Mualliflik bloglari

SER ALEKS FERGYUSON: 8 BOB / 2 QISM

Blog MANUTD

Bir kuni oltin izlovchilar haqida Jek London romani asosida suratga olingan «Oq qoziq tish» filimini tomoshi qilib turib, ba’zi personajlarni klubimizdagi skautlarga o‘xshatdim. Faraz qiling shanba kungi o‘yinni kuzatayapsiz, u yerda Best, Giggz yoki Charlton yugurib yurishibdi. Lissabonda aynan shu kabi tuyg‘uni his etgandek bo‘ldim.

Faoliyatim davomida avvalari hech qachon bunday hayojonlanmaganman. «Nyukasl» jon talvasasida edi, Gaskoyn esa yengil jarohat oldi. Dushanba kuni «Sent-Jeyms Park»da o‘ynadik va men markazda Norman Uaytsayd va Remi Mozesdan foydalanishga qaror qildim. Ular unchalik ham do‘stona munosabatda emasdilar. Shundoq yonimda Gaskoyn Mozesni aldab o‘tdi. Men esa o‘rnimdan turgancha baqira ketdim:

-Biror narsa qilsalaringchi!

Uaytsayd va Mozes Gaskoynni katta xatoga yo‘l qo‘yganini ko‘rsatmoqchi bo‘lishdi. Biroq Gaskoyn yana ularning ikkisidan ham qochib ketdi.

Polni jamoamizga olib kelish uchun qo‘limizdan kelgan barcha ishni qildik, ammo yozda uni «Tottenxem»ga sotib yuborishdi. Yoningda bunday iste’dodlar o‘ynaganda, faoliyating davomida izlab yurgan narsani topgandek tuyg‘uni his etasan. Aynan o‘sha tuyg‘u Gaskoynni safimizga olib kelishga turtki berdi.

Kenon Ronalduni ishontira oldi. Fikrimcha, «Sporting» rahbariyati uni ispanlarga o‘tib ketmaganidan mamnun edi. Kelishuv tezda amalga oshdi va biz 12 million funt to‘lov qildik. Shartnomaning shunday qismi bor ediki, unga ko‘ra Ronaldu sotiladigan bo‘lsa portugaliyaliklar birinchi bo‘lib uni sotib olish huquqiga ega bo‘lishlari kerak edi. Shuning uchun Ronaldu Madridga o‘tishidan bir necha kun oldin biz «Sporting»ga uni 80 millionga qayta sotib olishi mumkinligi haqida eslatdik. Kutilganidek ular bunday narxga uni sotib ololmadilar.

Cheshirda Ronaldu bilan birgalikda uning onasi va opasi yashardi, bu juda ajoyib edi. Onasi uni yomon odatlardan asrashga urinardi, u juda halol inson edi. Men Ronalduga Lin va Barri bank va uy bilan bog‘liq muammolari bo‘yicha yordam berishlarini aytdim. Bizda markazdan uzoqroqda bo‘lgan uylar ko‘p edi va tez orada ular Olderli Ejga yaqinroq bo‘lgan joyga ko‘chib o‘tishdi.

Biz Shimoliy Amerikada bo‘lib o‘tgan lissabonliklarga qarshi o‘yindan so‘ng «Dallas Kovboyz» samolyotida uyga qaytayotgan edik (ushbu samolyotni 3 oyga ijara olgandik). Ferdinand, Giggz, Skoulz va Nevill esa Ronalduning o‘yinlaridan zavqlanib, uni tezroq klubga olib kelishimni so‘rashdi.

Ronaldu bazamizga kelganida, o‘yinchilarmiz uning iste’dodi haqida alla qachon xabardor ekanini yaxshi bilardi. Fikrimcha, aynan shu narsa unga tezroq jamoaga kirishib ketishiga yordam berdi.

U 2003 yilning 16 avgust kuni «Bolton»ga qarshi o‘yinda zaxiradan maydonga tushib jamoamizda birinchi rasmiy o‘yinini o‘tkazdi. O‘sha o‘yinda Ronaldu raqib himoyachilarini ancha ter to‘kishga majbur etdi. O‘ng qanot himoyachisi to‘pni undan olib qo‘ydi, lekin Krishtianu uning ortidan yugurib to‘pni qoida buzmagan holda undan qaytib oldi. «Nima bo‘lganda ham bu bolaning erkaklik ori bor», - deb o‘yladim o‘shandi.

Keyingi o‘yinda u penalti ishladi, biroq Van Nistelroy uni amalga oshira olmadi. Shundan so‘ng u o‘z bilganicha ish tutib o‘ng qanotga o‘tdi va ikkita ajoyib to‘p uzatishni amalga oshirdi. Ulardan biri Skoulzga yetib bordi, u esa to‘pni Nistelroyga yetkazdi, Rudning so‘nggi zarbasini esa darvozabon qaytarib qoldi. Ammo darvozabondan qaytgan to‘pni Giggz to‘rga joylab qo‘ydi. «Old Trafford» qahramonlarni kashf qilishni yoqtiradi, bunday yigitlar muxlislarni jonlantira oladi. Ronaldu Kantonadan so‘ng «Yunayted» muxlislarining eng sevimli o‘yinchisi bo‘lgan. Unda Erik kabi dangallik va maftunkorlik bo‘lmasada, lekin uning iste’dodli ekani yaqqol ko‘rinib turardi.

«Arsenal»ga urilgan gol, Krishtianuning qarshi hujumlarda yaxshi o‘ynashini ko‘rsatdi. To‘p juda katta tezlik bilan Pak va Runidan o‘tib Ronalduga kelib tushdi. Men unga shunday dedim: «Darvoza tomon yugurayotganingda kattaroq qadam tashlashga harakat qil. Qadamlaring orasini kengaytirib ko‘proq vaqtga ega bo‘lishing mumkin. Tezlikni oshirganing sari tanangni boshqarishing qiyin bo‘ladi. Sekinroq harakat qilsang o‘ylash uchun vaqt topa olasan va boshing yaxshiroq ishlaydi. O‘sha kuni u aynan shunday o‘ynadi.

Biz «Milluol» ustidan 3:0 hisobida g‘alabaga erishgan 2004 yilgi Angliya Kubogi finalidan so‘ng yangi yordamchim Uolter Smit, mendan jamoadagi futbolchilarning o‘yin darajasi to‘g‘risida so‘radi.

-Ronalduchi, u shunchalik ham yaxshimi? – deb so‘radi Uolter.

-Ha aynan shunday, u hattoki ikkinchi qavatda ham boshi bilan ajoyib o‘ynaydi, - deb javob berdim.

-U faqatgina mashg‘ulotlar davomida boshi bilan yaxshi o‘ynaydi xolos. O‘yin paytida boshi bilan yaxshi o‘ynaganini hech ko‘rmaganman, - qarshilik bildirdi Smit.

Shanba kungi o‘yinda esa Ronaldu «Birmingem»ga qarshi bahsda boshi bilan chiroyli gol urdi. Men yonimda o‘tirgan Uolterga qaradim:

-Tushundim, tushundim, - dedi Smit.

Yarim final doirasida bo‘lib o‘tgan «Milluol» va «Sanderlend» klublari o‘rtasidagi o‘yinni tomosha qilgach yordamchilarimga shunday dedim:

-Bilasizlarmi, nazarimda Tim Keyxill deganlari yomon bolaga o‘xshamayapti.

Bo‘yi yetarlicha baland emas, lekin yaxshi sakrar ekan. To‘pni a’lo darajada boshqarish xususiyatiga ega bo‘lmasada, ammo bunday o‘yinchilar raqiblarga katta qiyinchilik tug‘dirishi aniq. Biz Timni millionga sotib olsak, jamoamiz uchun ko‘p gol urib berarmidi.

O‘sha kungi o‘yinga Dennis Uayz qat’iy tayyorgarlik ko‘rgandi. Premer-ligada unga o‘xshash iflos o‘yinchilar ko‘p topilardi. Biz esa unga qarab o‘ylanib qolardik: Ex, qaniydi hozir maydonga tushsam». Sheriklarimdan ko‘pchiligi ham Uayz haqida shunday fikr bildirgan bo‘lishardi. Oltmishinchi yillarda u maydonda tirik qolmas edi.

Agar siz baquvvat o‘yinchi bo‘lsangiz, qattiq zarbalardan so‘ng maydonni bus-butun tark etishingiz uchun katta imkoniyat bo‘ladi. Uayz kurashda yaqqol yutqazayotgan bo‘lsada, raqibdan oyog‘ini olmasdi. Hozir unga o‘xshagan kurashuvchan o‘yinchilarni topish mushkul. Ko‘plar jarohat olishdan qo‘rqib to‘pga tashlanmaydi. Biroq o‘sha kuni bunday bo‘lmadi, Ronaldu «Milluol»ni yanchib tashladi.

Portugaliyalik futbolchi ishtirokida bo‘lib o‘tgan birinchi eng katta janjal, 2006 yilgi Jahon chempionatida bo‘lgan edi. Runi Rikardu Karvalyuga nisbatan juda qo‘pol o‘ynadi. Ronaldu esa hakamga qo‘pollik jiddiy ekanini tushuntirib, Runiga qizil kartochka ko‘rsatilishiga turtki berdi. Shundan so‘ng Runi maydonni tark etdi. O‘yindan keyin esa klubdoshlar arazlashib qolishdi. Bunday voqeadan so‘ng bu ikki futbolchi endi hech qachon bitta klubda to‘p surolmaydi degan gap-so‘zlar ham yurardi. Lekin Runi kelishib olish bo‘yicha birinchi qadamni qo‘ydi. Dam olish kunlarining birida men Runidan qo‘ng‘iroq qilishini so‘radim. Ueyn esa menga qo‘ng‘iroq qilib Ronaldu bilan intervyu berish taklifini kiritdi. Bu ular orasida hech qanday adovat yo‘qligi ko‘rsatish uchun yaxshi imkoniyat edi.

Keyingi kuni bu haqda Mayk Felanga xabar qildim, u bo‘lsa intervyu xo‘jako‘rsinga qilingandek tuyulishini ta’kidladi. Ammo Runining oliyjanobligi «Yunayted»ga endi hech qachon qaytmaslik fikrida yurgan Ronalduni hayratda qoldirdi. Uning xayolida barcha yo‘llar yopiq va jamoaga qaytadigan bo‘lsa, OAV uni tilka-pora qiladigandek ko‘rindi. Runi uni tinchlantirish uchun bir necha marotaba qo‘ng‘iroq qildi. Ta’kidlab o‘tish kerak, bu «Yunayted» o‘yinchilarining terma jamoa o‘yinlari doirasidagi birinchi janjali emasdi. 1965 yilga qaytamiz, Angliya – Shotlandiya bahsi, Nobbi Staylzning bo‘lajak jahon chempionlari tarkibidagi birinchi o‘yini. Denis Lou o‘z maydoni qismida edi, Staylz esa uning oldiga kelib: «Omad yor bo‘lsin, Denis» dedi. Denis usa bunga javoban: «Yo‘qol bu yerdan jin urgur ingliz!» dedi.

Stayl esa bunday muomaladan g‘azabga keldi.

Ha, haqiqatdan ham Ronaldu Runining qoida buzganidan so‘ng hakamning oldiga yugurib keldi. Bunday holat hozirda futbolda juda keng tarqalgan. Biroq Ronalduning boshida faqatgina bir narsa – o‘z mamlakati uchun g‘alabaga erishish fikri bor edi xolos. U keyingi mavsumdan yana «Manchester Yunayted» tarkibida o‘ynashi haqida hech ham o‘ylamasdi. Bu Jahon Chempionati edi. Albatta, keyinchalik Ronaldu o‘z qilmishidan pushaymon bo‘ldi. Uning uyida mehmon bo‘lganimizda, bunday harakatlar qanday oqibatlarga olib kelishini tushunib yetganiga guvoh bo‘ldik. Hukm noto‘g‘ri chiqarilgan edi. Murabbiy unga har qanday sharoitda ham jaljalgacha yetib bormaslikni aytgan edi va shu sababli u Runi bilan termadagi jamoadoshi o‘rtasidagi tortishuvni oldini olish uchun hakamning oldiga kelgandi. Uning bunday harakatini «Men Runini chetlatilishiga sababchi bo‘ldim, men o‘z maqsadimga erishdim» degan ruhda amalga oshirmaganiga ishondim.

Biz Portugaliyadagi villada tushlik qildik, Jorje Mendesh ham shu yerda edi. Runining Mendeshga qo‘ng‘iroq qilgani, bizga Ronalduni fikridan qaytarishga yordam berdi. Men Krishtianuga shunday dedim:

-Sen «Yunayted»ning eng dovyurak o‘yinchilaridan birisan. Agar jamoani mana shunday tarzda tark etadigan bo‘lsang, erishgan barcha yutuqlaringni yo‘qqa chiqarasan.

Men unga 1998 yilgi Bekxem bilan bo‘lib o‘tgan voqeani aytib berdim:

-Hammasi deyarli shunday boshlangandi. Muxlislar Bekxemning iblis kabi bezatilgan haykalchasini Londondagi har bir pabning peshtoqiga ilib qo‘yishgandi Ammo u g‘ururi baland yigit edi va qiyinchiliklarni yengib o‘ta oldi.

O‘sha noxush holatdan so‘ng Devid birinchi o‘yinini safarda «Vest Xem»ga qarshi o‘tkazdi. Biroq u boshini baland ko‘targancha ajoyib o‘yin namoyish etishga erishdi.

-Sen ham buni yengib o‘tishing kerak, - dedim Ronalduga.

Uning Londondagi birinchi o‘yini «Charlton»ga qarshi bo‘lib o‘tdi. O‘shanda men prezidentlar lojasida o‘tirgan edim va menga yaqinroq turgan bir mahalliy muxlis uni so‘ka boshladi. Uning «Portugaliyalik haromzada» degani, muayyan konunlarga rioya etib aytilgan yagona gap edi. Tanaffusga besh daqiqa qolganida Ronaldu to‘pni qabul qilib oldi va to‘rtta o‘yinchining orasidan to‘pni qattiq zarb bilan tepdi. To‘p to‘g‘ri darvozaga borib tushdi. Shundan so‘ng yonimda o‘tirgan yigitning ovozi chiqmay qoldi. U so‘kinishlarim Ronalduni yanada ruhlantirdi deb o‘yladi shekilli.

Ronaldu mavsumni a’lo darajada boshladi va Runi bilan aloqalarini yaxshilab oldi. Krishtianu aralashmaganida ham Ueynning chetlatilishi aniq edi, Ronalduning bunga hech qanday aloqasi yo‘q. G‘alvalar tugab uni o‘zimizda olib qolishimiz aniq bo‘lganda juda xursand bo‘ldim va bu bilan biz Moskvada bo‘lib o‘tgan Chempionlar ligasi finalida g‘alaba qozonish uchun poydevor yaratdik.

2012 yili Peter Shmeyxel va Sem Ellardays bilan birgalikda «VVS» teleboshlovchisi Den Uolkerning «Savollar va Javoblar» dasturi doirasidagi ko‘rsatuvda mehmon bo‘ldik. Menga quyidagi savolni berishdi:

-Kim yaxshiroq o‘ynaydi Ronaldumi yoki Messi?

-Ronaldu jismonan baquvvat, ikkinchi qavatda yaxshi o‘ynay oladi, ikkala oyog‘idan ham teng foydalanadi va eng asosiysi juda tezkor futbolchi. Biroq to‘p Messiga kelib tushganida, u haqiqiy sehrgarga aylanadi. Uning past bo‘yi raqiblar orasidan tezkorlik bilan o‘tib ketishiga yordam beradi va ularga hech qanday imkoniyat qoldirmaydi.

Shmeyxelning fikricha, Ronaldu kuchsiz jamoada ham o‘zining hozirgi o‘yinini namoyish eta oladi, Messi esa – yo‘q. Bu juda ham to‘g‘ri baho edi. Lekin to‘p Messida bo‘lsa, bu bola darvozani ishg‘ol etish uchun ajoyib vaziyatlarni hosil qila oladi. Peterning fikricha, Messining o‘yini Xavi va Inestaning to‘p uzatishlariga bog‘liq edi. Bu gap Ronalduga ham tegishli deb o‘ylayman, chunki uni doimo to‘p bilan oziqlantirib turish kerak. Men har doim ulardan birini boshqasidan ustun qo‘yishga qarshi chiqqanman, sababi ulardan birini ikkinchi o‘ringa qo‘yish juda noto‘g‘ri bo‘lardi.

Madridga ketganidan so‘ng oramizdagi do‘stlik rishtalari Ronalduning jamoada o‘tkazgan ajoyib o‘yinlari singari saqlanib qoldi. Klubni tark etganida ham aloqalar yo‘qolmadi, u bilan o‘tkazilgan o‘yinlar o‘ziga xos o‘chmas xotirani yaratdi.

0.00%
Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.