Mualliflik bloglari

SER ALEKS FERGYUSON: 7 BOB / 2 QISM

Blog MANUTD

Veron kuchli bosimlarga bardosh bera oladigan va katta vazifani bajara oladigan ajoyib futbolchi edi. Tan olaman, argentinalik futbolchilar bilan ishlash qiyinroq bo’larkan. Argentinaliklar – haqiqiy vatanparvar. Ular har doim yonlarida milliy bayroqlarini olib yurishadi. Men vatanparvarlikni yaxshi tushinaman, ammo ular inglizcha gapirishga harakat ham qilishmasdi. Veron faqatgina «Janob» degan so’zni o’rgana oldi xolos.

Veron yuqori darajadagi texnikaga ega bo’lgan, zukko va jismonan baquvvat o’yinchi. Muammo boshqa narsada edi, – biz u uchun maydonda pozitsiya topa olmayotgan edik. Biz uni goh markaziy yarim himoyaga qo’ysak, goh o’ng qanotga va goh chap qanotga qo’yardik. Xuan to’pga jon jahti bilan tashlanardi. Yarim himoyada Veron, Skoulz va Kindan foydalana turib, barqarorlikni saqlab qolish qiyin bo’lardi.

Klubimizda bir nechta fantastik o’yinchilar borligiga qaramay, jamoaning taraqqiy etib borayotganini sezmadim. Klubda men shakllantirishga harakat qilayotgan barqarorlikdan asar ham yo’q edi. Bekxem bizni tark etdi, Rayan esa, Roy va Pol singari qarib qoldi. Shu sababli, keyinchalik rivojlanishimizga asos bo’la oladigan yangi yosh futbolchilarni izlay boshladik. Veron jamoamizga effekt bera olsa ham, lekin klubda o’ynab keta olishi qiyin bo’lardi. Xuan individual harakatlanishni yoqtirardi. Agar maydonda «qizillar» va «sariqlar» duch kelib qolishsa, argentinalik futbolchi ikkala tomonda ham o’ynardi. U xohlagancha yugurardi va o’zi xohlagan joyda o’ynardi. Oradan 100 yil o’tsa ham Veron uchun pozitsiya topib bera olmasligimni tushundim. Veron joker edi. Bir kuni mendan shunday deb so’rashdi:

– Sen uni raqibning markaziy himoyachilariga qarshi o’ynaydigan tayanch yarim himoyada qo’yib ko’rmadingmi?

Men shunday deb javob berdim:

– Nimalar deyapsiz! Men uni hech bir pozitsiyada o’ynashga majbur eta olmayman. Nega siz uni aynan manashu pozitsiyada aynay oladi deb o’ylayapsiz?

Menimcha Veron «Latsio»da tayanch himoyada yaxshi o’ynagani uchun, shunday savol kelib chiqqan edi. Biroq bilishimcha Veron «Latsio»da ham erkin qush kabi u erdan bu erga uchib yuravergan.
Ba’zida Veron o’ziga xos harakatlarni amalga oshirib turardi. Mavsum oldi o’yinlarining birida Veron bir nechta futbolchilarni aldab o’tib, Van Nistelroyga golli to’p uzatishni amalga oshirdi. Premer– liga doirasidagi bir o’yinda, u fantastik tarzda to’pni Bekxemga etkazib berdi. Bekxem esa bu imkoniyatdan unumli foydalandi. Ba’zan Veron yaxshi o’ynar edi, unda hech qanday kamchilik yo’qdek ko’rinardi: tezligi baland, texnikasi yuqori, to’pni yaxshi boshqara oladi va maydonni har bir qismini bir xil ko’ra oladi. Veron to’pdan qo’rqmay har doim uning ortidan yugursada, lekin u jamoamizga to’g’ri kelmadi.

Veron o’yinchilar bilan kelisha olmayapti degan gaplar yurardi. Biroq men bu gaplarga hech ishonmaganman, chunki argentinalik futbolchi kamgap edi. Echinish xonasida ham u o’zi bilan ovora edi. Veron inglizcha gapirmasdi. U gaplashishni unchalik xush ko’rmas edi.

Ertalab ishga kelgach, u bilan faqatgina salomlashardim xolos:

– Xayrli tong, Seba.

– Xayrli tong, Janob.

Shu xolos. Undan biror bir gap so’rab olish qiyin edi. Bir kuni evrokuboklar o’yinidan so’ng Veronning Roy Kin bilan janjallashganini yaxshi eslayman. Janjal juda qo’pol ko’rindi. Bundan tashqari Veron Portsmutda Gabriel Xayntse bilan kelishmay qoldi. O’shanda Xayntse u bilan yoqalashishga tayyor edi. Biroq Verondan salbiy ruhdagi harakatlarni kutish qiyin edi.
Biz Evropadagi o’yinimizni o’zgartirmoqchi edik. Chempionlar ligasida g’alaba qozonganimizdan ikki yil o’tgan, safarda «Anderlext» va «PSV» bilan o’ynadik. Ikkila o’yinda ham yutqazdik va ikkila o’yinda ham qarshi hujumlardan gol o’tkazib yubordik. Biz odatiy 4– 4– 2 sxemasida o’ynadik va mag’lubiyatga uchradik. Shundan so’ng o’yinchi va murabbiylarga, yarim himoyada yaxshiroq o’ynab to’pni boshqarmas ekanmiz, bundan keyin ham mag’lubiyatga uchrashimizni aytdim. Chunki raqiblarimiz taktikamizni o’rganib bo’lishgandi. Shuning uchun «Yunayted» taktikasini o’zgartirdi va maydon markazida uch nafar yarim himoyachidan foydalana boshladi. Veron esa mazkur taktik o’zgarishning bir qismiga aylandi.

O’tgan o’n yillikda jamoa tarkibini yangilab turib, har doim o’zim istagan o’yinchilarni jamoa safiga qo’shib olishga yaqin turganman. Masalan Paolo Di Kanioni safga qo’shib olish uchun juda ko’p harakat qilganman. Deyarli kelishuvga erishib bo’lgan edik. Di Kanio taklifimizni qabul qildi, biroq keyinchalik yana ko’proq maosh talab qildi. Klub esa uning shartlarini bajara olmasdi. Shunga qaramay, Di Kanio «Yunayted» tarkibida o’ynashi kerak bo’lgan futbolchi edi: u barcha dangasa o’yinchilarni mashg’ulotga olib kelib, astoidil shug’ullanishga undardi. Men har doim «Manchester»da shu kabi o’yinchiga ega bo’lganman.

Biroz vaqt o’tgach Ronaldino ham qo’limizdan chiqib ketdi. Uni «Old Trafford»ga olib kelish bo’yicha kelishuvga erishgan edim. Karlos Keyrush bu ishga kirishishi kerak edi. Tajribali braziliyalik o’yinchini olishimizdan, «Yunayted» doimo yuqori darajali o’yinchilarni jamoaga olib kelishga harakat qilgani ko’rinib turibdi. Men har doim tajribali o’yinchilarni izlaganman. Men shunday deb o’ylardim: «Biz Bekxemni sotib 25 million funt foyda ko’rdik va endi 20 millionga Ronaldino sotib olsak bo’ladi. Xudo haqqi, o’yg’onsangchi. Bu o’g’rilikdan boshqa narsa emas axir».

Bir kuni amerikaga uyushtirgan turnedan qayta turib, yoqilg’i quyish uchun Nyufaundlendga qo’nib o’tdik. Kichkina baza ekan. Keng maydon o’rtasida bitta kulba bor ekan xolos. Yoqilg’i quyilishini kutguncha, bortkuzatuvchilardan biri toza havo kirishi uchun eshikni ochdi. Eshikdan qarasam, kichkina bir bola «Yunayted»ning bayrog’ini ko’tarib turganiga ko’zim tushdi. Men u bilan ko’rishib, alohida minnatdorchilik bildirmoqchi edim. Bizga bortdan chiqishga ruxsat berishmadi. Shuning uchun trapda turib, kichik muxlisimizga minnatdorchilik bildirish uchun qo’limizni silkitdik xolos.

Evropaga qaytgach Portugaliyaga to’xtadik. O’shanda Kvinton Forchunga «Chelsi»ga o’tishini ma’lum qilgan Veronni sotish jarayoni bo’layotgan edi. Men uni 15 million funtdan kam narxga sotishni istamadim. «Chelsi» esa futbolchi uchun 9 million funt taklif qilayotgan edi. Ularga ushbu narxga kelasha olmasligimizni tushuntirdim. Portugaliyada esa Kenon menga Veronni, biz istagan narxga sotganligini aytdi. So’ng «Sporting»ga qarshi o’rtoqlik uchrashuvini o’tkazdik. O’sha o’yinda Krishtianu Ronaldu Jon O’Shiga vasiylik qildi. Unga qarab baqirganimni hali ham eslayman:

– Unga yaqinroq o’yna Shizi!

– Qo’limdan kelmaydi, – deb javob berdi.

Oradan bir oy o’tib menga Devid Gill qo’ng’iroq qilib:

– Kenon «Chelsi»ga o’tayapti. Xo’sh bunisiga nima deysan? – dedi.

Devidga klubni boshqarish me’ros bo’lib qoldi. U faoliyati davomida fantastik ishni amalga oshirdi va avvalgi mutaxassislarga qaraganda ancha yaxshiroq ishladi. Fikrimcha Kenon juda katta va og’ir ma’suliyatni o’z bo’yniga olayotganini tushunmayotgan edi. Har bir ijroiya direktor o’z missiyasini oxirigacha bajarishini shart deb o’ylayman.

Devid Gill ushbu lavozimda ishlay boshlaganida, vazifalari nimadan iborat ekanini tushunganiga shubha qilganman. Devid sohasi bo’yicha hisobchi– tahlilchi edi. Unga oldingi direktor singari, zimmasiga ko’p vazifani olmaslikni maslahat berdim. Biroq oradin birmuncha vaqt o’tgach, u shubhasiz men ishlashga to’g’ri kelgan eng yaxshi direktor va ma’mur bo’ldi. Devid o’z ishinining ustasi edi. U halol va har doim yordamga tayyor bo’lgan ishonchli inson edi. Har bir o’yinning qadrini va muhimligini bilardi. Martin Edvards ham futbolga tushunardi, ammo Devid bilan bizda hech qanday muammo bo’lmagan. Devid yuzimga qarab kamchiliklarni ayta olardi va bu eng to’g’ri qaror deb o’ylayman.

Martin meni har sohada qo’llab quvvatlasada, uning direktorligi davrida eng kam maosh oladigan murabbiy bo’lganman. Devid kelganda esa hammasi boshqacha tus oldi. Odamlar bajarayotgan ishlaringni yuqori baholab qadrlashsa, – bu oliy mukofot sanaldi. Maqtov eshitganingda quvonib ketasan. Lekin maqtovlar bilan birgalikda yaxshigina maosh ham berilishi kerak.
Klub xo’jayini o’zgarganda rahbariyatga qiyin bo’ladi. Barcha narsa o’zgarib ketadi. Sen yangi xo’jayinga yoqasanmi? Balki ular yangi murabbiy va direktorni olib kelishar? Gleyzerlar tomonidan klubning sotib olinishi, Devid uchun eng qiyin vaziyat bo’lgan. OAV butun e’tibori jamoaga qartilgan, ular chiqarayotgan xabarlarning sarlavhasida esa klubning kattagina qarzi borligi uzoq muddat asosiy yangilik bo’ldi. Biroq Devidning hisobchilik tajribasi bizga bu borada qo’l keldi.

Klubni yosh iste’dodli futbolchilarning doimiy yuksalish joyi deb tasavvur qilardim. Ushbu xususitlarni saqlab qolish uchun esa, Giggz, Skoulz, Nevill va Roy Kinni jamoaga olib qolish zarur edi. Ular klubda o’ziga xos poydevor vazifasini bajarishardi. Biroq klubda boshqa jamoalardan tajribali o’yinchilarni sotib olish uchun etarlicha mablag’ bor edi. Mana shunday xaridlardan biri faoliyatim davridagi eng zo’r transferlardan biri bo’lgan – darvozabon Edvin van der Sarni sotib olinishi bo’ldi.

Brayan Robsonga o’xshagan o’yinchini izlash natijasida Kinga duch keldik. Jemba– Jemba ham kelajakda o’z samarasini beradigan yosh salohiyatli o’yinchidek tuyuldi. Uning o’yinini kuzatish uchun Frantsiyaga bordim va haqiqatdan ham Jemba– Jembaning yaxshi o’ynashiga guvoh bo’ldim. Erik o’yinga yaxshi kirishib ketardi, raqib hujumlariga qarshilik qilardi va atigi 4 million evro turardi. Bundan tashqari «Renn» darvozaboni Petr Chexni ham ko’z ostimga olib qo’ydim. O’shanda u 18 yoki 19 yoshda edi. Biroq Petr bizning jamoa uchun yoshliq qiladi degan fikrga keldim.

0.00%
Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.