulxemdan» Lui Saani sotib olib, yana bir muhim xaridni amalga oshirdik. Saani butun faoliyati davomida, jamoaga va o’yinchining o’ziga salbiy ta’sir qilgan jarohatlarning keti uzilmadi. Biz uni hali «Metts»da o’ynab yurgan paytlaridayoq kuzata boshlagandik. Skautlar menga, yaqin orada bu o’yinchi katta klublar e’tiborini torta boshlashi haqida xabar berishdi. Keyinchalik u «Fulxem»ga o’tdi va bizga qarshi deyarli barcha bahslarda «yorqin» o’yin ko’rsatdi. Angliya Kubogi doirasida «Kreyven Kottej»da bo’lib o’tgan o’yinda, Saa Ues Braunni maydon markazida aldab o’tib darvozamiz tomon yugurdi va ortga qarab to’p uzatdi. Ushbu to’p uzatish esa gol bilan yakunlandi. O’shandan beri unga qattiq qiziqib kuzata boshladik va yanvarda Saani sotib olishga qaror qildik.
«Fulxem» xo’jayini Muhammad Al-Fayed bilan kechadigan muzokaralar har doim nozik va qiyin bo’lgan. U taklifimizni o’ylab ko’rib, Saa biz qo’lga kiritishimiz mumkin bo’lgan eng yaxshi o’yinchi ekanligini ma’lum qildi. Uzoq davom etgan muzokaralardan so’ng, tomonlar 12 million funtga kelishishdi.

Qo’limda o’ynagan barcha hujumchilar orasida, Saa ikki oyog’ida ham bir xil kuchli zarbaga ega bo’lgan, ikkinchi qavatda har doim ustunlikka erishadigan va yuqori tezlikka ega bo’lgan eng zo’r o’yinchilardan biri edi. U har doim raqib darvozasiga tahdid solib turardi. Lekin biroz vaqt o’tgach tez-tez jarohat ola boshladi. U maydonda bor kuchini ishga solardi. Lui menga juda yaqin turardi, uylarimiz orasida 150 metr masofa bor edi xolos. Uning jarohati barchamizga og’ir botdi. Chunki uning tuzalishiga bir ikki hafta emas, balki oylar kerak bo’ldi. Qanchalik iste’dodli bo’lmasin, uni sotishimning sababi, Luining atrofida jamoa o’yinini shakllantirib, barchaga: «Mana yaqin ikki uch yil ichidagi jamoam» deb ayta olmasdim. Birinchidan Saa «Yunayted»da ushbu vazifani bajarishga yoshlik qilardi, ikkinchidan jarohatlar kelajakda uni aynan biz istagan futbolchi bo’lib etishiga yo’l qo’ymadi.

Vaziyat chigallashib ketdi va u faoliyatini yakunlash haqida o’ylay boshladi.

-Sen hali yosh o’yinchisan, jarohatlarni deb taslim bo’lishing kerak emas. Safga qaytish uchun o’z ustingda ko’proq ishlashing kerak. Jarohat butun umr davom etmaydi axir, - dedim.

Uni aybdorlik hisi qiynardi. Lui menga va butun jamoaga pand berayapman deb o’ylardi va uni kechirishimni so’rab xabar yuborardi. Men uni futbolda bunaqasi bo’lib turishiga va faqatgana omadi kelmaganini ishontirishga urinardim. Mana shunday misollardan biri Viv Anderson edi. «Arsenal» tarkibida to’p surgan Viv, faqatgina 4 ta o’yinni o’tkazib yubordi xolos. Bularning bari diskvalifikatsiya tufayli bo’lgan. Anderson «Yunayted»ga o’tganida, faoliyatining aksariyat qismini davolanish bilan o’tkazdi. Biz uni erkin agent sifatida «Sheffild Uensdey» qo’yib yubordik. Anderson esa yangi klubida o’tkazgan uch yil davomida deyarli birorta o’yinni o’tkazib yubormadi. Men esa hazillashib:
-Fikrimcha o’shanda biz uchun o’ynashni unchalik ham istamagan eding, Viv? – deganman.

Lekin u «Yunayted»ning ashaddiy muxlisi edi va doim tizzasini davolash bilan jamoaga yordam bera olmaganidan xafa bo’lgan.

Luining doimiy jarohatlari uni odatiy sport formasiga qaytishiga to’sqinlik qilaytganini tushunganidan so’ng, o’zini avvalgidek aybdor his etmay qo’ydi. Karlush Keyrush Lui uchun ikki haftalik maxsus dastur ishlab chiqdi. O’yinchi ushbu dastur yordamida o’zining oldingi yuqori sport formasiga qaytishi kerak edi. Biz unga dasturni tushuntirdik va Lui avvalgi holatiga qaytish uchun zarbalar ustida ishlash, tezkor burilishlar va shunga o’xshash bir qator mashg’ulotlarni bajarishga kirishib ketdi. Muddat so’ngida u deyarli maydonda o’zini erkin his eta boshladi. Juma kungi o’yindan bir kun oldin Saa tizzasidagi og’riq tufayli mashg’ulotlarni o’tkazib yuborishi ma’lum qildi. Biz doim uning jarohatlari bilan kurashib yura olmasdik va shuning uchun 2008 yili uni «Everton»ga sotdik.

«Everton» bizning uslubni o’zlashtirib, Luini o’zi ishonch bilan o’ynay oladigan darajagacha ko’tarishga urindi. Balki «Manchester Yunayted»da ommaning unga o’tkazgan bosimi bo’lmaganida, klubga tezroq ko’nikib ketarmidi. U fantastik markaziy hujumchi edi. Frantsiya Saani 2010 yilgi Jahon Chempionati musobaqasiga terma safiga olmaganidan qattiq afsusda bo’lsa kerak deb o’ylardim.

Murabbiylar o’rtasida yosh o’yinchilar xususida muhokamalar bo’lib turardi. Ular bizning talabimizga javob bera olishadimi va «Yunayted»ning formasiga haqli o’yin ko’rsata olishadimi degan turli xil savollar bo’lardi. Biz kelajakda «Manchester»ning asosiy tarkibida to’p surishga qodir bo’lgan har bir yosh tarbilanuvchi haqida ma’lumotga ega edik. Ushbu ma’lumotlarni esa o’yinchilarni zaxira jamoasida ishtirok etishlaridan va mashg’ulotlar davomidagi hatti-harakatlari natijasida to’plab borardik.

O’z xarakteringni echinish xonasiga tashlab chiqa olmaysan. U tonneldan maydonga chiqib kelishingdan boshlab, maydonda o’yinni oxirigacha to’p surguningcha sen bilan birga bo’lishi kerak.

2003-2004 yil mavsumida «Engilmas» «Arsenal»dan so’ng biz ligani uchinchi o’rin bilan yakunladik, biroq mavsum so’ngida Kardiffda «Milluol» klubi ustidan 3:0 hisobida zafar quchib Angliya Kubogini qo’lga kiritdik. Ronaldu o’sha o’yinda ajoyib o’ynadi. U dastlabki golni bosh bilan kiritdi, qolgan ikki golni esa Van Nistelroy kiritdi.

O’sha yili Jimmi Devisning avtohalokatdan vafot etgani, biz uchun mudhish yil bo’ldi. Jimmi atigi 21 yoshda edi. Unda asosiy tarkibga o’tib, yorqin faoliyat boshlashga yaxshi imkoniyat bor edi. Ammo o’shanda u «Uotford»da ijara asosida to’p surardi. Yakshanba kuni ertalab akademiyaning o’yiniga bormoqchi bo’lib turganimda, «sariq qo’shin»larning o’yini qoldirilgani xususida eshitib qoldim. Bizga buning sabablari haqida hech qanday ma’lumot berishmadi. Men Jimmining avtohalokatga uchragani to’g’risida faqatgina akademiyaning o’yini vaqtida bilib oldim.

U hech qachon taslim bo’lmaydigan va jamoadoshlari orasida katta obro’ga ega bo’lgan yosh o’yinchi edi. Uning ta’ziyasida juda ko’p o’yinchi va klub ishchilari tashrif buyurdi. Ikki yil o’tib to’y marosimida dejavyuga o’xshash tuyg’uni his etgandek bo’ldim. O’shanda rohib yonimga kelib shunday dedi:

-Jimmining qabrini ziyorat qilishni istamaysizmi?
U nimaga shama qilayotganini tushunmagan bo’lsamda, rohibning gaplari qalbimning tub-tubigacha etib bordi. Juda tushkun ahvolda qolgandim.

«Manchester Yunayted» Jimmi Devisni hech qachon unutmaydi.

0.00%
Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.